So’nggi yangiliklar

08:03Аутсайдерлар баҳсида "Сантос" ғалаба қозонди. Неймардан дубл  0 07:34Суперлига. Бугун Тошкентда ажойиб учрашув бўлиб ўтади  2 00:46Кушанашвили Валерий Карпиннинг ўзини тутиши ҳақида: "Бу мачо ўйини, у доимо журналистларга қўполлик қилади, ўзини ҳаммадан зукко деб ҳисоблайди"  0 00:20"Реал" Родригoни 80 миллион евродан камига сотмайди  3 23:32Эрон нашрлари Машарипов жароҳати жиддий деб ёзишмоқда. Футболчи бу саволга ўзи жавоб берди  9 23:24"Милан" ва "Ал Ҳилол" қизиқаётган Нуньес мавсумолди ўйинларида 5 та гол урди, у ўтган мавсум АПЛда шундай натижа қайд этган эди  0 23:04Ўртоқлик ўйини. "Ливерпуль" Ла Лига жамоасини таслим қилди, мухлислар 20-дақиқада Жота хотирасига бир дақиқа қарсак чалишди  0 22:15Шешко МЮга ўтишни хоҳлаяпти, аммо "Ньюкасл" вариантига ҳам қарши эмас  0 21:31Лука Модрич: "Мен 13 йилни дунёнинг энг буюк клубида ўтказдим, энди эса ўтмишда ҳозирги "Реал" даражадаси бўлган клубга келдим"  6 20:48"Ал Насср" Роналду орқали МЮ собиқ футболчисини ўз сафига қўшиб олиши мумкин  1 19:59Миш-мишларга чек қўйилди: Лунин Мадридда қолади  0 19:33"Манчестер Юнайтед" бош мураббийи: "Менга кўп футболчилар керак эмас"  5 19:05ТОП-5 қачон бошланади? Жамоалар янги мавсумга қандай тайёрланмоқда?  7 18:40Легионер посбон, Фарғонада ютган мураббий, дублга эришган футболчи ва собиқ клубига гол урган ҳужумчи — Суперлигада 16-турнинг энг яхшилари   2 18:28"Барселона" "Тэгу"ни йирик ҳисобда мағлуб этди — битта гол Рэшфорд ҳисобида  2

Farg'onada bolalar futbol maktabi faoliyatini boshladi Yangiliklar

Farg'onada bolalar futbol maktabi faoliyatini boshladi

2018 yilning “Faol tadbirkorlik, innovacion g'oyalar va texonologiyalarni qo'llab-quvvatlash yili” deb nomlanishi va tadbirkorlarga keng imkoniyatlar yaratib berilayotgan shijoatli yoshlarga o'zgacha kuch bag'ishlayotgani hech kimga sir emas.

Bundan tashqari, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Futbolni rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi  Qarori ham mamlakatimizda futbolni yanada rivojlantirish uchun o'z hissasini qo'shish istagida bo'lgan yoshlarning g'ayratiga-g'ayrat qo'shgani shubhasiz.

15 aprel kuni Farg'onada mana shunday g'amxo'rliklarning samarasi ularoq yangi “Real Sport” innovacion futbol klubi qoshidagi bolalar futbol maktabi o'z faoliyatini boshladi. Farg'onalik uch nafar yosh va shijoati baland tadbirkorlar tomonidan tashkil etilgan ushbu sport maskanida 3 yoshdan 12 yoshgacha bo'lgan bolakaylar futbol sirlarini o'rganib borishadi. Ularga to'rt nafar OFKning “S” licenziyasiga ega bo'lgan murabbiylar tahsil berishadi. Bular Jasurbek Mirzaboev, Farrux Adilov, SHohjahon To'xtasinov va Javohir Hakimovlardir.

Kecha ushbu maskanda bolalar futbol maktabining rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tdi. Ushbu marosim yuqori saviyada o'tkazildi. Dastavval futbol klubi va maktabi joylashgan Farg'ona shahar “To'qimachilar” istirohat bog'ida bolajonlar uchun koncert dasturi tashkil etildi.

Ochilish marosimida Farg'ona viloyati hokimligi, O'zbekiston yoshlar ittifoqi Farg'ona viloyati kengashi, Farg'ona viloyati futbol associaciyasi vakillari ishtirok etishdi. Bundan tashqari, marosimda O'zbekiston teleradiokompaniyasining “Sport” telekanali muxbiri Behzod Jo'raboev ham “Futbol info” jurnali muharriri Mirzohid Mirzaevlar ham qatnashishdi.


Ochilish marosimi so'nggida “Real Sport” innovacion futbol klubi qoshida tashkil etilgan bolalar futbol maktabiga birinchilardan bo'lib azo bo'lgan 50 nafar yosh futbolchilarga klub futbolkalari sovg'a sifatida taqdim etildi. SHundan keyin bolajonlar o'z yoshi toifasiga ajratilib, mashg'ulotlar olib borildi. Mashg'ulot jarayonini ota-onalar bevosita kuzatib borishdi.


— Yurtimizda sportga, xususan, futbolga bo'lgan yuskak etibor bizni mana shunday g'oyalarimizni amalga oshirishga sabab bo'ldi, deydi “Real Sport” innovacion futbol klubi direktori SHuhrat Egamberdiev. – Klubimiz qoshidagi bolalar futbol maktabining asosiy maqsadi o'sib borayotgan yosh avlodni sog'lom bo'lib voyaga etishishga, kelajakda professional o'yinchi sifatida ulkan yutuqlarni qo'lga kiritishida ko'maklashishdan iborat. Futbol maktabi murabbiylari jajji futbolchilardan kelajakda Osiyo va Jahon chempionlari etishib chiqishlari uchun eng shimarib ishga kirishishgan. Rejalarimiz, qiladigan ishlarimiz hali ko'p. Bizning futbol maktabimizda tahsil olayotganlar orasida professional futbolchilar etishib chiqishi va kelajakda yurtimiz sharafini Jahon arenalida munosib himoya qilishi yo'lida tinimsiz mehnat qilishga tayyormiz. Yana bir maqsadimiz-tarbiyalanuvchilarimizni dunyoning mashhur jamoalarining etakchi o'yinchilariga aylantirishdir.

CHindan ham, Farg'ona shahrida birinchi marta jajji bolajonlar uchun mo'ljallangan futbol maktabi ulkan maqsadlar yo'lida o'z ishini boshladi. Ushbu maksanda murabbiylik qilayotgan mutaxassislar esa o'z ishining o'stalari sanalishadi.

Bugun farg'onalik jajji futbolchilarning quvonchi cheksiz. Ular “millionlar o'yini” sir-asrorlarini o'rganishlari uchun barcha sharoitlar muhayyo qilingan. Farg'onalik yosh tadbirkorlar boshlagan ulkan ishlariga rivoj tilab qolamiz. Aytgancha, futbol maktabida mashg'ulotlar har kuni ikki mahal o'tkaziladi. Bolalarga o'z yoshidan kelib chiqqan holda vazifalar beriladi.


Abror Dehqonov

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика