So’nggi yangiliklar

14:05Суперлига. "Насаф" — "Бухоро" 5:0  0 13:57Тимур Кападзе: "Атрофдаги воқеалардан жуда чарчадим"  7 13:34Ямаль: "Олтин тўп"ларим кўп бўлишини орзу қиламан"  2 13:06Аёллар ОЧЛ гуруҳ босқичига қуръа ташланди: "Севинч" Эрон, Хитой ва Ҳиндистон жамоалари билан ўйнайди  2 12:49ЖЧ-2022 ярим финалчиси Ўзбекистон билан ўртоқлик ўйини ўтказмоқчи  10 12:20"Насаф" "Бухоро" дарвозасига 5 та тўп йўллаган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  1 11:55Аргентина ва Албания ирқчилик туфайли 6 хонали рақамдан иборат жаримага тортилди  3 11:19U-23 Осиё кубогига қуръа ташлаш санаси маълум  14 10:57"Реал" ва Испания терма жамоасининг собиқ футболчиси фаолиятини Гонконг чемпионатида давом эттиради  0 10:30Португалия футболи юлдузлари "Шон-шараф" залига киритилди  1 10:04МЮнинг яна бир футболчи фаолиятини Туркияда давом эттиришга яқин  2 09:38Опта ЕЧЛ ғолиблигига даъвогарлар рейтингини тузиб чиқди  8 09:10Холанд Молдовага урилган голлар учун дарвозабондан узр сўраган  8 08:43"Ал Иттиҳод" 20 ёшли сербиялик футболчига 21 миллион евро тўлади  3 08:16Суперлига. Бугун Қашқадарё дербиси бўлиб ўтади  0

Fevzi Davletov: "O'yin sifatidan ko'nglim to'ldi, natijadan esa yo'q" Yangiliklar

Fevzi Davletov: "O'yin sifatidan ko'nglim to'ldi, natijadan esa yo'q"

Superliga 8-turidan o'rin olgan "Surxon" – "Nasaf" (0:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Fevzi Davletov matbuot anjumanida ishtirok etdi

- O'yin haqida

- So'ngi ikki uchrashuvdan kelib chiqsak. Biz ko'proq to'pga egalik qildik. Bugungi raqibimiz chempionat liderlaridan biri edi. Bugungi o'yinimizdan qoniqdim, natijadan esa yo'q.

- Bugun jamoa ko'p vaqt to'pga egalik qilishiga qaramay, raqib darvozasida yaqqol xavfli vaziyat yarata olmadi. Bunga sabab nima? Faqatgina Nimeli o'yinga qo'shilganidan so'ng hujumchilar xavfliroq ko'rinish oldi. Bugun Ulug'bek Hoshimov ham orqada ko'proq o'ynadi.

- Raqib ham yaxshi himoyalandi. "Nasaf" jamoasi qanday darajada ekanligini bilasiz. Raqib biz yo'l qo'ygan xatodan unumli foydalandi, biz esa yo'q. Bizda kichik vaziyatlar bo'ldi. So'ngi ikki uchrashuvni tahlil qilib chiqdik. Bugun esa to'pga ko'proq egalik qildik. Raqib darvozasi tomon paslar orqali kirib bordik. O'tish fazalarida yaxshi harakatlandik. Lekin gol urmadik va mag'lub bo'ldik.

- O'yin so'ngidagi belgilanmagan penalti haqida gapirib o'tsangiz?

- Men vaziyat takrorini hali ko'rmadim. Hakamlarning qarorini tekshiradigan mutasaddilar bor.

- Jamoa bugun ikkinchi bo'limda yaxshi harakatlandi. Hujumlarni yakunlaydigan va o'yin natijasiga tasir o'tkazadigan futbolchi topilmadimi?

- Yigitlar yaxshi harakat qilishdi, ammo raqibning tasiri ham bor. Biz qanotlarda yaxshi harakat qildik. Raqib jarima maydonchasida esa biroz kamchiliklar kuzatildi. Muxlislarimizga rahmat aytaman. "Nasaf" jamoasi Osiyo chempionlar ligasi ishtirokchisi va OCHL finalchisi bilan tengma-teng kurashgan jamoa ekanligini bilamiz.

- "Surxon" jamoasi ikkinchi davradagi uchrashuvlarini o'z o'y stadionida o'tkazishi mumkin degan xabarlar tarqaldi. SHu haqida malumot bera olasizmi?

- To'g'risi xabarim yo'q. Yangilik eshitsam, darrov sizlarga etkazamiz. Matbuot xizmatimiz xabar beradi.

"Surxon" matbuot kotibi

- Ikkinchi davrada Termizga qaytamiz.


Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика