Islom Ismoilov: "Italiya bilan bir joyda yashayapmiz. Saudiya Arabistoni bilan ham shunday bo'lgandi"
16 noy 03:48
Yangiliklar
Islom Ismoilov: "Italiya bilan bir joyda yashayapmiz. Saudiya Arabistoni bilan ham shunday bo'lgandi"
— Futbolchilarning o'zidan ruhan kim tayyorligini so'radik. Ularning o'zi nechinchi bo'lib tepishini aytdi.
— Keyingi o'yinda Muhammad Hakimov bizga yordam bera olmaydi.
— Avvalo bugun g'alaba qozonganimiz yaxshi bo'ldi. Umuman olganda biz shunchaki yutib qo'ymaymiz, doim bosim ostida bo'ladi (kuladi). Muhammad Hakimov jamoamiz uchun katta yo'qotish. Umid qilamizki, uning o'rnida bo'ladigan Amirxon Murodov o'zining eng yaxshi o'yinini namoyish etadi.
— Qanchalik Xorvatiya bilan o'yin shunday faol o'tishini kutgandingiz?
— Kecha ko'rganingizdek, eng yuqori natija ko'rsatib, birinchi o'rin bilan chiqqan Argentina jamoasi 32-jamoa bo'lib, qiynalib chiqqan Meksikaga mag'lub bo'ldi. Bitta o'yinda istalgan raqibni mag'lub etish mumkin, bu erda ruhiyat birinchi o'ringa chiqadi. Raqib Evropadagi top jamoalardan biri va jismoniy jihatdan juda kuchli jamoa edi. Shunday ekan, qiyin o'yin bo'lishi kutilgan edi. Shunga qaramay, imkoniyati yuqori bo'lgan futbolchilarimizga ishonardik. O'ylaymanki, haqli ravishda g'alaba qozondik.
— Darvozabonlarni almashtirishga to'xtalmoqchi edim. Bu oldindan o'ylangan rejamidi?
— Uchrashuv davomida darvozabonlar murabbiyi o'z fikrini aytdi. Bizda teng kuchli ikkita darvozabon bor. Nematulloh Rustamjonovning tushirilishi Ibrohim Shokirovning penaltilar seriyasida yaxshi turmasligini anglatmaydi.
— Bo'lajak raqib — Italiya haqida nima deysiz?
— Albatta, Italiyaning o'yini bo'layotgan paytda yordamchilarimni o'sha bahsga jo'natdim. Chexiyaga qarshi o'yinni ham ko'rib, tahlil qilib o'tirdik.
— Italiya terma jamoasi bilan bitta mehmonxonada yashaysiz. Ko'z-ko'zga tushib qolganda nima qilasiz? (hazil bilan)
— O'zi biz bitta mehmonxonada tushganlarimiz bilan o'ynaymiz. Saudiya Arabistoni bilan ham bir oyda bitta mehmonxonada yashagandik. Bu Italiya bilan ham 15 kundan beri birgamiz. Mehmonxona mayli, ular bilan yonma-yon ovqatlanamiz.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЖЧ-2026га қуръа ташланди. Барча гуруҳлар маълум!
Эшитдик-да! Кападзе Ўзбекистон терма жамоасидан кетди
Плей-офф: "Қўқон-1912" ва "Машъал" Суперлигада қолди
ЖЧ-2026. Ўзбекистон K гуруҳида: Роналду Ўзбекистонга қарши!
Fikrlar
СЎКИШ ГУНОҲМИ ДЕСА, КАНЕШНИ ОНАСИНИС.. Й ДЕГАН ЭКАН.....
ХОРВАТИЯ БИЛАН ЎЙИНИМИЗНИ УСТИГА БОСИНГДА ЎЗБЕКИСТОНДАН ПЕНАЛТИНИ КИМ ТЕПГАН, ГОЛ УРГАНМИ ЙЎҚМИ, НАТИЖА ҚАНАҚА, ШУНИЯМ ЁЗМАГАН АҚАЛЛИ. БИРОРТА ТИРИК ЖОН БОРМИ САЙТИЛАРДА?
Хорватия га солиштирганда кучли эмас