Erik ten Xag: "Biz jamoani qayta quryapmiz"
13 sen 2024 01:22
Yangiliklar
Erik ten Xag: "Biz jamoani qayta quryapmiz"
Dastlabki 3 turdan keyin mankunianliklar 3 ochko to'plagan holda 14-o'rinni egallab turibdi.
"Biz jamoani qayta qurish jarayonidamiz. Jamoada yosh futbolchilar ko'p, ularni hali tarbiyalash kerak. SHuningdek, jarohatlanganlarning qaytishini ham kutishimiz lozim. SHundan keyin voqeliklarni kuzatamiz. Jamoa har o'yinda g'alaba qozonishi kerak, buni yaxshi bilaman, jamoa ham biladi. Biz har bir o'yinda g'alaba uchun maydonga tushyapmiz.
May oyida qaerda bo'lishimizni ko'ramiz. Hozir gapirish uchun juda erta, maqsadimiz - sovrinlar yutish, ligada imkoni boricha teparoqda bo'lish, har bir o'yinda g'olib bo'lish uchun borimizni berish. Albatta, natijalar hech kimni xursand qilmayapti. Lekin futbolchilar jarayonni to'laqonli tushunib turishibdi. Biz yaxshi o'yin ko'rsatyapmiz va ishlarni yaxshilab, oldinga harakatlana olamiz", - dedi ten Xag.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Португалия ЖЧ йўлланмасини қўлга киритганидан сўнг Роналду қисқа фикр билдирди
Fikrlar