So’nggi yangiliklar

13:21Амир Ғаленои: "Биз дастлабки икки учрашувда ўз дарвозасидан гол ўтказиб юбормаган ягона жамоамиз. Эрон дунёдаги энг яхши мамлакат"  0 12:55Германия дарвозабони терма жамоага чақирувдан бош тортди  0 12:25Клопп футболга қайтмоқда!  2 11:53Жалолиддин Машарипов: "Эроннинг кучсиз томонлари ҳақида эронлик журналистлар олдида гапиришим тўғри эмас"  5 11:42Владо Радманович: "Катанец билан ўйин давомида доимий алоқада бўламиз"  7 11:20Ўзбекистон Эронга қарши қандай либосда ўйнаши маълум  3 10:55"Ливерпуль" ёзда Салоҳнинг ўрнига бошқа бир мисрлик футболчи билан шартнома тузмоқчи  1 10:26"Манчестер Сити"нинг "устуни" ёзда жамоани тарк этади  0 09:52Ислом Маматказин: “Ўйинни ўзида ютиб кетишимизга ишонгандик. Қандайдир ўзгача руҳият бор эди”  9 09:20Франческо Тотти ўзининг идеал футболчисини йиғди  4 08:43"Бавария" Мусиалани жамоада олиб қолиш учун ойлигини беш бараварга оширишга тайёр  1 08:08МЮ раҳбарлари тен Хаг борасида бир қарорга кела олишмади  10 07:33Салоҳ ва де Брюйне келаси мавсум жамоадош бўлишлари мумкин  1 02:09Мутолаа учун. Шомуродов ўйнаётган "Рома" очко йўқотди: А Сериянинг 7-тур якунлари  1 00:45Италия Суперкубоги Саудия Арабистонида ўтказилади. Тақвим маълум  2

Elyor Orifov: "So'g'diyona" quyi ligada bo'lsa ham klubdan ketmasdim" Yangiliklar

Elyor Orifov: "So'g'diyona" quyi ligada bo'lsa ham klubdan ketmasdim"

Sergey Lushan boshchiligidagi "So'g'diyona" Superliganing 9-turida Qarshida "Nasaf"ni mag'lub etishga muvaffaq bo'ldi. Bungacha "ajdarlar" hech bir raqibga yutqazmagandi.

Ushbu sensacion g'alabadan keyin "So'g'diyona" Olmaliqda AGMK bilan durang qayd etdi. Biz bir necha yillardan buyon Jizzax klubi sharafini himoya qilib kelayotgan Elyor Orifov bilan suhbatlashdik.

- 2018 yilgi mavsum "So'g'diyona" uchun qanday boshlandi deb o'ylaysiz?

- Bu yilgi mavsum jamoamiz uchun yaxshi o'tmoqda deya olaman. To'g'ri boshida ozgina qiynaldik. Yangi futbolchilar o'zaro til topishib ketishi borasida qiynalgandik. Endi barchasi o'z joyiga tushib ketdi va ijobiy natijalar qo'lga kiritilmoqda.

- Oldingi murabbiy Mochinovga nima etishmadi deb o'ylaysiz?

- Bilmadim. Balki tajriba etishmagandir. Mashg'ulotlarda, o'yinlarda borimizni berib harakat qildik. Ammo natija bo'lmadi.

- 2013 yildan buyon "So'g'diyona"da o'ynab kelayapsiz. So'nggi yillarda O'zbekistonda bir klubda muqim o'ynab kelayotgan futbolchilar deyarli yo'q. Bunga qanday erishayapsiz?

- To'g'ri 5 yildan buyon bir klubda o'ynayapman. Tug'ilgan o'sgan Jizzax viloyati bosh jamoasi sharafini himoya qilish yoshlikdagi orzum bo'lgan. Qaysi murabbiy ishlasa ham mehnat qilib jamoaga munosib ekanligimni ko'rsatishga urinib kelayapman. O'tgan yillarda turli klublarda takliflar bo'lgan, ammo Jizzaxni tark etishga ko'zim qiymadi.

- Bordiyu "So'g'diyona" PRO-ligada o'ynaganida ham qolarmidingiz?

- O'ylab o'tirmay jamoada qolardim. "So'g'diyona" mening faoliyatimda juda katta o'rin tutgan.



- Mavsum boshida maqsad kuchli oltilikka kirish edi. Nima deb o'ylaysiz, bunga erisha olasizlarmi?

- To'g'ri mavsum boshida ko'plab ochkolarni yo'qotdik. Ammo maksimal harakat qilib kuchli oltilikka kirishga urinamiz. Oldinda hali o'yinlar ko'p. Barchasi o'z qo'limizda.

- Sergey Lushan kelgach hozircha faqat bitta mag'lubiyat bo'ldi. U jamoad aynan nimani o'zgartirdi?

- Sergey Ivanovich kelgach jamoada har tomonlama o'zgarish bo'ldi. Futbolchilarning o'ziga bo'lgan ishonchini qaytardi, muhitni yaxshiladi. Taktik jihatdan yanada kuchliroq ishlashni boshladik. Bollarda har bir o'yinga chanqoqlikni oshirdi.

- Yangi Superliga haqida fikrlaringiz qanday?

- Superliga juda ham qiziqarli o'tmoqda. Bu yil har bir jamoa o'rtasidagi raqobat juda keskin o'tmoqda. 10ta tur ortda qoldi va barcha jamoa mag'lubiyatga uchrab bo'ldi. Yani mag'lubiyatga uchramagan jamoa qolmadi. Tashkiliy tomonlama ham ancha o'sish kuzatilmoqda. Uchrashuvlar Sport telekanali orqali jonli ko'rsatilmoqda, stadionlarga muxlislar tashrifi ham ortib bormoqda. Har bir o'yindan oldin xalqimiz suygan qo'shiqchilar stadionga kelganlarning kayfiyatini ko'tarishmoqda. Barchasi ajoyib.

- Jamoadagi qaysi yoshlar sizda yaxshi taassurot qoldirmoqda?

- Sergey Lushan yosh futbolchilarga katta etibor berishini barcha biladi. Bizning jamoada ham shunday ishlashda davom etmoqda. Yoshlardan Sahob Rashidov va Oybek Nurmatov so'nggi paytlarda yaxshi o'ynashmoqda. Rashidov Qarshida "Nasaf" bilan o'yinda debyut qildi va xatto gol urishga ham erishdi.

- SHohruh Xolmatovning jarohati haqida...
- Yoshlar ligasi doirasidagi AGMK bilan bahsda Xolmatov boshidan og'ir jarohat oldi. Biz o'sha paytda mashg'ulotda edik. U shifokorlar nazoratida bo'lib turibdi. Tezroq tuzalib safga qaytishiga tilakdoshmiz. Barchamiz SHohruhni qo'llab-quvvatlayapmiz.

- "So'g'diyona" bu mavsum eng kam gol urgan klublardan biri bo'lib turibdi. Buning sababi nimada deb o'ylaysiz?

- Hujumni oxiriga etkazishda ozgina qiyinchiliklarga duch kelayapmiz. Buni ustida mashg'ulotlarda ko'p ishlayapmiz.


- Ko'pchilik hujumchi SHohruz Norxonovni tanqid qilmoqda. Bunga munosabatingiz?

- Bu tanqidlarga qo'shilmayman. SHohruz juda ham iqtidorli va kuchli futbolchi. U o'yin vaqtida jamoa uchun jonini bermoqda. Gol urmasa ham foydali ish koefficienti juda yuqori bo'lmoqda. Asosiysi jamoaning g'alabasi.

- 10ta turdan so'ng "So'g'diyona" 16ta gol o'tkazib bu borada Superligada "peshqadam" bo'lib turibdi...

- Nima deyishga ham xayronman. Mavsum boshida ko'p xato qilgandirmiz. Balki tajriba etishmagandir. Taktika jihatdan xato qilgandirmiz balki.

- "Nasaf"ni Qarshida mag'lub etishga erishdinglar. O'sha o'yin haqida nima deya olasiz?

- O'sha o'yingacha Superligada mag'lub bo'lmagan yagona klub "Nasaf" edi. Bundan tashqari bizning jamoa "Nasaf"ni Qarshida so'nggi bor 2004 yilda mag'lub etgandi. O'zimiz uchun mana shu yomon ananalarga barham berishni istadik. Sergey Ivanovich to'g'ri ko'rsatmalar berdi, Qarshiga ochko olib ketamiz degan maqsadda borgandik. Natijada ko'rdingiz g'alaba qozondik.
 
- Amakingiz Davron Fayziev yaqinda "Dinamo" bosh murabbiyiga aylandi. Nima deb o'ylaysiz Samarqandda u kishi yaxshi natijaga erisha oladimi?

- Albatta bunga umid qilaman. Amakim "Dinamo"ni Superligaga qaytarishga harakat qilayaptilar. Ularga bu borada omad tilayman.

- Muxlislarga aytar so'zingiz...

- Jizzaxlik muxlislarga katta minnatdorchilik bildiraman. Har qanday vaziyatda bizga dalda berib borishmoqda. Muxlislarsiz g'alabalar bizga tatimaydi. Yaxshi-yomon kunlarda bizni qo'llab turishgani uchun rahmat aytaman. Ularning ishonchini oqlashga harakat qilamiz.

Narzulla Saydullaev

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика