So’nggi yangiliklar

02:09Мутолаа учун. Шомуродов ўйнаётган "Рома" очко йўқотди: А Сериянинг 7-тур якунлари  1 00:45Италия Суперкубоги Саудия Арабистонида ўтказилади. Тақвим маълум  0 00:15Уэйн Руни Англия терма жамоасининг энг яхши ўйинчиси кимлигини айтди  4 23:28Ўзбекистон терма жамоаси Эронга қарши ўйинга тайёргарлик кўрмоқда. Элдор Шомуродов билан кичик интервью  0 22:46Андрес Иньеста 2010 йилги "Олтин тўп" ҳақида гапирди  11 22:05Ҳарри Магуайр бир неча ҳафтага сафдан чиқди  0 21:29Серхио Агуэро "Барселона"ни судга берди  7 21:03Асрор Алиқулов: "Қўқон-1912"га қарши дуранг унчалик ҳам ёмон натижа эмас"  1 20:38Шомуродов, Ўрунов, Юсупов, Файзуллаев ва Ҳусанов ҳам машғулотларга киришди ГАЛЕРЕЯ  30 20:11Мбаппе – "Реал"нинг сентябрдаги энг яхши футболчиси  3 19:33Гравенберх: "Слот ўз кучимга ишонишимга ёрдам бермоқда"  0 19:03Элдор Шомуродов: "Эронга қарши ўйин, Қирғизистонга қарши баҳсдан осонроқ бўлади"  31 18:31ПРО-Лига. "Қўқон-1912"га қарши баҳсда "Машъал" сўнгги дақиқаларда мағлубиятдан қутулиб қолди  8 17:53Эдер Милитао яна жароҳат олди  4 17:24"Барселона" эътиборини "Лилль" ҳимоячисига қаратди  3

Evro-2024. Albaniya murosasiz kechgan bahsda Xorvatiya bilan jangovar durang qayd etdi Yangiliklar

Evro-2024. Albaniya murosasiz kechgan bahsda Xorvatiya bilan jangovar durang qayd etdi

Evro-2024 musobaqasi 2-turidan o'rin olgan Xorvatiya – Albaniya bahsi nihoyasiga etdi.

Murosasiz kechgan bahsda jamoalar durangga rozi bo'lishdi – 2:2.

Evro-2024

"B" guruhi. 2-tur

Croatia

Andrej Kramaric - 74', Klaus Gjasula - 76'

EURO Grp. B . 2-tur

19/06/2024, 18:00

2
:
2
Tugadi

Albania

Qazim Laci - 11', Klaus Gjasula - 90'

Stadion: Volksparkstadion, 46784 tomoshabin

Bosh hakam: Francois Letexier

45'
90'
46'  Marcelo Brozovic (Mario Pasalic)
46'  Lovro Majer (Luka Sucic)
69'  Bruno Petkovic (Ante Budimir)
74'  Andrej Kramaric
74'  Ante Budimir
76'  Klaus Gjasula
84'  Ivan Perisic (Borna Sosa)
84'  Andrej Kramaric (Martin Baturina)
87'  Ivica Ivusic
11'  Qazim Laci
11'  Jasir Asani
64'  Jasir Asani (Taulant Seferi)
72'  Qazim Laci (Klaus Gjasula)
77'  Elseid Hysaj
85'  Rey Manaj (Mirlind Daku)
85'  Ylber Ramadani (Arber Hoxha)
90'  Mirlind Daku
90'  Klaus Gjasula
90'  Klaus Gjasula

Xorvatiya – Albaniya 2:2  

18.00, «Folksparkshtadion»

Gollar: Kramarich 74', Gyasula avtogol 76' – Lyachi 11', Gyasula 90+5'

Bosh hakam: Fransua Letekse (Franciya)

Yordamchi hakamlar: Siril Mugne, Mehdi Ramuni (ikkisi – Franciya)

VAR: Villi Delajo (Franciya)

AVAR: Jerom Brisar (Franciya), Bastian Dankert (Germaniya)

To'rtinchi hakam: Sandro SHerer (SHveycariya)

Xorvatiya – Livakovich, Yuranovich, Sutalo, Gvardiol, Perishich (Sosa, 84), Modrich, Brozovich (Pashalich, 46), Kovachich, Mayer (Suchich, 46), Kramarich (Baturina, 84), Petkovich (Budimir, 69).

Albaniya – Strakosha, Xyusay, Jimshiti, Ayeti, Mitay, Lyachi (Gyasula , 72), Bayrami, Ramazoni (Xoja, 85), Aslani, Asani (Seferi, 64), Manay (Daku, 85).

Ogohlantirishlar: Xyusay (76), Daku (90+4), Gyasula 90+8.


Fantastik bahs yakuniga etdi! 

90+8. Yana Gyasula katta sahnada! U taktik fol uchun ogohlantirildi. 

90+5. GOOOOOOOL! Dahshat! Avtogol muallifi Gyasula muvozanatni tikladi 2:2! Uning yaqin masofadan bergan zarbasini Livakovich qaytara olmadi, himoyachilar raqibni bo'sh qoldirib katta xato qilishdi. 

90+4. Daku qo'pololik uchun sariq kartochka oldi. 

90+3. Zarbaaa! Mirlind Dakuning yaqin masofadan bergan zarbast himoyachilarga tegib qaytdi. Albaniya hujumda bor kuchini berib harakat qilmoqda.

90. Ikkinchi taymga 6 daqiqa qo'shib berildi.

90. Uuuux! Dominik Livakovichdan super-seyv! Xojaning pastki burchak tomon yo'llagan zarbasini xorvatiyaliklar posboni qaytardi.

88. Zarbaaa! Tinib-tinchimas Luka Modrichning kuchli zarbasi xavfli, ammo noanich chiqdi. 

87. Albaniya raqib jarima maydonchasi tomonda vaziyat yaratishga urinmoqda.

85. Albaniyada 2 ta o'zgarish: Ramazoni o'rniga Xoja, Manay o'rniga Daku maydonga tushirildi.

84. Xorvatiyada 2 ta almashtirish: Perishich o'rniga Sosa, Kramarich o'rniga Baturina tushdi.

80. Ivan Perishichning yaxshi uzatmasini himoyachilar bartaraf qilishdi.

76. Xyusay hakamga etiroz bildirgani uchun ogohlantirildi.

76. GOOOOOOOOL! Suchichning zarbasidan so'ng zaxiradan tushgan Gyasula to'pni o'z darvozasiga kiritib qo'ydi – 2:1!

74. GOOOOOOOL! Budimirning qulay pasidan so'ng Kramarich himoyachining oyoqlari orasidan zarba yo'llab, darvozabonni chalg'itdi va hisobni tenglashtirdi – 1:1!  



72. Albaniyada almashtirish: Lyachi o'rniga Klaus Gyasula o'yinni tugatib qo'yadi.

69. Xorvatiyada o'zgarish: Petkovich o'rniga Budimir bahsni davom ettiradi. 

67. Zarbaaa! Qarshi hujumga o'tib ketgan Albaniyaning hujumi zarba bilan yakun topdi. Bayramining zarbasi darvozaga aniq bormadi. 

65. O'yin to'xtatildi. Sutalo to'p uchun kurashda Manaydan jabr chekdi.

64. Albaniyada almashtirish: Asani o'rniga Seferi o'yinga qo'shildi.

63. Aslani darvozani nishonga olishga urindi, Livakovich o'z o'rnida! 

63. Albaniya himoyada "avtobus" qo'yib olgan, bu ko'p hollarda yaxshilikka olib kelmaydi. 

61. Zarba! Ivan Perishichning olisdan bergan zarbasidan keyin Strakosha to'pni qiyinchiliksiz egallab oldi. 

57. Aytishlaricha, uchrashuvni ko'rish uchun stadionga 46784 nafar tomoshabin kelgan.



55. Yana himoyadan hujumga pas etib keldi – Asaniga, biroq hujumchi o'yindan tashqari holatda ekanligi qayd etildi.  

53. Zarbaaa! Kovachichning kuchli zarbasi rikoshet orqali Strakoshaga qulay tarzda etib bordi.  

52. Yoshko Gvardiol chap qanotda ikki himoyachi qurshovida qoldi, unga nisbatan biroz qo'pollik bo'lgandi, ammo hakam burchak zarbasi emas, erkin zarba berdi.

50. Zarbaaa! Suchichning erlatib yo'llagan zarbasini Strakosha qaytarishga erishdi. 

50. Uzoqdan Rey Manay tomon uzatma etib keldi, biroq albaniyalik hujumchi ofsaydda qolgan ekan. 

47. Ivan Perishich Asaniga nisbatan qoidani buzdi. 

46. Ikkinchi taym boshlandi!

46. Xorvatiyada 2 ta o'zgarish: Brozovich o'rniga Pashalich, Mayer o'rniga Suchich tushirildi.

Birinchi bo'lim yakunlandi. Hozira hisob – 0:1. Tanaffus! 

45+2. Xorvatiya bo'lim so'ngida xavfli hujum uyushtirgandi, biroq Kramarich bu vaziyatda raqibiga nisbatan qo'pollik ishlatgani malum bo'ldi.

45+1. Zarba! Rey Manayning zarbasini Xorvatiya posboni ushlab oldi.

45. Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shib berildi.

37. Modrichning uzatgan to'pini darvozabon qaytarib yubordi. Ikkinchi tempda davom etgan hujum xavfli tus olmadi.


36. Kramarichga nisbatan qo'pollik ishlatildi. Xorvatiya raqib jarima maydonchasiga yaqin joydan jarima zarbasini amalga oshiradi.

31. Uuux! Yana bir hujum Albaniyadan! Kristyan Aslani darvozabon bilan deyarli birga-bir vaziyatga chiqib borib zarba yo'lladi, darvozabon qaytarib yubordi!

29. Zarba! Elseid Xyusaĭning chap oyoqda yo'llagan kuchli zarbasi noaniq chiqdi.

25. Ivan Perishich hujum vaqtida raqibga nisbatan fol ishlatdi.

22. Rey Manay Sutaloga nisbatan qo'pollik ishlatdi, hakam hushtagini chaldi.

20. Uuuux! Xorvatiyaning uzoq davom etgan hujumi Brozovichning noaniq zarbasi bilan yakun topdi. U to'pni zarba yo'nalishini kimdir o'zgartiradi degan maqsadda tepgandi. 

19. Ivan Perishich ichkariga pas uzatdi. Yaxshi uzatma, biroq himoyachilar ishonchli harakat qilishdi.

15. Zarba! Bayrami jarima maydonchasi ichida qulay poziciyaga chiqib bordi, ammo uning zarbasi yo'liga himoyachilar g'ov bo'lishdi. Albaniya burchak zarbasiga ega bo'ldi.

11. GOOOOOOOOL! Asanining havolatib amalga oshirgan uzatmasidan keyin Lyachi bosh bilan zarba berib, darvozabonni ojiz qoldirdi – 0:1!



9. Luka Modrich jarima zarbasi orqali to'pni ichkariga oshirdi, ammo himoyachilar to'pni jarima maydonchasi tashqarisiga chiqarish yubordilar va Albaniya qarshi hujum tashkil qilib ko'rdi – Bayrami katta tezlikda oldinga o'tdi, biroq Yuranovich to'sig'iga uchradi. 

7. Yosip Yuranovichning ichkariga oshirib bergan to'pini himoyachilar uzoqlashtirishdi.

4. Kramarich katta tezlikda oldinga o'tib ketayotgan Ramazonini yiqitishga majbur bo'ldi, kechiktirilgan fol. 

1. Uchrashuvga start berildi!

- Uchrashuv 18:00 da boshlanadi. 

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика