Nematulla Quttiboev: "3:0 hisobida zafar quchgan bo'lsak-da, hisob o'yinga yarasha bo'lmadi"
03 noy 18:03
Yangiliklar
Nematulla Quttiboev: "3:0 hisobida zafar quchgan bo'lsak-da, hisob o'yinga yarasha bo'lmadi"
O'yindan keyingi matbuot anjumanida "Aral" bosh murabbiyi Nematulla Quttiboev o'z fikrlarini bildirdi.
"Juda ham og'ir uchrashuv bo'ldi deb o'ylayman. Birinchi bo'limda bir nechta vaziyatlarni golga aylantira olmadik. Lekin umumiy hisobda uchta gol urib g'alaba qozondik. Ushbu g'alabadan so'ng jadvalda ikkinchi o'ringa ko'tarilib oldik va 5 noyabr kuni bo'lib o'tadigan "Olimpik-MobiUz" – "Lokomotiv" bahsini ham diqqat bilan kuzatamiz, chunki oxirgi turni o'z maydonimizda "Lokomotiv"ga qarshi o'tkazamiz. Garchi bugun 3:0 hisobida zafar quchgan bo'lsak-da, to'g'risini aytishim kerak, hisob o'yinga yarasha bo'lmadi, chunki "Olimpik" ham qattiq kurashdi", – dedi Quttiboev.
- "Aral"ning oxirgi turdagi "Lokomotiv"ga qarshi bahsi finaldek kechadi. Shu o'yin haqida fikringiz...
- Final deyishga hali ertami deb o'ylayman. Hammasi "Lokomotiv"ning "Olimpik-MobiUz" bilan qanday natija qayd etishiga bog'liq. "Lokomotiv" yutqazsa yoki durang o'ynasa, shundan so'ng bu o'yin final bo'ladi. Biz ham shuni kutyapmiz, to'g'risi, o'zim ham final bo'ladi deb o'ylayapman.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Cуперлига. "Нефтчи" Фарғонада "Сурхон"ни мағлуб этиб, чемпионлик учун курашни давом эттирадиган бўлди
Месси МЛСдаги танаффус пайтида Саудия Арабистони клубига ўтмоқчи эди, аммо саудияликлар бунга рози бўлишмаган
Суперлига. "Шўртан" голларга бой ўйинда ОКМКни мағлуб этди
ЎзФҲМ Найим Қосимовга финалдаги ҳаракатлари учун неча баҳо қўйгани маълум
Fikrlar