Endi Ispaniya Superkubogida 4ta jamoa ishtirok etadi
29 apr 2019 19:17
Yangiliklar
Endi Ispaniya Superkubogida 4ta jamoa ishtirok etadi
2020 yildagi Superkubokda 4ta jamoa ishtirok etadi. Unda mamlakat chempionati g'olibi, kumush medal egasi, Kubok g'olibi va finalchisi ishtirok etadi.
Agar bitta jamoa g'olib yoki sovrindor sifatida ikkita joyni egallayotgan bo'lsa LaLigada yuqoriroq o'rinda bo'lgan jamoa taklif qilinadi. ("Barselona", "Valensiya", "Atletiko", "Real").
Superkubokning birinchi yarim finalida LaLiga g'olibi va Kubok finalchisi o'ynaydi, boshqasida esa kumush medal sohibi va Kubok egasi (yoki uning o'rniga kelgan jamoa) ishtirok etadi.
Yangi formatdagi birinchi Superkubok 2020 yilning yanvar oyida bo'lib o'tadi. Bahslar 1-8 yanvar oralig'ida o'tkaziladi. Final 12 yanvar kuni o'tkaziladi. Turnir Saudiya Arabistonida o'tkaziladi.
Yangilangan Ispaniya Superkubogida "Barselona", "Valensiya", "Atletiko" va "Real" qatnashadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
"Пахтакор" Суперкубокдаги ҳакамлик устидан шикоят киритди
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Fikrlar