So’nggi yangiliklar

19:44Аббосбек Ўлмасбеков: "Осиё Кубоги саралашида ҳар учала ўйинда ютишни ният қилганмиз"  0 19:13Ромеро: "Месси ЖЧ-2026га келиб яхши формада бўлади"  4 18:45Ўзбекистон футзал терма жамоаси ўртоқлик ўйинида Японияга имкониятни бой берди  7 18:28Про лига. Икки киши майдондан четлатилган ўйинда "Локомотив" "Олимпик-MobiUz" билан муроса кўчасини танлади  0 18:15Скоулз МЮнинг ёзги трансфер кампаниясини қоралади  2 17:48Расман: "Андижон" собиқ устози "Бухоро"да иш бошлади  13 17:26Эшитдик-да! "Зўр ТВ" Чемпионлар Лигасини намойиш этади  16 16:22Месси гол урилмаган пенальтилар сони бўйича Роналдуга яқинлашиб олди  2 15:39"Насаф" аламли тарзда мағлубиятга учраган муҳташам "Қирол Абдуллоҳ" стадионидан ГАЛЕРЕЯ  9 15:05"Реал" умидли ҳимоячи билан шартномани узайтирди  0 14:38"Арсенал" "Атлетик" билан ўйинда икки асосий ўйинчисидан фойдалана олмайди  3 14:04Лизаразю "Ал Насср"га трансфер бўлган Команни танқид қилди  3 13:35Беллингем ва Камавинга "Реал"нинг ЕЧЛ учун қайдномасига киритилган ҳамда "Қайрат"га қарши ўйнаши мумкин  1 13:08Гвардиола мураббий сифатида топ-лигалардаги 600-ўйинида қатнашди. Ғалабалар фоизи сизни ҳайратда қолдиради  11 12:40"Насаф"нинг халқаро майдондаги мағлубиятли серияси давом этмоқда  20

Evropani ko'zlayotgan, Belgiya, Polsha klublari qiziqishlari doirasiga tushib qolgan Jasur Yaxshiboev 23 yoshga to'ldi Yangiliklar

Evropani ko'zlayotgan, Belgiya, Polsha klublari qiziqishlari doirasiga tushib qolgan Jasur Yaxshiboev 23 yoshga to'ldi

Osiyo chempioni, tezkor dribling sohibi Jasur Yaxshiboev 23 yoshga to'ldi.

Belarus Oliy ligasida javlon urayotgan hamyurtimiz bugun tavallud ayyomini nishonlamoqda. 

Futbolga ilk qadamlarni “Paxtakor” futbol maktabida tashlagan Yaxshiboev Jasur Abduraimov qo'l ostida futbol sir-asrorlarini o'rgana boshladi. Hujum chizig'ida o'zini ko'rsatishni boshlagan yarim himoyachi 2015 yilda O'zbekiston yoshlar terma jamoasiga taklif etildi. Keyingi yili Bahraynda o'tkazilgan yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionatida termamizning etakchi futbolchisi sifatida ishtirok etdi. Keyingi yillardan boshlab esa “Paxtakor”ning boshlang'ich tarkibiga kiritildi, tajribasini oshirib bordi. 2018 yil O'zbekiston olimpiya terma jamoasi bilan Xitoyda o'tkazilgan Osiyo chempionatida g'olib chiqidi, turnir davomida raqiblar darvozasini to'rt bor ishg'ol qildi. Uning Yaponiya darvozasiga urgan ikki goli vakillarimizga 4:0 hisobidagi g'alabani taqdim qildi. Yarim finalda esa Janubiy Koreya posbonini ranjitdi. 

Jasur Yaxshiboevni tanidingizmi? 

Joriy mavsum uning hayotida tub burilish yasadi desak mubolag'a bo'lmaydi. Belorusning “Energetik-BGU” jamoasiga ijara shartnomasi asosida yo'l olgan hamyurtimiz tez fursatda o'zining o'yinini topib oldi va mahalliy muxlislarning olqishiga sazovor bo'ldi. Qaysidir manoda mazkur chempionatdagi o'yinlari unga tanilish va shuhrat olib keldi. Malumotlarga qaraganda Jasur Yaxshiboevga Polsha, Belgiya, Rossiya jamoalaridan qiziqish katta bo'lmoqda. Uning o'zi intervyularining birida Evropaga ketishni o'ylayotgani haqida gapirgandi.

“Men Evropaga ketishni istayman. Buning ustiga SHota Arveladze bilan oramizda tushunimovchilik bor. Qaysidir uchrashuvda u meni zaxiraga oldi. Men hafa bo'lib qo'l bermadim. Keyingi uchrashuvlarda esa meni zaxirada qoldirishni boshladi. O'yinning oxirida, besh yoki o'n daqiqa qolganida tushirardi. Bu vaqt oralig'ida nima qilish mumkin? Men o'yin tempimni yo'qotdim. Yaxshi o'ynasam ham baribir shu holat takrorlanaverdi. Hozirgi jamoamda esa murabbiylar menga ishonch bildirishmoqda. Men o'yinlarim orqali buni isbotlashga harakat qilaman.

 Men Evropaga ketishni istayman. Buning ustiga SHota Arveladze bilan oramizda tushunimovchilik bor. Qaysidir uchrashuvda u meni zaxiraga oldi. Men hafa bo'lib qo'l bermadim. Keyingi uchrashuvlarda esa meni zaxirada qoldirishni boshladi. O'yinning oxirida, besh yoki o'n daqiqa qolganida tushirardi. Bu vaqt oralig'ida nima qilish mumkin? Men o'yin tempimni yo'qotdim. Yaxshi o'ynasam ham baribir shu holat takrorlanaverdi. Hozirgi jamoamda esa murabbiylar menga ishonch bildirishmoqda. 

Men o'yinlarim orqali buni isbotlashga harakat qilaman.  Faoliyatimda ilk bor legionerga aylandim. Legioner doim hamma joyda mahalliy o'yinchilardan kuchli ekanligini isbotlashi kerak. SHaxsan men bu klubdagi jamoadoshlarimga qaraganda chiroyli o'yin namoyish etishim zarur. Xorijda o'ynashning ko'p afzalliklari bor. Siz shaxs sifatida o'sishga erishasiz. Bundan tashqari hozir futbolchi sifatida ulg'ayishim uchun ajoyib fursat. Ikki mamlakat futbolini taqqoslaydigan bo'lsak faqat o'yin uslubida biroz farqni ko'rishimiz mumkin. Ikki mamlakat chempionati ham kuchli. Umuman olganda har bir chempionatning o'ziga xos kuchli tomonlari bo'ladi. Belarusda ko'proq Evropaga yaqin bo'lgan uslubda o'ynashadi”.

Saytimiz xodimlari nomidan Jasur Yaxshiboevga sog'lik va salomatlik, faoliyatida ulkan zafarlar tilab qolamiz.

Jasur Abduraimov (“Paxtakor” jamoasi murabbiyi): Birinchi galda uni buvisi va bobosiga rahmat aytmoqchiman. Ular Jasurni bolaligida mashg'ulotlarga olib kelishardi va olib ketishardi. O'zi ham yaxshi odam va kuchli futbolchi. Agarda unga erkinlik beriladigan bo'lsa ko'p narsalar qila oladi. Jasurga o'xshagan futbolchilar kam. Sog'lik va salomatlik tilayman. Evropada ham o'zbek futboli nomini munosib himoya qilishiga tilakdoshman.

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика