Superliga. "Surxon" – "Dinamo" 0:2 (matnli translyaciya)
04 okt 18:20
Yangiliklar


Superliga. "Surxon" – "Dinamo" 0:2 (matnli translyaciya)
Superliga
24-tur
"Surxon" – "Dinamo" 0:2 (LIVE)
Termiz. "Surxon Arena". 17:00
Gollar: Firdavs Abdurahmonov (Richard Fraydey) 7', Jahongir Abdusalomov (Dmitriy Pletnyov) 29'
Bosh hakam: Firdavs Norsafarov
Yordamchi hakamlar: Zufar Eliboev, Farhod Usmonov
Zaxira hakami: Shohinur Boymatov
Nazoratchi: Timur Abdullaev
VAR: Nayim Qosimov
AVAR: Zilola Rahmatova
Komissar: Oybek Ikromov
"Surxon": 16.Dilshod Yo'ldoshev, 2.Behruz Karimov, 5.Jamoldin Xodjaniyazov, 6.Behzod Shamsiev, 7.Doston Tursunov (19.Muhammad-Ali Abdurahmonov, 65), 10.Rustam Turdimurodov, 18.Nodir Abdixoliqov (15.Diyor Ramazonov, 65), 24.Sherzod Komilov (9.Muhsin Bozorov, 72), 27.Asilbek Jumaev, 66.Behro'z Shaydulov (22.Javohir Jo'raev, 56), 99.Sunnatilla Poyonov (14.Sarvar Abduhamidov, 72).
Zaxira: 86.Davron Merganov, 20.Sardor Mahmudov, 23.Kamron Yusupov, 26.Behruz Shukurullaev.
"Dinamo": 27.Edem Nemanov, 6.Jahongir O'rozov, 7.Ratino, 10.Anvar Hojimirzaev (8.Sanjar Qodirqulov, 83), 16.Richard Fraydey (25.Oybek O'rmonjonov, 46), 18.Oleksandr Kucherenko, 20.Jaloliddin Jumaboev, 21.Jahongir Abdusalomov (22.Ulug'bek Abdullaev, 83), 37.Firdavs Abdurahmonov (23.Behruzbek Oblaqulov, 73), 55.Dmitriy Pletnyov (88.Marko Stanoevich, 83), 77.Mahmud Mahamadjonov.
Zaxira: 13.Ravshanbek Yagudin, 4.Akbar Abdirasulov, 11.Xislat Xalilov, 14.Bahodir Nasimov.
Ogohlantirishlar: Jahongir Abdusalomov (16), Mahmud Mahamadjonov (18), Behzod Shamsiev (68), Firdavs Abdurahmonov (70), Sarvar Abduhamidov (78), Edem Nemanov (85).
MATNLI TRANSLYACIYA
90. Ikkinchi taymga 4 daqiqa qo'shildi.
85. Edem Nemanov vaqt cho'zgani uchun sariq kartochka oldi.
83. "Dinamo"da 3 ta almashtirish: Hojimirzaev o'rniga Qodirqulov, Abdusalomov o'rniga Abdullaev, Pletnyov o'rniga Stanoevich tushirildi.
82. Zarbaaa! Abduhamidovning qulay pasidan so'ng Turdimurodov yaqin masofadan kuchli, ammo noaniq zarba yo'lladi.
81. Hojimirzaevning burchak zarbasidan oshirib bergan to'pini himoyachilar uzoqlashtirishdi.
78. Abduhamidov Oblaqulovni yiqitdi va sariq kartochkaga loyiq ko'rildi.
76. Zarbaa! Pletnyovning bosh bilan yaqin masofadan bergan zarbasi noaniq ketdi.
73. "Dinamo"da o'zgarish: Abdurahmonov o'rniga Oblaqulov maydonga tushdi.
73. Uuuux! O'rmonjonovning aylanma zarbasini Yo'ldoshev bartaraf etdi!
72. "Surxon"da 2 ta o'zgarish: Komilov o'rngia Bozorov, Poyonov o'rniga Abduhamidov uchrashuvna davom ettiradi.
70. Abduraxmonov Ramazonovni yiqitib, raqib tezkor hujumiga nuqta qo'ydi va ogohlantirish oldi.
68. Shamsiev Abdusalomovga nisbatan qo'pol o'ynadi va ogohlantirildi.
65. "Surxon"da 2 ta almashtirish: Tursunov o'rniga Abdurahmonov, Abdixoliqov o'rniga Ramazonov bahsga qo'shildi.
64. "Dinamo" vakillari jarima maydonchasi ichiga yorib kirdi, biroq yakunda Nemanov Mahamadjonovdan to'pni olib qo'yishga erishdi.
61. Jo'raev Ratinodan to'pni olib qo'yin ilinjida qoidani buzdi.
56. "Surxon"da almashtirish: jarohatlangan Shaydulov o'rniga Jo'raev tushirildi.
55. Ikkinchi bo'limda "Suxron" nisbatan faol. Mezbonlar omadini hujumdan izlamoqda.
52. Zarbaaa! Shaydulovning olisdan bergan zarbasi himoyachilarga tegib qaytdi.
48. Uuux! Doston Tursunov jarima zarbasidan yaxshi uzatmani amalga oshirdi, biroq to'pga uning sheriklaridan hech kim ulgurmadi.
47. Zarbaaa! O'rmonjonovning qanotdan oshirib bergan to'pini Hojimirzaev darvoza tomon yo'lladi, noaniq.
46. Ikkinchi taym boshlandi!
46. "Dinamo"da o'zgarish: Fraydey o'rniga O'rmonjonov bahsni davom ettiradi.
Birinchi bo'lim tugadi. Hozircha hisob – 0:2. Tanaffus!
45. Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shib berildi.
43. Uuux! Tursunov qulay vaziyatga chiqib borib, darvoza tomon zarba berdi, Nemanovdan seyv!
40. Jumaboev to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yuborish chog'ida Jumaevga nisbatan sal qo'pol harakat qildi.
36. Samarqandliklar to'pni nazorat qilgan holda tempni bir maromda ushlab turibdi.
32. "Surxon"da noaniq paslar ko'p, mehmonlarda esa aniqlik juda yuqori. Bu hisobda ham aks etishi shubhasiz.
29. GOL! Pletnyovning pasidan so'ng Abdusalomov kuchli zarbasi orqali sobiq jamoasi "Surxon"ni jazoladi – 0:2!
27. Zarbaaa! Ratino kuchli zarbsi orqali olis masofadan darvozani poylashga urindi, noaniq.
22. Zarba! Rustam Turdimurodovning chamasi 20 metrdan yo'llagan zarbasiga aniqlik etishmadi.
18. Mahmud Mahamadjonov Poyonovga nisbatan qo'pol harakat qilgani uchun ogohlantirildi.
16. O'rozov Jumaevga nisbatan qoidani buzdi, biroq sariq kartochkani Abdusalomov oldi, etiroz uchun.
13. Bosh hakam maydonda yotgan Rustam Turdimurodov holidan xabar oldi. Hammasi joyida va bahs davom etadi.
10. Maydon markaziga yaqin hududda Komilov Abdusalomovga nisbatan qo'pollik ishlatdi.
7. GOL! Firdavs Abdurahmonov Fraydeyning erlatib bergan pasidan so'ng pastki burchakni nishonga oldi – 0:1!
6. Maydon markazida Nodir Abdixoliqovga nisbatan qoida buzildi.
4. Jamoalar ehtiyotkor tarzda, bir-birlarini o'rgangan holda o'yin ko'rsatmoqda.
1. Uchrashuv boshlandi!
O’xshash yangiliklar

Fikrlar