"Arsenal" "Atletik" bilan o'yinda ikki asosiy o'yinchisidan foydalana olmaydi
16 sen 14:38
Yangiliklar


"Arsenal" "Atletik" bilan o'yinda ikki asosiy o'yinchisidan foydalana olmaydi
"Arsenal" "Atletik"ka qarshi Chempionlar Ligasi dastlabki o'yinidan oldin ikkita yo'qotishga ega.
ESPN xabariga ko'ra, sardor Martin Edegor va vinger Bukayo Saka Mikel Arteta jamoasiga yordam berolmaydi.
26 yoshli Edegor dam olish kuni "Arsenal"ning "Nottingem Forest" ustidan qozongan g'alabasi (3:0) vaqtida elkasidan jarohat olib, maydonni tark etishga majbur bo'ldi. 24 yoshli Saka avgust oyi oxirida tizzasidan olgan jarohati tufayli safdan chiqqan edi va oy oxirigacha qaytmaydi.
Eslatib o'tamiz, "Atletik" – "Arsenal" bahsi bugun 21:45 da boshlanadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar