So’nggi yangiliklar

00:57"Арсенал"га МЮ тарбияланувчиси керак  0 00:24Мане 2015 йилда нега МЮга ўтмаганини айтди  0 23:54Суперлига. "Пахтакор" ўз майдонида "Насаф"ни мағлуб этган учрашувдан ГАЛЕРЕЯ  0 23:37"Пахтакор" 7 ўйин деганда Суперлигада "Насаф"ни мағлуб этди  2 23:13Дуайт Йорк "Юнайтед"да Шешконинг ўрнига кимни ўйнатиш кераклигини айтди  1 22:50Каррагер "Ливерпуль" ҳақида: "Мавсумни тўлақонли пароканда қилиш учун марказий ҳимоячи жароҳат олса бўлгани"  0 22:16Жорди Альба: "Ямал ва Мессини солиштириш нотўғри"  0 21:54Камолиддин Тожиев: "Мухлисларга ёқадиган ўйин бўлди"  2 21:39Рўзиқул Бердиев "Пахтакор" майдонидаги мағлубиятдан кейин нималар деди?  36 21:21Аденис Шала: "Пахтакор"дан яхшироқ ўйнадик"  5 20:59Игорь Сергеев: "Мавсумни муносиб якунлаш керак"  3 20:39"Сурхон"нинг футболчилари олдида қарзлари бор  14 20:19Суперлига. "Пахтакор" "Насаф"ни мағлуб этиб, турнир жадвалида ортда қолдирди  172 20:05Суперлига. "Сурхон" – ОКМК 0:0  0 19:47Бьелса Уругвай терма жамоасини тарк этиши мумкин  1

Farruh Ibrohimov: "Xorazm"da yangi yilda yaxshi imkoniyat bo'ladi, o'zim esa Superligaga qaytishga tayyorman" Yangiliklar

Farruh Ibrohimov: "Xorazm"da yangi yilda yaxshi imkoniyat bo'ladi, o'zim esa Superligaga qaytishga tayyorman"

"Xorazm" jamoasi tarkibida o'tgan mavsumda bir nechta tajribali futbolchilar to'p tepdi.

Ulardan biri Farruh Ibrohimov 2024 yilda jamoa safida 27 ta o'yinda maydonga tushdi, O'zbekiston kubogida 5 ta uchrashuvda 1 ta gol urdi. Futbolchi mavsum yakunlari bo'yicha fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- Bu yilgi mavsum siz uchun qanday o'tdi? Nimasi bilan yodda qoldi? 

- Qaysidir manoda o'zim istagan natijaga erisha olmadim. Muxlislar "Xorazm" jamoasi qayd etayotgan natijalarga qaramay oxirigacha qo'llab-quvvatlab turishdi. 

- "Xorazm" jamoasida mavsum o'rtasida murabbiy o'zgardi. Hakim Fuzaylov qo'l ostida oldin o'ynagansiz. Murabbiy o'zgarishi natijada ko'rinmadi. Nima etishmadi?

- Hakim Fuzaylov bosh murabbiy bo'lganidan so'ng o'yin sifati ijobiy tomonga o'zgardi. Muxlislarbop chiroyli o'yin ko'rsatishga harakat qildik. Afsuski, bu natija uchun kamlik qildi. Keraksiz joyda yo'qotilgan ochkolar pand berdi. Ayrim vaziyatlarda sovuqqonlik etishmadi. 

- Pro liganing bu yilgi formati qanday taassurot qoldirdi?

- Jamoalar 4 tadan bir-biri bilan o'zaro o'yinlarda ishtirok etdi. Har bir o'yin qiziqarli kechdi. Yaxshi saviyadagi uchrashuvlar ko'proq bo'ldi.

- "Xorazm" yangi mavsumda Superliga uchun kurasha oladimi?

- Keyingi mavsumda jamoada etarlicha imkoniyat bo'ladi deb o'ylayman. "Xorazm" muxlislarni xursand qilishga harakat qiladi.

- Yangi yilga rejalaringiz qanday?

- Superligaga qaytishga yoki o'zimni boshqa xorij chempionatlarida sinab ko'rishga tayyorman. Barchasini vaqt ko'rsatadi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика