⚡️Eshitdik-da! "Navbahor" klubi futbolchilarga bir necha oydan beri maosh to'lamayapti
08 dek 2023 00:12
Yangiliklar
⚡️Eshitdik-da! "Navbahor" klubi futbolchilarga bir necha oydan beri maosh to'lamayapti
Jamoaning asosiy etakchilari erkin agentga aylangan.
Championat.asia sayti bosh muharriri Narzulla Saydullaevning yozishicha, 2023 yilgi Coca Cola Superligasida bronza medallarni qo'lga kiritgan "Navbahor" klubining o'z futbolchilari oldida bir necha oylik qarzdorliklari mavjud. Aksariyat futbolchilar so'nggi bor avgust oyida maosh olishgan. Bundan tashqari, klub azolariga kamida 4 ta mukofot puli berilmagan.
"Navbahor"ning bir qator o'yinchilari mavsum yakunlangach, klubni tark etgan.
Avvalroq erkin agentga aylangan Oston O'runovga "Paxtakor" vakillari aloqaga chiqishgani haqida xabar berilgandi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
10 ўйинда 12 гол: Роналду яққол тўпурар
Криштиану Роналду: "Мавсум ўртасида ҳеч ким чемпион бўлмайди"
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Эрон жамоаси Ўзбекистон МТЖ етакчиларидан бири учун 1 миллион доллар бериши мумкин
Fikrlar