Farg'ona viloyati hokimi: “Neftchi” kelasi mavsum oltin medallar uchun kurashadi. Buning uchun jamoani har tomonlama qo'llab-quvvatlashda davom etamiz"
03 dek 2023 19:32
Yangiliklar
Farg'ona viloyati hokimi: “Neftchi” kelasi mavsum oltin medallar uchun kurashadi. Buning uchun jamoani har tomonlama qo'llab-quvvatlashda davom etamiz"
Farg'ona viloyati hokimiyati matbuot xizmati viloyat hokimi Xayrullo Bozorovning mavsumni yakunlagan "Neftchi" klubiga yo'llagan tabrigini elon qildi. Ushbu tabrikda Xayrullo Bozorov "Neftchi" klubi keyingi mavsum ham oltin meddallar uchun kurashishini malum qilgan.
"Sevimli “Neftchi” jamoamiz futbolchilariga, bosh murabbiy Vitaliy Levchenkoga, jamoaning barcha mutasaddilariga mavsum davomidagi yorqin o'yinlar hamda chempionatning so'nggi daqiqalariga qadar muxlislarga taqdim etilgan hayajonli onlar uchun minnatdorchilik bildiraman.
O'zbek futbolida o'z o'rniga hamda eng sodiq muxlislarga ega “Neftchi” jamoasi, Xudo xohlasa kelgusi mavsumda Superligada yanada munosib qatnashib, oltin medallar uchun kurash olib boradi. Buning uchun “Neftchi”ni har tomonlama qo'llab-quvvatlashga davom etamiz."
Xayrullo Bozorov, Farg'ona viloyati hokimi
O’xshash yangiliklar
championat.asia
10 ўйинда 12 гол: Роналду яққол тўпурар
Криштиану Роналду: "Мавсум ўртасида ҳеч ким чемпион бўлмайди"
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Эрон жамоаси Ўзбекистон МТЖ етакчиларидан бири учун 1 миллион доллар бериши мумкин
Fikrlar