Maxsudjon Zokirov: "Bugungi o'yinda xatolar ko'p bo'ldi"
04 okt 20:08
Yangiliklar
Maxsudjon Zokirov: "Bugungi o'yinda xatolar ko'p bo'ldi"
O'yindan so'ng "Olimpik Mobiuz" yordamchi murabbiyi Maxsudjon Zokirov matbuot anjumanida ishtirok etdi.
- O'yin haqida fikringiz?
- Avvalambor "FarDU" jamoasini bugungi g'alaba bilan tabriklayman. Biz ham g'alaba uchun maydonga tushgandik, ammo omad yuz o'girdi. O'z xatoimiz tufayli gollar o'tkazib yubordik.
- Rustambek Fomin bugun ancha orqaroqda o'ynadi?
- Rustambek bizda tayanch yarim himoyachisi sifatida harakat qiladi. Unga bugun himoyaga ko'proq yordam berish vazifasi topshirilgandi. U qo'ldan kelgancha vazifani bajarishga harakat qildi, lekin tarkibimizdagi hamma ham o'z ishini yaxshi bajargani yo'q. Xatolar juda ko'p bo'ldi. Endi bu xatolarni to'g'rilash ustida ish olib boramiz.
- Yil boshida jamoa oldiga Superligaga chiqish vazifasi qo'yilgandi?
- Har bir o'yinda yutuq uchun maydonga chiqamiz. Garchi yutqazgan bo'lsak-da, bu maqsaddan qaytmaymiz va harakat qilishda davom etamiz. Hali hammasi tugagani yo'q.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar