So’nggi yangiliklar

21:10Расман: Достон Турсунов Гонконг клубига ўтди  0 20:30"Ал Насср" Коман учун "Бавария"га 30 миллион евро таклиф қилишга тайёр  1 20:01Ўзбекистон U-16 терма жамоаси Индонезиядаги халқаро ўртоқлик турнирида иштирок этиш учун Меданга йўл олди. Таркиб маълум  1 19:06"Пахтакор" клуби спорт директори "Бунёдкор" стадиони майсаси ҳақида нима дейди?  7 19:00"Пахтакор-79" хотирасига ўтказиладиган учрашувга Россия терма жамоасидан Тошкентга кимлар келади?  13 18:17Суперлига 17-тур рамзий терма жамоаси  1 17:32Суперлигада 17-турнинг энг яхшилари   1 16:49"Бунёдкор" ва "Шўртан" ўзаро дуранг қайд этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 16:24Эксперт фикри. Миодраг Радулович: "Нефтчи" - "Насаф" натижасини олдидан айтиб бўлмайдиган ўйин, бу тур жадвалда жиддий ўзгариш қилиши мумкин"  4 16:18"Челси" ва "Ливерпуль" МЮнинг мақсадини илиб кетмоқчи  1 15:21"Арсенал" ва "Барселона" собиқ футболчиси Бразилия клубига ўтди  0 14:54Расман: МЮ Шешкони "Лейпциг"дан 76,5+8,5 млн еврога сотиб олди  5 14:14"Реал" Гонсало билан шартномани 2030 йилгача узайтирди. Ҳужумчи асосий жамоага ўтказилди  4 13:45"Манчестер Юнайтед" Шешко учун қанча тўлайди?  1 13:20Галлахер АПЛга қайтиши мумкин  0

Firdavs Norsafarov: "Namangandagi penalti bo'yicha fikrim o'zgarmagan" Yangiliklar

Firdavs Norsafarov: "Namangandagi penalti bo'yicha fikrim o'zgarmagan"

Coca-Cola Superligasida tanaffus davom etadi.

Barcha jamoa va futbolchilar singari hakamlar ham yangi mavsumga tayyorgarlik jarayonini boshlab yuborishdi. Biz ham "CHig'atoy" sport-komleksida o'tkazilayotgan o'quv-mashg'ulot yig'inida qatnashib, FIFA referisi Firdavs Norsafarovning fikrlari bilan qiziqdik.




— Firdavs, yangi mavsumga tayyorgarlik qanday ketyapti? Hakamlar jamoasida kayfiyat qanaqa?

— Hammasi alo darajada. 6 fevral kuni yig'ilgan edik. Yig'in fitnes-test bilan boshlandi. Keyin futbol qoidalari bo'yicha imtihon topshirdik. Hozir o'rtoqlik o'yinlarida ishlab, kamchiliklarimizni tuzatishga harakat qilyapmiz. 

— Futbolchilar mavsumga tayyorlanish jarayonida uzoq muddatli yig'inlarda qatnashishadi. Hakamlar ham sport formasini ushlab turish uchun muntazam shug'ullanishadimi yoki oxirgi 1 oy kifoya qiladimi?

— Albatta, har doim formamizni ushlab turishimiz kerak. SHuning uchun mustaqil ravishda shug'ullanishni kanda qilmaymiz.

— Firdavs Norsafarov uchun 2022 yilgi mavsum qanday o'tdi? O'z ishingizdan qoniqdingizmi?

— Xatolar bo'ldi. 15ta uchrashuvda ishlagan bo'lsam, ulardan 2tasida yanglishish holati bo'ldi. Nasib qilsa, keyingi mavsum yanada yaxshi bo'lish uchun harkat qilamiz.

— Qarshilik bo'lganingiz uchun futbol jamoatchiligi orasida sizni "Nasaf"ga yon bosishda ayblaydiganlar topiladi. Bunday holat o'tgan mavsumda ham ro'y berdi. Norsafarov Qarshiga boradigan jamoalarni bir tur oldin "o'ldirib berayotgani" to'g'risida gapirganlar bo'ldi. Bu haqda eshitganmisiz? SHunaqa mish-mishlarga munosabatingiz qanaqa?

— Rosti, bu haqda birinchi marta sizdan eshityapman. Hakamning faoliyati shunaqa. Har doim nimadir deb gapirishadi. SHuning uchun bunaqa gaplarga etibor bermay qo'yganman.

— Hakamlikdagi qiyinchiliklar haqidayam gapiring. Masalan, maydonda qanaqa qaror chiqarsangiz ham, bir tomon norozi bo'lishi...

— To'g'ri, bu og'ir yo'nalish. Bilasiz, futbolda faqat bitta jamoa yutishi mumkin. Mag'lub tomon har doim norozi bo'ladi. Lekin hakamlikni tanlayotganimizda shu narsalarni bilardik. SHuning uchun normal holat sifatida qabul qilamiz.

— O'tgan mavsumning 6-turida (AGMK bilan o'yin) "Paxtakor" futbolchisi SHerzod Azamovga qizil kartochka ko'rsatgan edingiz. O'sha vaziyat esingizdami?

— Albatta.

— Qaroringizni qanday izohlaysiz?

— "Paxtakor" futbolchisi maydon markazida qoidani buzganidan keyin jarima zarbasi belgiladim. O'sha epizodda Azamov kelib, menga nisbatan haqoratli so'zlarni ishlatdi. Men bunaqa holatga ko'z yumib ketolmayman...

— Sizga nisbatan klublar tomonidan bosim yoki tahdidlar bo'ladimi?

— Ha, uchrab turadi. Masalan, siz boshqargan o'yinda yutqazgan jamoa keyingi o'yin oldidan shunday qilishi mumkin. Lekin bunaqa narsalarga etibor bermaslikka harakat qilaman.

— 2021 yilgi mavsumning birinchi davrasida "Paxtakor" Namanganda mehmon bo'lgan. O'sha o'yinni siz boshqargansiz va Sardor Rashidov yiqilgan vaziyatda belgilagan penaltingiz mahalliy muxlislar noroziligiga sabab bo'lgan edi. Oradan ancha vaqt o'tdi. Epizodni takror-takror kuzatgan bo'lsangiz kerak. Fikringiz hali ham o'zgarmadimi?

— Yo'q, hech narsa o'zgarmagan. O'sha kuni omma etiroziga sabab bo'lgan jihat VAR monitori oldida uzoq qolib ketganim bo'lgandi. Aslida o'sha payt VAR xonasida o'tirganlar bilan aloqa uzilib qolgani, signal tiklanishini kutganimizni hech kim bilmaydi. 

— O'sha o'yindan keyin maydon atrofida xunuk voqealar bo'lgan. Muxlislar noroziligi jiddiy ko'rinish olgan edi. Mana, qisqa muddatdan keyin yana Namangandagi o'yinlarga boryapsiz. Maydonda qaror chiqarayotgan paytingizda shunaqa voqealar takrorlanishidan qo'rquv hissi bo'lmaydimi?

— Albatta, istalgan shaharga borsangiz ham, oldingi o'yinlarni eslab tahlil qilasiz. Lekin maydonga chiqqaningizdan keyin vaziyatga boricha baho berishingiz talab qilinadi. Qo'rquv yoki boshqacha tuyg'u bo'lmaydi.

— Oxirgi savol: Hakamlar o'yinga tayyorlanish jarayonida futbolchilarni alohida o'rganadi. Sizningcha, O'zbekiston chempionatida eng ko'p simulyaciya ishlatadigan futbolchi kim?

— O'ylashimcha, SHohruz Norxonov bo'lsa kerak. Ushbu hujumchini ko'p kuzatganman.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика