So’nggi yangiliklar

00:11Санчога харидор топилди  0 23:52"Реал"нинг янги футболчиси: "Мен учун энг зўр футболчи - Месси"  0 23:22Конференциялар лигаси саралаши. "Сабаҳ" вазифани уддалай олмади  0 22:59Ринат Дасаев: "Ўзбекистонга Жаҳон чемпионатида омад тилайман"   1 22:38Тимур Кападзе: "Майдонга Дасаевга гол ураман деб тушган эдим"   1 22:14Доннарумма "Сити"да қанча маош олади?  3 21:53Расман: Мастантуоно - "Реал" футболчиси!  4 21:29Конференциялар лигаси саралаши. "Астана" сўнгги босқич олдидан мағлуб бўлди  6 21:04"Манчестер Юнайтед" футболчиси фаолиятини "Вест Бромвич"да давом эттириши мумкин  0 20:39Ўзбекистон терма жамоаси афсоналари Россия фахрийлари билан дуранг ўйнади  12 20:25"Манчестер Сити" ва Абдуқодир Ҳусанов 2025/26 йилги мавсум учун учинчи либосини тақдим этди   4 19:56"Барселона" Майамида ташкил этиладиган "Вильярреал"га қарши ўйин ортидан 5 млн евро ишлаб олади  0 19:25"Манчестер Юнайтед"нинг Лига кубоги 2-босқичидаги рақиби аниқланди  2 18:58"Манчестер Сити"нинг янги футболчиси 10-рақамли либосни олади  1 18:30"Одил Аҳмедов ФА" U-16 "Реал", "Динамо" Тбилиси ва "Црвена Звезда" билан ўйнайди   3

Etakchi ortidan quvib: A Seriya 19-tur prevyusi Yangiliklar

Etakchi ortidan quvib: A Seriya 19-tur prevyusi

Bugun A Seriyaning navbatdagi tur uchrashuvlari start oladi.

"Salernitana" - "Napoli"

O'tgan turdagi o'ta omadsiz o'yindan keyin ikki kunlik istefodan keyin Davide Nikola "Salernitana" tarkibida o'zgarish qilishi deyarli aniq. Jamoa 4 himoyachi bilan o'ynasa kerak. Ustiga-ustak Facio va Maccoki ishtirok eta olishmaydi, Bronnning o'ynashi esa so'roq ostida. 

Spalletti esa kichik jarohatini davolayotgan Xvicha xizmatlaridan foydalana olmaydi, shunday ekan uning qanotdagi o'rnini Politano egallaydi. Hujumdagi yana bir joy uchun Raspadori va Elmas o'rtasida kurash kechadi, nazarimizda, makedoniyalikning bu boradagi imkoniyatlari biroz yuqoriroq.

O'tgan safar "Napoli" o'z uyida osonlik bilan "Salernitana"ni mag'lub etgandi (4-1). Aslida hozir neapolliklar safarga borishsada, yaqqol favorit sanalishadi. Jamoa tasodifan birinchi o'rinda emasligini isbotlab, yuqori darajadagi o'yin namoyish etmoqchi. Qo'shimchasiga mezbonlar himoyadagi muammolarini qisqa vaqt ichida butkul hal qilib ulgurishmagan bo'lsa kerak.


"Speciya" - "Roma"

Nikolau diskvalifikaciya tufayli, Zut jarohat sabab o'yinda ishtirok etolmaydi. SHu sababli darvozani Drongovski qo'riqlashi aniq. SHuningdek, Kivior "Arsenal"ga ketganini takidlash lozim. Bundan kelib chiqadiki Gotti himoya borasida jiddiy bosh qotirishiga to'g'ri keladi. 

"Roma" asosiy tarkibiga Ibanes qaytsa kerak, u Kumbullani alishtiradi. Diskvalifikaciya sabab Zanolo o'yinni tomoshabinlar orasida ko'radi, shuning uchun Dibala hujumda Abraxamga yordam beradi, Kristantening yonida esa markazda Matich harakat qilsa kerak.

Avvalgi uchrashuvda "Roma" 1-0 hisobida zafar quchgan. Rimliklar bu safar ham favorit. Bu erda "Speciya"ning himoyadagi muammolarini ham unutmaslik zarur. "Roma" aynan raqib himoyasidagi zaif nuqtalarni izlashini kutsa arziydi deb o'ylaymiz.


"Yuventus" - "Atalanta"

Vlaxovich, Pogba va Kuadrado uzoq tanaffusdan keyin asta-sekin safga qaytmoqda, bu safar ular o'yinni zaxira o'rindig'ida boshlashsa kerak. Bonuchchi va De SHilo esa o'ynamasligi aniq. Allegri hujumda Di Mariya, Milik va Kostich uchligiga ishonch bildirishi kutilmoqda. 

Kopmeyners avvalgi bahsda sariq kartochka ishlab olgan, u futbolchi uchun 5-si edi, bu esa Gasperini uchun yomon yangilik bo'ldi. Bu holatda Gasperini nima o'ylab topishi qiziq bo'ladi. Bergamoliklarning boshqa etakchilari safda va ajoyib sport formasida.

O'tgan safar jamoalar murosa ko'chasini tanlashgandi — 1-1. Hozir "keksa sinora" favorit bo'lsada, jamoa qanday holatda ekanligini aytish mushkul. SHu o'rinda "Atalanta" oxirgi 2-o'yinda 13 ta to'p kiritganini ham esdan chiqarmaslik lozim. Katta ehtimol bilan bu to'qnashuvda ham gollar ko'p bo'ladi.


"Lacio" - "Milan"

Laccari diskvalifikaciyasini o'tab, o'ng qanotga qaytadi, CHiro Immobile jarohati esa kutilganidan jiddiyroq bo'lib chiqdi. Bunday vaziyatda hujumda Felipe Anderson, Cakanya va Pedroni ko'rsak ajabmas. Superkubokdagi ishonchsiz o'yin Pioli xulosa chiqarishiga turtki bersa kerak. Katta ehtimol zaxiradan tushib, o'yinga yaxshi qo'shilgan Rebich bu safar asosiy tarkibdan o'rin olsa kerak. Muammo shundaki jarohatlar tufayli rotaciya qilish qiyin bo'ladi. Agar Krunich tayyor bo'lsa, Benasser-Tonalli juftligidan birini alishtirsa kerak.



"Milan" o'tgan safar Rimda 2-1 hisobida g'alaba qozongan. Bu safar ham "rossoneri" yaqqol favorit hisoblanadi. Umuman olganda hozir ikki jamoa ham u qadar yaxshi formada emas. Biroq bu holat aksincha, o'yinni yanada qiziqroq bo'lishini taminlashi mumkin.


Nozima To'xtamirzaeva tarjimasi

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика