Eto'O: “Futbol afsungari “Barsa”da ekan, Xavi jamoaga qaytishi shart”
11 iyu 2020 09:50
Yangiliklar
Eto'O: “Futbol afsungari “Barsa”da ekan, Xavi jamoaga qaytishi shart”
“Barselona”ning sobiq hujumchisi Samuel Eto'O ning aytishicha, u ko'k-anorranglilar sobiq yarim himoyachisi Xaviga jamoaga bosh murabbiy sifatida qaytishni maslahat bergan.
“Men Xaviga har qanday holatdayam jamoaga qaytishini aytdim. Futbol dahosi jamoada ekan, u tezroq Kataloniyaga qaytishi kerak. U Messi bilan birga to'p tepgan va bu uning jamoadagi ishini osonlashtiradi”, deya Eto'Oning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Goal nashri “Catalunya Radio”siga tayanib.
Eto'O 2004-2009 yillarda «Barselona» tarkibida harakat qilgan va jami 200 ta uchrashuvda maydonga tushib, 130 ta gol urishga erishgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Opta. EЧЛ учун асосий даъвогарлар рейтингини қайтадан тузиб чиқди
Fikrlar