Eshitdik-da! "Metallurg" rahbariyatida istefo ro'y berdi
11 dek 2024 18:30
Yangiliklar
Eshitdik-da! "Metallurg" rahbariyatida istefo ro'y berdi
Bugun "Metallurg" klubida katta majlis bo'lib o'tgan.
Majlisni zavod direktorining shaxsan o'zi o'tkazgan. Majlisda klub bosh direktori SHavkat Saidov o'z lavozimidan ozod etilgan. Akademiyani boshqarib kelayotgan Akmal SHaripov uning o'rniga vaqtincha direktor vazifasini bajaradi. Bu haqda "Championat.asia" jurnalisti Tolibjon Qosimov o'zining kanalida malum qildi.
"Mendagi malumotlarga qaraganda butun mavsum davomida deyarli g'alaba qozonmagan va mukofot puli ishlamagan "Metallurg" o'yinchilari va xodimlariga "Nasaf" va "Olimpik"ni mag'lub etishgani uchun mukofot pullari berilmasligi mumkin ekan. Zo'r-a, o'zi butun mavsum premiya berilmagan, oxiridayam bermay qo'ya qolishmoqchi", - deyiladi muallifning postida.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
Суперлига. "Пахтакор" "Насаф"ни мағлуб этиб, турнир жадвалида ортда қолдирди
Суперлига. Бугун 3 та учрашув бор
Fikrlar