Baxtiyor Ashurmatov: "Qura yaxshi kelsa, guruhdan chiqish imkoniyatimiz yanada ortadi"
05 dek 2025 12:03
Yangiliklar
Baxtiyor Ashurmatov: "Qura yaxshi kelsa, guruhdan chiqish imkoniyatimiz yanada ortadi"
JCH–2026 qurasi oldidan barcha futbol muxlislari kabi sobiq futbolchi Baxtiyor Ashurmatov ham bugungi marosim natijalarini intillik bilan kutmoqda. Unga ko'ra, O'zbekiston terma jamoasi bugungi kunda har qanday raqibga munosib raqobat ko'rsata oladi, ammo omadli qura muvaffaqiyat uchun muhim omil bo'lib qoladi.
Ashurmatov fikricha, nisbatan kuchsizroq jamoalar bilan bir guruhda tushish — pley-off yo'lidagi imkoniyatlarni ancha oshiradi:
“Albatta, hozirgi terma jamoamiz istagan raqibga qarshi yaxshi o'ynay oladi. Lekin guruhda kuchsizroq jamoalar bo'lsa, bizning imkoniyatlarimiz ko'payadi. Masalan, bitta yulduzli terma jamoa — Ispaniya, Argentina yoki Braziliya — muhlislar uchun ham, futbolchilar uchun ham katta qiziqish uyg'otadi. 2-savatdan bizga tanish raqiblar tushsa, yanada qulay. Shuningdek, Kyurasao kabi terma jamoalar ham imkoniyatni oshiradi. Qolganini bugun bilib olamiz. Qura terma jamoamizga omadli keladi degan umiddaman”, – dedi Baxtiyor Ashurmatov.
Eslatib o'tamiz, marosim bugun Toshkent vaqti bilan 22:00 da boshlanadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar