Evro-2024 saralash bosqichiga qura tashlash uchun savatchalar elon qilindi
28 sen 2022 18:49
Yangiliklar
Evro-2024 saralash bosqichiga qura tashlash uchun savatchalar elon qilindi
2024 yilgi Evropa chempionatiga qura tashlash marosimi 9 oktyabr kuni Frankfurtda bo'lib o'tadi. UEFAga azo 55 ta associaciyadan 53 tasi Evro-2024 saralashida ishtirok etadi. Mezbon Germaniya terma jamoasi esa to'g'ridan-to'g'ri finalga yo'l oldi.
Evro-2024 qurasi uchun savatchalar
1-savatcha (Millatlar Ligasi finalchilari): Niderlandiya, Xorvatiya, Ispaniya, Italiya.
1-savatcha: Daniya, Portugaliya, Belgiya, Vengriya, SHveycariya, Polsha.
2-savatcha: Franciya, Avstriya, CHexiya, Angliya, Uels, Isroil, Bosniya va Gercegovina, Serbiya, SHotlandiya, Finlyandiya.
3-savatcha: Ukraina, Islandiya, Norvegiya, Sloveniya, Irlandiya, Albaniya, CHernogoriya, Ruminiya, SHveciya, Armaniston.
4-savatcha: Gruziya, Greciya, Turciya, Qozog'iston, Lyuksemburg, Ozarbayjon, Kosovo, Bolgariya, Farer orollari, SHimoliy Makedoniya.
5-savatcha: Slovakiya, SHimoliy Irlandiya, Kipr, Belarus, Litva, Gibraltar, Estoniya, Latviya, Moldova, Malta.
6-savatcha: Andorra, San-Marino, Lixtenshteyn.
Millatlar Ligasining to'rtta finalchisi (Italiya, Ispaniya, Gollandiya, Xorvatiya) maxsus savatga joylashtiriladi va jami 5 ta jamoadan iborat A-D guruhlariga bo'lib yuboriladi. Ular saralashning 10 ta emas, 8 ta o'yinida qatnashishadi.
Evro-2024 final bosqichida 10 ta saralash guruhidan eng yaxshi 2 ta jamoa Germaniya terma jamoasi safiga qo'shiladi va pley-offda uchta yo'llanma o'ynaladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar