"Eyr Fors" ustozi: "Umid qilamanki, tarkibning asosiy o'zagi saqlanib qoladi"
05 dek 2023 00:35
Yangiliklar
"Eyr Fors" ustozi: "Umid qilamanki, tarkibning asosiy o'zagi saqlanib qoladi"
"Eyr Fors" hamda OKMK o'rtasidagi OCHL guruh bosqichi 6-tur o'yinidan (3:2) so'ng mezbonlar ustozi Ayub Odisho matbuot anjumanida ishtirok etdi.
"Afsuski, "Eyr Fors" Osiyo CHempionlar ligasining pley-off bosqichiga yo'llanmani qo'lga kirita olmadi. Bundan afsusdamiz, ammo bu — futbol. Birinchi bo'limda ko'proq gol urishimiz mumkin edi. Ikkinchi bo'limda esa ortga chekindik. Endi asosiy etiborimiz Iroq Yulduzlar ligasiga qaratiladi. Umid qilamanki, tarkibning asosiy o'zagi saqlanib qoladi, shu bilan birga, bazi o'zgarishlarga qo'l uramiz. Endigi maqsadimiz milliy chempionatda g'oliblar qatoridan o'rin olish hisoblanadi".
O’xshash yangiliklar
championat.asia
10 ўйинда 12 гол: Роналду яққол тўпурар
Криштиану Роналду: "Мавсум ўртасида ҳеч ким чемпион бўлмайди"
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Эрон жамоаси Ўзбекистон МТЖ етакчиларидан бири учун 1 миллион доллар бериши мумкин
Fikrlar