Superliga. "Buxoro" - "Paxtakor" 0:4 (matnli translyaciya)
04 okt 17:00
Yangiliklar


Superliga. "Buxoro" - "Paxtakor" 0:4 (matnli translyaciya)
Superliga.
"Buxoro" - "Paxtakor" 0:4 LIVE
Bosh hakam: G'ayrat Jo'raev
Yordamchi hakamlar: Artyom Kalinin, Elnur Doniyorov
Zaxira hakami: Muhammadali Baxtiyorov
Nazoratchi: Oleg Dachev
VAR: Ahrol Risqullaev
AVAR: Adham Rixsiboev
Komissar: Diyor Xotamqulov
Gol: Bashar Resan (Muhammadqodir Hamraliev) 28, 0:1, Flamarion (Igor Sergeev) 39, 0:2, Igor Sergeev 80, 0:3, Igor Sergeev (Doston Hamdamov) 85, 0:4
"Buxoro": 21.Otabek Boymurodov, 2.Izzatillo Po'latov, 5.Sardor Qulmatov (s), 6.Ravshan Hayrullaev (25.Frane Chiryak, 62), 10.Azizbek Amonov, 17.Javohir Ro'ziev ( 8.Anvarjon Jo'raev,46), 22.Toma Tabatadze, 27.Muhammad Yo'ldoshev (97.Shaxboz Jo'rabekov,62) 33.Yosip Tomashevich, 88.Dominik Begich (19.Bilol Tupliev, 90+2), 95.Nodirbek Ahmadjonov
Zaxira: 1.Shirinboy Abdullaev, 9.Amirbek Saidov, 11.Ibrohim No'monov, 14.Alisher Hayrullaev, 93.Marko Kolakovich,
"Paxtakor": 12.Vladimir Nazarov, 5.Muhammadqodir Hamraliev, 7.Xojiakbar Alijonov, 9.Ibrohim Ibragimov, 10.Azizbek Turg'unboev (15.Hojimat Erkinov, 86), 11.Igor Sergeev (18.Bobir Abdixoliqov,86), 21.Bashar Resan ( 17.Dostonbek Hamdamov,70) 22.Umar Adhamzoda, 27.Sardor Sobirxo'jaev (s), 50.Flamarion ( 4.Zaid Taxsin, 75), 55.Muhammadrasul Abdumajidov
Zaxira: 19.Jonatan Luiz, 2.Behruzbek Asqarov, 20.Dilshod Abdullaev, 77.Dilshod Saitov, 80.Behruz O'ktamov
Ogohlantirish: Sardor Qulmatov ("Buxoro") 43, Izzatillo Po'latov ("Buxoro"), Toma Tabatadze ("Buxoro"), Umar Adhamzoda ("Paxtakor") 56
MATNLI TRANSLYACIYA
90. Ikkinchi bo'limga 7 daqiqa qo'shib berildi.
90. ZARBA. Bu safar Abdixoliqovning zarbasi to'singa tegib qaytdi. Orada malum vaqt "Buxoro"ga o'ynash imkonini bergan "Paxtakor" yana ustunlikni qo'liga oldi.
88. ZARBA. Xojimat Erkinovning zarbasi darvoza to'siniga tegdi
86. O'ZGARISH. "Paxtakor", Igor Sergeev o'rniga Bobir Abdixoliqov, Azizbek Turg'unboev o'rniga Xojimat Erkinov tushdi.
84. GOL. Igor Sergeev boshi bilan "Buxoro"ga o'zining mavsumdagi 16-golini urdi. "Paxtakor"ning o'yindagi 4-goliga mualliflik qildi.
80. GOL. Igor Sergeev jamoadoshining uzatmasini qabul qilib oldi, oldinga chiqib ketgan Otabek Boymurodovni ham aldadi va darvozani ishg'ol qildi.
77. ZARBA. Shahboz Jo'rabekovning zarbasi xavfli chiqdi.
75. O'ZGARISH. "Paxtakor", Flamarion o'rniga Zaid Tahsin tushdi.
70. O'ZGARISH. "Paxtakor", Bashar Resan o'rniga Dostonbek Hamdamov tushdi.
68. "Buxoro"dan ketma-ket hujumlar. Toma Tabatadzening zarbasi ancha noaniq ko'rinish oldi.
66. Ustunlik to'liq mezbonlarda.
64. ZARBA. Begichning zarbasini Nazarov ushlab oldi.
62. O'ZGARISH. "Buxoro", Muhammad Yuldashev o'rniga Shahboz Jo'rabekov, Ravshan Xayrullaev o'rniga Frane Chiryak tushdi.
56. Maydonda to'qnashuvdan so'ng kelishmovchilik yuzaga keldi. Izzatillo Po'latov, Toma Tabatadze, Umar Adhamzoda ogohlantirildi.
46. O'ZGARISH. "Buxoro", Javohir Ro'ziev o'rniga Anvar Jo'raev tushdi.
Ikkinchi bo'lim boshlandi.
Tanaffus!
45. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi.
43. OGOHLANTIRISH. Sardor Qulmatov, "Buxoro"!
39. GOL. Igor Sergeevning qulay uzatmasidan so'ng Flamarion "Buxoro" darvozasiga ikkinchi golni urdi.
33. Amonov keskinlik yuzaga keltirmoqchi bo'ldi.
28. GOL. "Paxtakor" uchrashuvda hisobni ochdi. Burchakdan to'p o'yinga kiritildi, Hamraliev to'p uchun kurashda ustun keldi, to'p Resanga kelib tushdi. U aniq zarba bilan raqib darvozasini ishg'ol qildi.
20. G'ayrat Jo'raev VAR monitorida vaziyatni ko'rgach penalti yo'qligini bildirdi. O'yin davom etadi.
18. Sergeevni "Buxoro" himoyachilari jarima maydonchasi ichida yiqitishdi. Penalti belgilanishi mumkin. Hakam VAR monitori oldiga bordi.
15. Jamoalar extiyotkorlikka etibor qaratishmoqda.
9. "Buxoro" raqib darvozasi oldida xavfli vaziya yaratishga harakat qilib ko'rdi.
3. Resanning zarbasi xavfli chiqdi.
- O'yin boshlandi.
- Jamoalar maydonga chiqib keldi.
- O'yin boshlanishiga barcha narsa tayyor.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar