Finalda muxlislar bizni stadiondan qo'llab-quvvatlashib, 12-o'yinchi bo'lib berishadi - Doston Tursunov
15 iyu 2022 23:44
Yangiliklar
Finalda muxlislar bizni stadiondan qo'llab-quvvatlashib, 12-o'yinchi bo'lib berishadi - Doston Tursunov
Himoyachimiz Doston Tursunov ham «Championat.asia»ga intervyu berdi.
— O'yin haqida fikringiz…
— Yaponiya bilan o'yinga yaxshi tayyorgarlik ko'rgandik. Ularni o'rganib chiqqan edik. SHunga yarasha murabbiyimiz to'g'ri taktika qo'ydi. Biz ayni shu taktika asosida o'ynadik va g'alaba qozondik.
— O'yin oxirida almashtirildingiz, bu jarohat bilan bog'liqmi yoki charchab qolganmidingiz?
— Ozgina tomirlarim tortishdi. SHu sabab almashtirildim.
— Jamoa ichida kayfiyat qanday?
— Kayfiyat juda alo darajada. Maqsadimiz chempionlik. Nasib qilsa bunga erishamiz.
— Stadionga o'zbekistonlik muxlislar kirmagan bo'lsa ham tashqarida juda ko'p muxlis to'plandi. Ularga tilaklaringiz bormi?
— Ularga kattakon rahmat aytamiz. Finalda bizni stadiondan qo'llab-quvvatlashsa yanada kuchliroq bo'lamiz, ular 12-o'yinchi bo'lib berishadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Fikrlar