So’nggi yangiliklar

00:00"Бунёдкор" уч футболчи билан шартномани узайтирди  0 23:41Расман: "Барселона" ва ПСЖ собиқ юлдузи 32 ёшида фаолиятини якунлади  0 23:13Рақиб қизил олса, "Ливерпул"га қийинроқ, "Эвертон"нинг кучи ҳам, заиф нучтаси ҳам Грилиш. Топ чемпионатлар учрашувларидаги ўзига хос тактика ҳақида  1 22:53"Ғазалкент" машғулотидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 22:24Рўзиқул Бердиев: "Ал Иттиҳод" юлдузларга бой кучли жамоа"  4 22:04"Қизилқум" Шукуров билан шартома имзолади  1 21:33"Навбаҳор" Тошкентда йиғинни бошлади (ФОТО+ВИДЕО)  1 21:08Туркия. Шомуродов ва Файзуллаев гол урди, "Башакшехир" йирик ғалабага эришди  18 20:28Винисиус яхши ўйнамаётганини тан олмоқда, аммо...  4 19:50Европа топ-лигаларидан 136 нафар футболчи "йўқ" бўлиб қолди. Африка миллатлар кубоги режаларига ўзгартириш киритадиган клублар ҳақида   2 19:39Зайниддин Тожиев: “Ғазалкент” бутун эътиборни ёшларга қаратади, Про лигада 6 та жамоа жуда камлик қилди"  1 19:21Тимур Кападзе: "Колумбия билан учрашув кўп нарсани ҳал қилади"  27 19:00Сержиу Консейсау: "Насаф"нинг ўйин сифати эгаллаб турган ўрнидан мутлақо фарқ қилади, лекин биз тайёрмиз"  6 18:54"Насаф" "Ал Иттиҳод"га қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум қилинди  3 18:38"Сўғдиёна" хавбеки "Навбаҳор"га ўтмоқда  4

Fabregas: "Arteta fantastik ishni bajardi" Yangiliklar

Fabregas: "Arteta fantastik ishni bajardi"

"Arsenal" sobiq sardori Sesk Fabregas yakshanba kuni MYU ustidan qozonilgan g'alabadan keyin jamoa ustoziga hurmat ko'rsatdi.

Yakshanba kuni Angliya Premer-ligasida "Arsenal" va "Manchester Yunayted" to'qnashuvida "to'pchilar" 3:2 hisobida ustun keldi. London klubi ushbu g'alabadan keyin turnir jadvalidagi peshqadamligini davom ettirib, 5 ochkolik farqni saqlab qoldi. 

Manbaga intervyu bergan ispaniyalik futbolchi Sesk Fabregas Artetani klub haqidagi tasavvurni o'zgartirgani uchun maqtadi, chunki Arteta "Arsenal"ni chempionatda kuchli to'rtlikka kirish uchun kurashadigan jamoadan Evropaning eng kuchli jamoalaridan biriga aylantirdi. 

"U ajoyib ishladi. Biz buni hujjatli filmda ko'rdik. U qanday qilib futbolchilarni oldinga yurishga chorlashini va u futbolchilarni qay darajada tushuna olishiga guvoh bo'ldik. 

Klub haqidagi tasavvur o'zgardi. Mashg'ulotlar maydonchasi atrofida yaxshi o'zgarishlar bor, kattaroq joylar, yaxshi jihozlar, maydonlar, nimaiki o'ylasangiz hamma narsa bor.

Uning o'z qarashlari bor edi va u bazi to'g'ri ishlarni qilmagan futbolchilarni sotganida klub uni qo'llab-quvvatladi. Arteta ularni o'zgartirdi. Yosh menejer uchun buni bajarish oson bo'lmaydi. Bunday qarorlarni qabul qilish uchun shaxsiyat kerak. 

Ularda (Zinchenko va Jezusda) klubga bo'lgan ishtiyoq bor. Ular bugungi kunda sizdan ustun bo'lgan klubdan keldilar. Top-o'yinchilar bilan aloqada bo'lgan murabbiyga ega bo'lish, albatta, klub uchun katta plyus", – dedi Sesk Fabregas.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика