Gvardiola murabbiy sifatida top-ligalardagi 600-o'yinida qatnashdi. G'alabalar foizi sizni hayratda qoldiradi
16 sen 13:08
Yangiliklar
Gvardiola murabbiy sifatida top-ligalardagi 600-o'yinida qatnashdi. G'alabalar foizi sizni hayratda qoldiradi
Angliya Premer-ligasining 4-turi doirasida bo'lib o'tgan derbida "Manchester Siti" "Manchester Yunayted"ni mag'lub etdi. Uchrashuv "shaharliklar"ning 3:0 hisobidagi yirik g'alabasi bilan yakunlandi.
Bu o'yin "Siti" ustozi Xosep Gvardiola uchun yubileyga aylandi. Ispaniyalik murabbiy top-ligalarda 600 ta o'yin o'tkazishga ulgurdi.
Pep hisobida 446 g'alaba, 85 durang va atigi 69 mag'lubiyat bor. Mutaxassis milliy chempionatlardagi o'yinlarning 74,3 foizida g'alaba qozongan.
Gvardiola uchun yana bir muvaffaqiyatli o'yin "Manchester Yunayted"ga qarshi derbi bo'ldi. "Siti"ning navbatdagi o'yini Chempionlar Ligasi doirasida "Napoli"ga qarshi (19 sentyabrga o'tar kechasi) bo'lib o'tadi, shundan so'ng ular APL doirasida "Arsenal" bilan to'qnash keladi (21 sentyabr).
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar
2-- Fergyusson 513 oʻyin - 68%
3-- Konte 361 oʻyin - 66%
4-- Enrike 262 oʻyin - 65%
5-- Movrinyo 649 oʻyin - 62%
6-- Blan 260 oʻyin - 62%
7-- Anchelotti 849 oʻyin - 62%
8-- Hitsfeld 202 oʻyin - 61%
9-- Semyone 538 oʻyin - 60%
10-- Allegri 509 oʻyin - 60%