So’nggi yangiliklar

22:25"Ливерпуль" ва "Ювентус" "Бавария" форварди учун курашмоқда  1 21:38"Барселона" Кейн учун 64,5 млн евро товон пули тўлашга тайёр. "Бавария" форварди Левандовскийнинг ўрнига идеал номзод сифатида кўрилмоқда  4 20:58U-21 биринчилиги. "Пахтакор" - чемпион!  3 20:36Эндрик учун янги даъвогар пайдо бўлди  2 19:55Криштиану Роналду қизини 8 ёши билан табриклади: "Даданг сени жуда яхши кўради ????"  1 19:34Карло Анчелотти: "Реал"да дуранг — бу инқирознинг бошланиши?"  2 18:15Жоан Лапорта: "Ламин Ямал — даҳо, дунёда ўз позициясида энг яхшиси, аммо ҳали чўққига етмаган"  7 17:48Тони Пулис: "ВАР кўрилиши икки дақиқадан ошмасин ва соф ўйин вақтини жорий этиш керак"  4 17:08U-19 чемпионати. Ярим финалда Тошкент ҳамда Қашқадарё дербиси бўлади  1 16:53Жереми Доку: "Арсенал" ёки бошқаларни кузатмаймиз. Агар "Ман Сити" яхши ўйнаса, биз билан рақобат қилиш қийин"  7 16:14Гвардиола ёзда "Манчестер Сити"ни тарк этиши мумкин  2 15:27Жоан Лапорта: "Барселона" ва "Реал" ўртасидаги муносабатлар яхши эмас"  1 15:24"Футбол олами". "Нефтчи" чемпионликни Фарғонада нишонлаш имконига эга бўлди..."  6 15:03U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон - Панама 6:1  1 14:35Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мағлубиятга учради  25

Eshitdik-da! “Nasaf” yana jarimaga tortildi Yangiliklar

Eshitdik-da! “Nasaf” yana jarimaga tortildi

O'tgan 2021 yilgi mavsumda Qarshining “Nasaf” jamoasi OFK kubogida muvaffaqiyatli ishtirok etib, yakunda musobaqaning finaliga qadar etib bora olgan edi.

Ammo klub finalchi sifatida ishlab topgan mukofot pullarini jarimalarni to'lashga sarflaydigan ko'rinadi. 

Yangi yil arafasida “Nasaf”ning ilgari klubda ko'rikdan o'tgan franciyalik futbolchi Abdelae Diakite bilan tuzilgan shartnoma shartlarini bajarmagani uchun FIFA transfer taqiqi belgilagan edi. Ushbu qarzdorlik hal etilmagunicha “ajdarlar” yangi o'yinchilar bilan shartnoma tuza olmasligi tayin. 

"Kino davom etadi": "Nasaf" Diakite uchun jarima to'laydi

Eshitishimizga qaraganda, “Nasaf” oldida yana bir muammo paydo bo'ldi. Yodingizda bo'lsa, o'tgan yili OFK kubogi doirasidagi Gonkongning “Li Man” jamoasiga qarshi o'yinda OFK uchrashuvga muxlislar kiritilishiga ruxsat bergan edi. Biroq pandemiya sabab karantin qoidalariga rioya etilishi talab etilardi. Ammo malum bo'lishicha, “Nasaf” o'sha uchrashuvda xavfsizlik va karantin qoidalariga rioya qilinishini taminlay olmagan. 

Qo'shimcha ravishda, pandemiya davrida masofa saqlash nuqtayi-nazaridan ko'pincha jamoalarning zaxira futbolchilari odatdagi zaxira o'rindig'ida emas, balki uning ortidagi tribunalarda o'tkazilganiga guvoh bo'ldik. “Li Man” bilan o'yinda aslida faqat jamoa azolari o'tirishiga mo'ljallangan va zaxira futbolchilari joylashgan tribunaga tibbiy niqobsiz muxlislar ham kiritib yuborilgan. 

Eshitishimizga ko'ra, xavfsizlik masalasiga etiborsiz bo'lgan “Nasaf” klubiga OFK jarima belgiladi.

Eshitdik-da! "Oq-tepa" va "Istiqlol" "kambek" qilmoqchi

Reyting: -43   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика