So’nggi yangiliklar

12:03Бахтиёр Ашурматов: "Қуръа яхши келса, гуруҳдан чиқиш имкониятимиз янада ортади"  0 11:38TVCOM'да бугунги тақвим: ЖЧ-2026 қуръаси, ўтиш ўйини ва бошқалар  0 11:30Бугун ЖЧ-2026 қуръаси. Ўзбекистонга кимлар рақиб бўлади?  11 11:05Мавсум якунлари туркумидан. Суперлиганинг энг яхши дарвозабони ким бўлди?  0 10:42Расман. "Арсенал" 16 ёшли эгизак футболчиларни трансфер қилди  1 10:15"Шўртан" футболчиси "Бухоро"га ўтмоқда  1 10:01Фабио Каннаваро қуръа ҳақида қисқа фикр билдирди  6 09:46Месси энг кучли мураббий ким деган саволга жавоб берди  10 09:20Мартин Боаке Ўзбекистон Суперлигасига қайтмоқда  12 08:53Дунёнинг энг кучли ТОП-100 талик футболчилар рейтингидан ўзбекистонлик футболчи жой олди  3 08:26"Насаф" ва "Андижон" жамоалари "Пахтакор" футболчисини сотиб олмоқчи  1 07:58Суперлига. Бугун илк плей-офф ўйинлари бўлиб ўтади  3 07:25ЖЧ-2026. Бугун қуръа  18 02:57"Лацио" "Милан"ни Италия Кубогидан чиқариб юборди  3 02:52АПЛ. "Манчестер Юнайтед" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб қила олмади  18

Bugun JCH-2026 qurasi. O'zbekistonga kimlar raqib bo'ladi? Yangiliklar

Bugun JCH-2026 qurasi. O'zbekistonga kimlar raqib bo'ladi?

Bugun Toshkent vaqti bilan 22:00 da Jahon chempionatiga qura tashlanadi.

AQSHning Vashington shahrida joylashgan "The Kennedy Center" majmusida bo'lib o'tadigan katta tadbir davomida O'zbekiston terma jamoasi qaysi guruhga tushishi va kimlar raqib bo'lishini bilib olamiz.

Jahon chempionati qurasi jahon chempionati o'yinlari kabi katta voqea hisoblanadi. Dunyo bo'ylab milliarddan ziyod aholi ushbu marosimni intiqlik bilan kutmoqda. Yurtimizda ham millionlab muxlislar qura natijalarini kutayotgani bor gap. Balki avvalgi quralarda bu qadar katta sabrsizlik bo'lmagandir, lekin endilikda boshqacha nigoh bilan qarshi olamiz. Chunki tarixda birinchi bor O'zbekiston delegaciyasi ham qura jarayonida ishtirok etadi va kelasi yil bo'lib o'tadigan mundialda milliy terma jamoamiz ham to'p tepadi.

Ishtirokchilar kengaydi

Tarixda birinchi marta Jahon chempionatida o'ynaydigan jamoalar soni 16 taga oshirilib, 32 tadan 48 taga etkazildi. Bu ham dunyo futboli uchun katta voqelik bo'ldi. Hozirgi paytga kelib mundialga chiqqan 42 ta terma jamoa nomi malum (bugun shu jamoalar vakillari qurada ishtirok etadi) bo'lib, qolgan 6ta jamoa nomi kelasi yilning mart oyida aniq bo'ladi.

Quraga kimlar taklif qilingan?

Aytib o'tganimizdek, hozirgi paytga kelib 48 ta jamoadan 42 tasi malum va Jahon chempionatiga chiqqan har bir yurtning futbolga aloqador katta delegaciyasi AQSHdagi tadbirga taklif qilingan. Bugungi qurada ishtirok etadigan jamoalar quyidagilardan iborat.

Musobaqa mezbonlari: AQSH, Kanada, Meksika.

Osiyo: Avstraliya, Eron, Yaponiya, Iordaniya, Janubiy Koreya, Qatar, Saudiya Arabistoni, O'zbekiston.

Afrika: Jazoir, Kabo Verde, Kot-D'Ivuar, Misr, Gana, Marokash, Senegal, JAR, Tunis.

KONKAKAF: Kyurasao, Gaiti, Panama.

Janubiy Amerika: Argentina, Braziliya, Kolumbiya, Ekvador, Paragvay, Urugvay. 

Okeaniya: Yangi Zelandiya.

Evropa: Avstriya, Belgiya, Xorvatiya, Angliya, Franciya, Germaniya, Niderlandiya, Norvegiya, Portugaliya, Shotlandiya, Ispaniya, Shveycariya.


Qolgan oltita jamoa

JCH-2026 da ishtirok etadigan 48 ta jamoadan 6 tasi hali malum emas. Shundan to'rttasi kelasi yil bahorda o'tkaziladigan UEFA pley-off bahslaridan so'ng malum bo'ladi. Pley-off bahslarida 16 ta terma jamoa qatnashadi: Albaniya, Bosniya va Gercegovina, Chexiya, Daniya, Italiya, Kosova, Shimoliy Irlandiya, Shimoliy Makedoniya, Polsha, Irlandiya, Ruminiya, Slovakiya, Shveciya, Turkiya, Ukraina va Uels.

Qolgan ikkita jamoa nomi qitalararo pley-off o'yinlaridan so'ng aniq bo'ladi. Xalqaro pley-off uchrashuvlarida 6 ta jamoa ishtirok etadi: Boliviya, Kongo, Iroq, Yamayka, Yangi Kaledoniya va Surinam.


Qura va savatlar

Jahon chempionatida 48 ta jamoaning ishtirok etishi o'z-o'zidan o'yinlar soni ko'payishiga olib keladi. Kelasi yilning 11 iyunida start olib, 19 iyulga qadar davom etadigan mundialda muxlislar jami 104 ta uchrashuv guvohi bo'lishadi.

Bugun bo'lib o'tadigan qura jarayonidan oldin terma jamoalar 4ta savatga ajratib chiqilgan. Shuni aytib o'tish lozim, musobaqaning uchta mezboni avtomat tarzda guruhlardan joy olgan: Meksika - A1, Kanada - B1, AQSH - D1.

Savatlarning to'liq ko'rinishi quyidagicha:

1-savat: AQSH, Meksika, Kanada, Ispaniya, Argentina, Franciya, Angliya, Braziliya, Portugaliya, Niderlandiya, Belgiya, Germaniya.

2-savat: Xorvatiya, Marokash, Kolumbiya, Urugvay, Shveycariya, Yaponiya, Senegal, Eron, Janubiy Koreya, Ekvador, Avstriya, Avstraliya.

3-savat: Norvegiya, Panama, Misr, Jazoir, Shotlandiya, Paragvay, Tunis, Kot-D'Ivuar, O'ZBEKISTON, Qatar, Saudiya Arabistoni, Janubiy Afrika Respublikasi.

4-savat: Iordaniya, Kabo Verde, Gana, Kyurasao, Gaiti, Yangi Zelandiya, Evropa pley-off A, B, C, D, Xalqaro pley-off 1 va 2.

Musobaqa formatiga ko'ra, 48 ta terma jamoa to'rttadan 12 guruhga bo'linadi. Guruhlar Adan Lgacha bo'ladi. Guruh o'yinlari yakuniga etgach, 1-2 o'rinlar bilan birgalikda eng yaxshi 3-o'rin egalaridan 8 tasi - jami 32ta jamoa keyingi bosqichga yo'l oladi. Bu degani birinchi bosqichdan so'ng faqat 16 ta jamoa ortga qaytadi.


Qura qanday bo'ladi?

Endi eng asosiy masalaga kelsak. Qura tartibiga ko'ra, har bir savatdan navbati bilan to'liq jamoalar olinadi. Jahon chempionatining uchala mezboni qaysi guruhlarga tushishi malum ekanini yuqorida keltirib o'tdik. Katta turnirlar oldidan FIFAning asosiy yozilmagan qoidasi bor va doim shunga amal qilib keladi: yani, bitta qita vakillarini bir guruhga tushirmaslik. Faqat Evropa bundan mustasno bo'lib, UEFAga 16 ta o'rin berilgan.

Bugungi qura marosimida AQSH ko'k rangli shar, Meksika yashil, Kanada esa qizil rangli sharda bo'ladi. Qolgan barcha sharlar oq rangda bo'ladi. Musobaqaga bo'lgan qiziqishni oshirish maqsadida FIFA reytingdagi eng kuchli to'rtta jamoani qarama-qarshi setkaga qo'yadi. Bu degani Ispaniya va Argentina hamda Franciya va Angliya toki finalga qadar bir-biriga to'qnash kelmaydi.

Qura avvaliga mezbon jamoalarni uchta guruhga ajratib, 1-savatdagi jamoalarni guruhlarga bo'lish bilan boshlanadi. 1-savatdagi jamoalar to'liq guruhlarga joylashtirilgach, keyin 2-savatga o'tiladi. Xuddi shu tartibda 3 va 4-savatlarga navbat keladi.

O'zbekiston milliy terma jamoasi 3-savatdan joy olgani uchun bizga shu savatdagi jamoalar raqib bo'lmaydi. Shuningdek, ikkinchi savatdan Yaponiya, Janubiy Koreya, Eron kabi qitadoshlarimiz ham tushmasligi aniq. Bu degani boshqa qita vakillari bizga raqib bo'ladi. Guruhda kimlar raqib bo'lishini istagancha bashorat qilishingiz mumkin.


Xayrulla Xoliqov

Reyting: +1   

Fikrlar

+3   
05 dek 11:48:45
Ibratbek Khajiev
Kanada
Avstriya
O'zbekiston
Yangi Zelandiya yoki Kobo Verde
Keyingi bosqichda bo'lajak jahon chempioni bilan o'ynab uyga qaytamiz
   
05 dek 12:10:22
Akbarjon Turg'unov
Usmonov Ahrorbek foydalanuvchining fikriga javob berish
Kannada, Ekvador, UZBEKISTAN, Haiti
Ассалому алайкум дўстим Гаити билан Канада битта қитъаку хДхД
   
05 dek 12:04:50
Azim Ismailov
Голландия Хорватия Узбекистон Гаити
   
05 dek 12:04:17
Shuxratcik Fcb
Evropa qitasidan 16jamoa bor xali daxshatu faqat 4tasi chiqarkan etirozlar bulishi tabiiy chunki kami 10ta jchga chiqqan kamandani birma bir yuta oladi misol Turkiyani Uzi
Undan tashqari Italiya Polsha Daniya Chexiya Ukraina Uels Shvetsiya xam bor
   
05 dek 12:01:39
Futbol_books muxlisi
Frantsiya.
Urugvay
Oʻzbekiston.
Italiya
   
05 dek 11:58:51
Usmonov Bahodir
1 Ispaniya 2 Urugvay 3 Oʻzbekiston 4 Italiya
   
05 dek 11:54:30
Demirbay Deniz
Diyorbek Matrasulov foydalanuvchining fikriga javob berish
Kanada, Eron, O'zbekistion, Gaiti. Ko'raylikchi nechta jamoa to'g'ri kelarkan
Eron ming yilda tushmaydi gurux bosqichida
   
05 dek 11:49:15
Diyorbek Matrasulov
Kanada, Eron, O'zbekistion, Gaiti. Ko'raylikchi nechta jamoa to'g'ri kelarkan
   
05 dek 11:49:10
Usmonov Ahrorbek
Kannada, Ekvador, UZBEKISTAN, Haiti
   
05 dek 11:38:46
MTJ, PAXTAKOR
USA, Ecvador Uzbekistan, New Zeland
   
05 dek 11:37:16
Dima
Kanada, Kolumbiya, Uzbekiston, Kobo verde
   
05 dek 11:31:52
Saidokil Tukhtaev
2026-yilgi Jahon chempionati siz o'ylaganingizdan ham yaqinroq????????!
5-dekabr kuni soat 22:00 da Kinopoiskda ZOR TV telekanalida efirga uzatiladigan qur'a tashlash marosimini tomosha qiling.
Yandex Plus obunasi bilan tomosha qilish imkoniyati mavjud.
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика