Eshitdik-da! O'zbekiston terma jamoasi himoyachisi Falastinga qarshi o'yinda jiddiy jarohat oldi
08 jan 2024 00:04
Yangiliklar
Eshitdik-da! O'zbekiston terma jamoasi himoyachisi Falastinga qarshi o'yinda jiddiy jarohat oldi
O'zbekiston milliy terma jamoasi bir necha soat avval Falastinga (1:0) qarshi yopiq nazorat o'yinida maydonga tushdi. Championat.asia malumotlariga ko'ra, ushbu uchrashuvda milliy terma jamoamiz himoyachisi Husniddin Aliqulov jiddiy jarohat olgan. Aliqulovning jarohati bo'yicha aniq tashxis hozircha malum emas.
Malumot uchun, Falastinga qarshi uchrashuvdagi yagona golni 79-daqiqada Bobir Abdixoliqov o'z hisobiga yozib qo'ydi. Ushbu golga SHerzod Nasrullaev assistentlik qildi. Uchrashuv yakuniga yaqin Abbosbek Fayzullaev penaltini aniq amalga oshira olmadi.
O'zbekiston milliy terma jamoasi Osiyo kubogidagi ishtirokini 13 yanvar kuni Suriyaga qarshi o'yin bilan boshlaydi. Ushbu uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 22:30 da start oladi. Keyingi turlarda terma jamoamizga Hindiston va Avstraliya terma jamoalari raqiblik qilishadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Al Ain Cup. Остон Ўрунов порлаган оқшомда Ўзбекистон Мисрни мағлуб этди, финалда яна Эрон билан ўйнаймиз
Криштиану Роналду фаолиятида илк бор Португалия термаси сафида қизил карточка олди
Ўзбекистон Хорватия баҳсининг бошланиш вақти маълум
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мағлубиятга учради
Fikrlar