Superliga. "Navbahor" – "Qizilqum" (matnli translyaciya)
27 sen 19:00
Yangiliklar


Superliga. "Navbahor" – "Qizilqum" (matnli translyaciya)
"Navbahor" – "Qizilqum" 0:0
27.09.2025
Bosh hakam: To'rabek Suyunov
Yordamchi hakamlar: Shohnur Yo'ldoshev, Sardor Umirzakov
Zaxira hakami: Alisher To'xtasinov
Nazoratchi: Marat Ismoilov
VAR: Doston Rahmonov
AVAR: Alisher Rahimqulov
Komissar: Mamur Sultonov
"Navbahor": 16.Shukron Yo'ldoshev, 7.Azim Ahmedov (s), 8.Shohmalik Komilov (11.Muhammadali G'iyosov, 46), 12.Saidazamat Mirsaidov, 13.Opeyemi Teydi Benjamin, 14.Jamshid Boltaboev, 17.Ruslan Jiyanov, 19.Mirzohid G'ofurov (32.Muhammadbobir Mo'ydinov, 46), 24.Doston Abdulhaev, 70.Abbos G'ulomov, 71.Navro'z Iminjonov
Zaxira: 41.Ozodbek Marupov, 6.Sherzod G'ulomjonov, 15.Javohir Abdujabborov, 22.Asadbek Jo'raboev, 29.Pedro Augusto, 55.Komil Tojidinov, 99.Igor Gabriel Fernandes Alves
"Qizilqum": 1.Sanjar Quvvatov (s), 8.Shaxzodbek Rahmatullaev, 9.Islom Kenjaboev, 10.Roman Papariga, 11.Jambuli Jigauri, 16.Asror G'ofurov, 19.Ilhom Kenjaev, 20.Bobomurod Bozorov, 23.Samandar Shukurillaev, 77.Fayzullo Jumanqo'ziev, 88.Dushan Miyich
Zaxira: 30.Farhod Rahmatov. 6.Murodali Usmonov, 7.Davron Anvarov, 17.Akmal Muzaffarov, 18.Farhod Bekmurotov, 22.Shahzod Turopov, 33.Sulton Rahmatov, 70.Shohro'z Norxonov, 78.Farruh Jo'raev
Ogohlantirish: Azim Ahmedov (9)
MATNLI TRANSLYACIYA
59. Mezbonlarning burchak uzatmasi qaytarildi.
53. Zarba! Ahmedovning jarimadan yo'llagan zarbasi darvoza ustunidan qaytdi, keyingi zarbani Quvvatov qaytardi.
50. G'ulomov hujumda fol ishlatdi.
48. Yo'ldoshevdan yana bir seyv, u Kenjaboevning yaqin masofadan chap oyoqda yo'llagan zarbasini qaytardi.
47. Papariganing zarbasini Yo'ldoshev qaytardi.
46. Ikkinchi bo'lim boshlandi. "Navbahor"da ikki o'zgarish.
Taym yakunlandi.
45. Birinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shildi.
42. Xavfli vaziyat! "Qizilqum"ning xavfli hujumi natijasida Kenjaboev bo'sh qolgan darvozaga aniq zarba yo'llay olmadi.
39. "Qizilqum" futbolchisi ofsaydda qolib ketdi.
37. Xavfli vaziyat! Kenjaboev markazda ochiq turgan Paparigaga to'p uzatdi, ammo Yo'ldoshev ishonchli harakat qilib, to'p yo'liga peshvoz chiqdi.
32. G'ulomovning uzatmasidan so'ng Komilov bosh bilan noaniq zarba yo'lladi.
30. "Navbahor"ning ikki burchak uzatmasi samarasiz yakunlandi.
27. Komilov "Qizilqum" jarima maydonida yiqildi, hakam burchakka ishora qildi.
22. Komillovning jarimadan uzatmasini Papariga qaytardi.
20. Jumanqo'zievning uzatmasiga sherigining bo'yi etmadi.
19. Jumanqo'zievning uzatmasidan so'ng Rahmatullaev bosh bilan noaniq zarba yo'lladi.
17. Rahmatullaevning zarbasi noaniq.
15. Quvvatov oyog'ida og'riq his qildi. Unga tibbiy yordam ko'rsatilyapti.
13. Zarba! Jarima maydonida mehmonlarning zarbasini Abdulhaev qaytardi.
11. Asror G'ofurov markazda qo'pollik evaziga to'xtatildi.
9. Kenjaboevni qo'pollik bilan to'xtatgan Ahmedov ogohlantirildi.
7. Iminjonov hujumda fol ishlatdi.
1. Komilov burchakdan uzatmasi hech kimga tegmasdan maydonni tark etdi.
1. O'yin boshlandi. "Navbahor" ko'k, "Qizilqum" qizil rangli liboslarda harakat qiladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar