So’nggi yangiliklar

10:20Педри “Барселона“ рекордини ўрнатди  4 09:53“Реал Мадрид“ ярим ҳимояни кучайтириш учун учта футболчи номзодини кўриб чиқмоқда  1 09:22Forbes. Дунёнинг энг сердаромад спортчилар рейтинги тузилди  1 08:54Жозе Моуринью фаолиятини терма жамоада давом эттиришга яқин  3 08:23Ямал Роналду билан тенглашиб олди  10 07:55Флик мавсум ҳақида: “Мавсумдаги энг ёқимли лаҳзалар? “Реал“га қарши тўртта классико“  13 07:28Суперлига. Бугун 10-турга старт берилади  0 02:28"Барселона" - Испаниянинг 28 карра чемпиони!  57 01:42Бруну Фернандеш: "Умид қиламанки, келаси йили энг яхшиси мен бўлмайман"  0 00:55Карим Бензема ва "Ал Иттиҳод" - Саудия Арабистони чемпиони!  4 00:35Альба шартномани узайтарди  0 23:57ЛаЛига. "Атлетико" сафарда мағлуб бўлди  1 23:20Россия термаси Осиёда Аргентинага қарши ўйнаши мумкин  9 22:59АПЛда мавсумнинг энг яхши ёш футболчиси бўлиш учун номзодлар маълум!  6 22:28АПЛда мавсум мураббийи бўлиш учун номзодлар маълум қилинди  2

Farhod Nishonov Nepalga qarshi 6:0 hisobidagi g'alabadan keyin: "Asosiy o'yinlar hali oldinda" Yangiliklar

Farhod Nishonov Nepalga qarshi 6:0 hisobidagi g'alabadan keyin: "Asosiy o'yinlar hali oldinda"

O'zbekiston U-20 terma jamoasi bosh murabbiyi Farhod Nishonov kechagi Nepalga qarshi kechgan bahsdan so'ng (6:0) o'z fikrlarini bildirdi.

"Nepalga qarshi o'yin yaxshi o'tdi. Rejalarimizni barchasi amalga oshdi. Birinchi o'yin bilan taqqoslaganda deyarli butun tarkibni almashtirdik, chunki har ikki kunda maydonga tushyapmiz. Ikkita o'yinda ikki xil tarkib bilan harakat qildik va bu o'yin sifatiga tasir qilgani yo'q. Kambodja bilan ham, Nepal bilan ham maydonga tushgan futbolchilar o'zlarining eng yaxshi sifatlarini ko'rsatishga harakat qilishdi. Bizning yigitlar Nepal futbolchilaridan aqlliroq, texnik jihatdan kuchliroq va tezroq ekani ko'rinib turdi.

Oldinda asosiy o'yinlar kutib turibdi. Mezbon Xitoy Taypei, keyin Bahrayn bilan bahslarga tayyorgarlikni boshlab yubordik. Bo'shashishga haqqimiz yo'q", - dedi Farhod Nishonov championat.asia saytiga.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston U-20 terma jamoasi navbatdagi bahsni 27 sentyabr kuni Xitoy Taypeiga qarshi o'tkazadi. O'zbekiston ikkita o'yinda 6 ochko to'plab guruhda yakka peshqadam bo'lib turibdi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика