Enco Fernandes ikkita qoidabuzarlik sabab avtomobil boshqarish huquqidan mahrum qilindi
12 sen 00:55
Yangiliklar
Enco Fernandes ikkita qoidabuzarlik sabab avtomobil boshqarish huquqidan mahrum qilindi
"CHelsi" klubi futbolchisi Enco Fernandes avtomobil boshqarish huquqidan mahrum qilindi. Enco o'tgan yilning 27 dekabr va shu yilning 24 yanvar sanalarida ikki marta yo'l harakati qoidalarini buzgan.
Birinchi holatda futbolchining nomidagi Porsche Cayenne mashinasida Suonsida tezlik oshirilgan, ikkinchi vaziyatda esa shu mashina haydovchisi Llanellida svetoforning qizil chirog'ida harakatlangan.
Enco Fernandes bu qoidabuzarlik paytida rulda kim bo'lganini aniqlab bera olmagan. Qonunga ko'ra, avtomobil haydovchisi biror qoidabuzarlik paytida haydovchi kim bo'lganini aniqlab berishi kerak. SHu bilan birga, mashina boshqaruvchida Enco Fernandes bo'lgani ham isbotlanmagan. Biroq, mashina futbolchining nomida bo'lganligi sabab u baribir aybdor deb topilgan.
Yakunda sud Enco Fernandesni mashina haydash huquqidan mahrum qildi va umumiy hisobda 3020 funt jarimaga tortdi. Sud Enco Fernandesning ishtirokisiz hukm chiqargan.
Fikrlar