So’nggi yangiliklar

21:57Александр Хомяков: "Афсуски, кўп гол ўтказиб юбордик"  0 21:22Камолиддин Тожиев: "Чиройли ўйин бўлди, ғалаба учун ҳаммага раҳмат"  1 21:12"Челси" — "Ливерпуль". Бироздан сўнг бошланадиган ўйиннинг асосий таркиблари билан танишинг  10 21:03Суперлига. Пенальтидан гол урилмаган "Бунёдкор" ва "Насаф" учрашувида кетма-кет учинчи марта 2:2 ҳисоби қайд этилди  95 20:23Шавкат Юсупов: "Махаррам Абелфазов етакчилик қобилиятини кўрсата оляпти"  2 20:08Махсуджон Зокиров: "Бугунги ўйинда хатолар кўп бўлди"  0 19:48АПЛ. "Тоттенхэм" меҳмонда "Лидс" устидан ғалабага эришди  4 19:15Эшитдик-да! ЎФА МТЖ мураббийи билан шартномани бекор қилди  15 18:58Суперлига. Кубок финалидан олдинги репетицияда "Пахтакор" "Бухоро"ни меҳмонда йирик ҳисобда енгди  32 18:53Суперлига. "Динамо" Термизда ишончли ғалабага эришди  11 18:41"Бунёдкор" — "Насаф" ўйини эфирга узатилмайди?!  34 18:26"Ордабаси" — "Тобол". Қозоғистон кубоги ўйини учун таркиблар маълум  0 17:57"Арсенал" ва "Манчестер Юнайтед" жамоалари иштирокидаги ўйинлар учун таркиблар маълум  6 17:50Про лига. "ФарДУ" ва "Олимпик MobiUz" ўртасидаги ўйинда 5 та гол урилди  2 16:50"Барселона" "Бавария" ҳимоячисини нишонга олди  3

Fayzulla Qambarov: Murabbiylar ishonchi kuchimga kuch qo'shmoqda Yangiliklar

Fayzulla Qambarov: Murabbiylar ishonchi kuchimga kuch qo'shmoqda

Oliy liga to'qqizinchi turidan joy olgan Qizilqum - Andijon jamoalari (2:1) uchrashuvidan so'ng, mezbonlar himoyachisi Fayzulla Qambarovning o'yin haqidagi fikrlari bilan qiziqdik.

- Maydonga faqat g'alaba ishtiyoqida tushgandik, - deydi Fayzulla Qambarov. - Avvaliga o'z darvozamizdan to'p olib chiqib, yakunda muxlislarimizga g'alaba ulashganimizdan xursandmiz. Juda qiyin o'yin bo'ldi. Raqib jamoasida Nemanya Yovanovich kabi tezkor hujumchini qo'riqlash va unga imkon qadar maydonda erkin harakat qilishiga yo'l qo'ymaslik vazifasi zimmamga yuklatilgandi. Buni uddaladim, deb o'ylayman.

Oldingi mavsumlarda ko'proq zaxira o'rindig'idan o'yinga qo'shilardim. Bu yilgi mavsumdan boshlab jamoamiz bosh menejeri va murabbiylari meni boshlang'ich tarkibda maydonga tushirishyapti. Bunday etibor va ishonch kuchimga kuch qo'shmoqda. Raqib kim bo'lishidan qatiy nazar keyingi o'yinlarda ham muxlislarimizga chiroyli va hujumkor futbol tuhfa qilishga harakat qilamiz.

Qizilqum PFK Matbuot xizmati.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика