So’nggi yangiliklar

11:20Ўзбекистон U-17 нега саралашда ўйнамайди?  1 10:43Кэрни Чуквуэмеки фаолиятини Бундеслигада давом эттиради  1 10:15"Тоттенхэм" "Ман Сити" футболчисини қўлга киритиш учун нархни кўтарди  0 10:03Бугун "Севинч" Осиё Чемпионлар Лигаси гуруҳ босқичига чиқиш йўлланмаси учун майдонга чиқади  0 09:48Эдегор ва Саканинг жароҳати ҳақида маълумот берилди  2 09:22Пролига. Бугун дерби бўлиб ўтади  1 08:54"Байер" "Манчестер Сити" футболчини қўлга киритишга яқин  0 08:25Кечаги дурангдан сўнг Аморим нималар деди?  5 07:56Sofascore. Кечаги учрашувда дубл ассист қилган Ғаниев неча баҳо олди?  1 07:31Ўзбекистон кубоги. Бугун илк ярим финалчи аниқланади  6 02:27Ла Лига. "Реал Мадрид" меҳмонда "Реал Овьедо"ни йирик ҳисобда таслим этди  68 01:53А Серия. "Ювентус" "Парма"ни ишончли ҳисоб билан таслим этди, "Аталанта" эса ўз уйида "Пиза"ни юта олмади  4 00:34Байиндир — МЮ таркибида АПЛнинг икки турида яққол голли вазият яратган ягона футболчи  5 22:28АПЛ. "Манчестер Юнайтед" Лондонда "Фулхэм" билан дуранг ўйнади  34 21:40БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" ўз уйида "Хорфаккан"ни мағлуб этди, Ғаниевдан иккита ассист  4

Eshitdik-da! O'zbekiston ishtirokidagi yarim final muxlislarsiz o'tadi Yangiliklar

Eshitdik-da! O'zbekiston ishtirokidagi yarim final muxlislarsiz o'tadi

Kecha U-23 Osiyo kubogi chorak final dastlabki ikkita uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Timur Kapadze boshchiligidagi O'zbekiston U-23 terma jamoasi iroqliklar bilan bahs olib bordi. Uchrashuvda vakillarimiz bir kishi kam bo'lib qolganiga qaramay penaltilar seriyasida g'alaba qozonishdi va 1/2 finalga yo'llanmani qo'lga kiritishdi.

Uchrashuv davomida muxlislar hakam va raqib o'yinchilaridan norozilik o'laroq maydonga turli qattiq jismli buyumlar (tosh, bolt va h.) uloqtirishdi.

Afsuski, ana shu otilgan qattiq jismlar natijasida o'zbekistonlik fotograflardan biri va xorijlik operator jarohat oldi. Bu haqda kecha xabar bergan edik.

FOTO  O'zbekiston – Iroq bahsida muxlislar tomonidan otilgan tosh fotosuratchi va operatorni og'ir ahvolga solib qo'ydi

"Championat.asia"ga etib kelgan malumotlarga ko'ra, U-23 Osiyo chempionatining O'zbekiston ishtirokidagi yarim final o'yini muxlislarsiz o'tkaziladi. Qo'shimchasiga moddiy jarima ham qo'llanishi mumkin.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston U-23 terma jamoasi yarim final bahsini 15 iyun kuni "Bunyodkor" stadionida o'tkazadi. 21:00da start oladigan uchrashuvda bizga J.Koreya yoki Yaponiyadan biri raqib bo'ladi.

Reyting: -100   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика