Erik ten Xag "Manchester Yunayted"ni inqirozdan olib chiqa oladimi, degan savolga murabbiy javob berdi
01 jan 2024 12:42
Yangiliklar
Erik ten Xag "Manchester Yunayted"ni inqirozdan olib chiqa oladimi, degan savolga murabbiy javob berdi
MYU bosh murabbiyi Erik ten Xag yangi rahbariyat tomonidan bosim yo'qligini va klubni tez orada inqirozdan chiqarishiga ishonmoqda.
“Albatta! Yangi rahbariyat meni, jamoadagi hozirgi jarohatlarni yaxshi biladi. Agar jarohatdagilar safga qaytsa, natija ham bo'ladi. Biz top jamoalarga qarshi o'yinlarimiz orqali juda yomon jamoa emasligimizni ko'rsatib qo'ydik.
Men jamoaga ishonaman, biz ushbu tarkib bilan katta o'sishga erishishimiz mumkin. Bizga faqatgina barqarorlik etishmayapti.
O'tgan mavsum ajoyib natijaga erishdik. Biz bu yil ortdamiz va ishlashimiz kerak. Men bitta narsani aniq bilaman. Agar jarohatdagilar tuzalsa, biz ancha kuchli bo'lamiz”,-dedi ten Xag.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Криштиану Роналду: "Мавсум ўртасида ҳеч ким чемпион бўлмайди"
Эрон жамоаси Ўзбекистон МТЖ етакчиларидан бири учун 1 миллион доллар бериши мумкин
Fikrlar