So’nggi yangiliklar

01:39ЖЧ-2026 саралаши. Норвегиядан 11:1, Холанддан 5та гол, Англиядан йирик, Португалиядан иродали ғалаба  5 01:15АПЛда ким чемпион бўлади? "CIES" тахмин қилиб кўрди  0 00:44"Фенербаҳче" Моуриньюдан кейинги бош мураббийини эълон қилди  1 00:14Холанд термадаги 45-ўйинида 44-голини урди  3 23:49Халқаро ўртоқлик турнири. Ўзбекистон U-17 Марокашга мағлуб бўлди  13 23:24Меньяннинг "Челси"га ўтмагани сабаби маълум бўлди  1 22:27Футзал. Ўзбекистон терма жамоаси йиғинга киришди. Олдинда Япония билан ўйин бор  3 21:36"Динамо" назорат учрашувида "Локомотив"ни ютди  3 21:13U-23 Осиё Кубоги саралаш босқичи. Қирғизистон Шри-Ланкани йирик ҳисобда енгди ва гуруҳда биринчи бўлди  20 20:19Владо Радманович: "Афсуски, Катанецнинг ҳозирги ҳолати яхши эмас"  30 19:59Кроос: "Германия ҳозирда катта ютуқларга эриша оладиган терма жамоалар қаторида эмас"  1 19:33Остон Ўруновдан рекорд!  10 19:05Алиризо Жаҳонбахш: "Ҳакамлик ҳақида ҳеч нима демайман"  21 18:38"Арсенал" МЮ кўзлаган футболчи учун курашда фаворит  2 18:17Мустақиллик Кубоги-2025 "Uz-Galaxy"да!  2

Evro-2024. Ruminiya Ukrainani yirik hisobda mag'lub etdi Yangiliklar

Evro-2024. Ruminiya Ukrainani yirik hisobda mag'lub etdi

Evropa chempionati 1-turidan o'rin olgan Ruminiya – Ukraina bahsi yakunlandi.

Ruminiya — Ukraina 3:0

Gol: 1:0 – 29 Stanchu, 2:0 – 53 Marin, 3:0 – 57 Dregush.

Ruminiya – Nice, Raciu, Burke, Dregushin, Banku, Stanchu (Rakovitan, 87), Marin, Marin (Rus, 75), Man (Xadji, 62), Dregush (Pushkash, 75), Koman (Mixeile, 62).

Ukraina – Lunin, Konoplya (Tymchik, 72), Matvienko, Zabarnyy, Zinchenko, Stepanenko (Brajko, 62), SHaparenko (Yaremchuk, 63), Mudrik, Sudakov (Malinovskiy, 83), Cygankov (Yarmolenko, 63), Dovbik.

Ogohlantirishlar: Konoplya (67), Marin (79).

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi.

90. Ikkinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berildi.

84. Mudrikning yaqin masofadan yo'llagan zarbasiga aniqlik etishmadi.

79. Ukrainaliklarning navbatdagi hujumi golga aylanishiga Nice yo'l qo'ymadi.

77. Sudakovning zarbasi xavfli bo'ldi, raqib posboni dastlab to'pni qo'lidan chiqarib, so'ngra egallab oldi.

71. Sudakovning jarimadan yo'llagan zarbasi jonli devorga tegib, maydon tashqarisiga chiqib ketdi.

68. Konoplya hakam tomonidan ogohlantirildi. 

65. Standart vaziyatdan so'ng himoyachilardan qaytgan to'pga Yarmolenko noaniq zarba yo'lladi.

62. Ikki jamoa tarkibida o'zgarishlar ro'y berdi.

57. GOL! Dregush burchak zarbasidan so'ng osonlik bilan raqib darvozasini ishg'ol qilib, hisobni yirik ko'rinishga keltirdi.


56. Ruminlardan ketma-ket ikki xavfli zarba, birini himoyachi, birini Lunin qaytardi.

53. GOL! Marin uzoq masofadan Lunin qo'riqlayotgan darvozaning pastki burchagini aniq nishonga oldi.


50. Sudakovning zarbasi o'ta noaniq ko'rinish oldi.

46. Ikkinchi bo'lim Komanning xavfli zarbasi bilan boshlandi.

Taym yakunlandi.

45. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi.

42. Dovbik Mudrikning pasidan so'ng raqib jarima maydonida zarba yo'llay olmadi.

39. Burchak zarbasidan so'ng to'p Lunin qo'riqlayotgan darvoza to'siniga tegib, maydon tashqarisiga chiqib ketdi.

38. Man xavfli zarbasi bilan ukrainlarga javob qaytardi. Biroz noaniq.

36. Mudrikning uzatmasidan keyin Dregushin qaytargan to'p o'z darvozasi tomon yo'l olishiga bir bahya qoldi.

29. GOL! Luninning xatosidan so'ng Stanchu ruminiyaliklarning birinchi zarbasini supergolga aylantirdi.

 

27. Ruminiyaliklar burchak zarbasi ishlab oldi. Uzatma esa raqib futbolchilar tomonidan qaytarildi.

22. Dovbikning uzoq masofadan yo'llagan zarbasi noaniq ko'rinish oldi.

18. Sudakov hujum chog'i qoidabuzarlik ishlatdi.

12. Dovbik raqib jarima maydonida yiqildi, biroq hakam o'yin qoidasi buzilmaganini takidladi.

8. Koman uzoq masofadan zarba yo'lladi, Lunin o'z o'rnida.

7. Ukrainaliklar ilk daqiqalarda ustunlik qilmoqda. Ushbu daqiqada jamoa futbolchilarining zarbasiga ruminlar blok qo'yishdi.

3. Ukrainaliklarda xavfli vaziyatga yuzaga keldi. Dovbik to'pni o'ziga bo'ysindira olmadi.

1. Uchrashuv boshlandi.

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика