So’nggi yangiliklar

14:55Ўзбекистон терма жамоаси аъзоси ЖЧ-2026 саралашининг 3-тур рамзий жамоасидан жой олди  4 14:31Ўзбекистон бир киши кам Эронни ютолмаган, аммо гуруҳда биринчи ўринни сақлаб қолган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  3 14:10Киммих: "Ўйинлар камайса, жароҳатлар ҳам камаяди деб ўйламайман"  0 13:42"Ньюкасл" Франция чемпионати голеадорига қизиқиш билдирмоқда  0 13:13"Жирона" спорт директори "Манчестер Сити" таклифини рад қилди  0 12:47"Мени дарвозабон сифатида муҳокама қилишларини хоҳлайман" — Шенсни  0 12:20Дурангдан қониқмадим  41 12:12БАА терма жамоасида Ўзбекистон билан ўйиндан аввал жиддий йўқотиш бор  8 12:01А Сериянинг сентябрдаги энг яхши футболчиси аниқланди  0 11:36Катанец нега ҳимоячи ўрнига ярим ҳимоячи, ярим ҳимоячи ўрнига эса ҳимоячини чақиради?   18 10:48Ди Канио: "Бу иши учун МЮ директорларини қамаб қўйган бўлардим"  4 10:37Про лига. 20-турнинг қолдирилган учрашувини Шавкат Насибуллаев бошқариб боради  0 10:15Ўзбекистон МТЖ: Ашурматов ўрнига бошқа футболчи чақирилди  34 10:07Гюлер: "Анчелотти билан муаммолар йўқ"  0 09:34Испания Суперкубоги форматида ўзгариш бўлди  0

Eldorbek Suyunov aslida nima uchun terma jamoaga chaqirilmadi? Yangiliklar

Eldorbek Suyunov aslida nima uchun terma jamoaga chaqirilmadi?

O'zbekiston terma jamoasi darvozaboni yozda "Nasaf"dan "Paxtakor" klubiga ko'chib o'tgandi.

Biroq SHota Arveladze hozirga qadar darvozani Aleksandr Lobanoga ishonib topshirmoqda va Suyunov o'z vaqtini faqat zaxirada o'tkazmoqda. Eldorbek bir necha bor yoshlar ligasida va o'rtoqlik o'yinlarida ishtirok etdi. Ammo oliy ligada "Paxtakor" safida umuman ko'rinish bergani yo'q. "Nasaf"da birinchi raqamli posbon bo'lgan va doim maydonga tushishni istaydigan Suyunov uchun bu albatta yaxshi holat emas.  

2017 yilgi mavsumni "Nasaf" tarkibida boshlagan Eldorbek Suyunov jarohati tufayli birinchi davraning 6ta uchrashuvida maydonga tusha olmagandi xolos. Qolgan 10ta o'yinda to'liq o'ynab o'z darvozasidan 11ta gol o'tkazib yuborgan. Uchta bahsni Suyunov "quruq" o'tkazgandi.

Yozda "ajdarlar" safidan "Paxtakor"ga o'tganidan so'ng darvozabon ijtimoiy tarmoqdagi o'z sahifasi orqali "Nasaf" muxlislariga xayrlashuv maktubini yo'llagandi. Xorijda bunday holatlar ko'p bor kuzatilgan. Ammo O'zbekiston uchun bunday xayrlashuv maktubi yangilik bo'lgandi.



"Avvalo barcha "Nasaf" muxlislariga katta rahmat aytaman! Biz birgalikda ajoyib yillarni o'tkazdik. G'alaba quvonchi, mag'lubiyat alamida birga bo'ldik. Har daqiqa Sizlarning qo'llab-quvvatlashlaringizni his etib turdim.

"Nasaf" doim sizdek ajoyib muxlislari bilan kuchli bo'lib qolaveradi. Biz endi professional aloqalarimizni uzmoqdamiz. Lekin insoniylik tarafdan, futbolchi va muxlis aloqalari doimo bog'liq bo'ladi.

Faoliyatimda yangi bosqich, yangi davr boshlanish arafasida. "Nasaf"dagi ajoyib yillarni hech qachon unutmayman. Bu jamoa doimo yuragimda qoladi. Men "Nasaf"dan ketyapman, ammo bu erdagi xotira va unutilmas onlar hech qachon ketmaydi. Qachondir Siz aziz muxlislarni xafa qilgan bo'lsam yoki xatolarim bilan kayfiyatlaringizni tushirgan bo'lsam uzr so'rayman!

"Nasaf"dagi butun jamoaga, jamoadoshlarimga, murabbiylarimga, klubdagi barcha xodimlarga, muxlislarga katta rahmat aytaman! Biz qachondir yana uchrashamiz. Qaysi payt va qanday ko'rinishda bunisi nomalum. Professional futbolchining o'zining professional orzulari va maqsadlari bo'ladi. Men "Nasaf" muxlislariga xayr demayman, ko'rishguncha, deb qolaman.

"Paxtakor" muxlislariga esa o'zimni iliq salomimni yo'llayman! Biz endi birgamiz va yangi marralarni birga zabt etamiz! Meni taqdirim va faoliyatim endi ajoyib jamoa "Paxtakor" bilan bog'lanmoqda. Rahmat "ajdarlar"!", - deb yozgandi Suyunov.



Darvozabon "Paxtakor" klubidagi tanishtiruv marosimida nima uchun bu jamoani tanlagani sababini tushuntirib bergandi:
"Paxtakor"ga o'tishimga asosiy omil jamoada ruy berayotgan o'zgarishlar. Bu O'zbekiston uchun yangilik. Menga "Paxtakor"ning yangi loyihasi yoqdi, aynan shu narsa meni bu jamoaga kelishimga asosiy sabab bo'ldi. Raqobat? Men raqobatdan qo'rqmayman, bu biz uchun foydali bo'ladi".

Ko'rib turganingizdek, Suyunov raqobatdan qo'rqmasligini va bu uning uchun foydali bo'lishini aytgandi. Bu fikrni xuddi o'sha tadbirda jamoa ustozi SHota Arveladze ham tasdiqlagandi:

"Jamoamizdagi ikkala darvozabon ham menga yoqadi. Raqobat kuchli bo'lgani yaxshi, shunda hech bir darvozabon bo'shashishga haqqi yo'qligini biladi".

Zaxirada qolib ketaverishi natijasida Suyunov 14 noyabr kuni BAA bilan o'tadigan o'rtoqlik uchrashuviga chaqirilganlar orasida qayd etilmadi. Ro'ziqul Berdiev yig'inga o'z klublarida asosiy tarkibda o'ynayotgan Ignatiy Nesterov ("Lokomotiv"), Sanjar Quvvatov ("Nasaf") va Javohir Ilyosovni ("Mashal") jalb qildi. Suyunov so'nggi o'yinlarda terma jamoaga muntazam ravishda chaqirilib kelinayotgandi. To'g'ri Babayan davridaEldorbek terma jamoa safida umuman maydonga tushgani yo'q, ammo yig'inlarga baribir chaqirilardi.



"Nasaf" darvozabonlar murabbiyi Denis Ivankov terma jamoada ham Ro'ziqul Berdievga yordam beradi. Ivankov o'z sobiq shogirdining imkoniyatini bilgani uchun klubi safida zaxirada qolayotgan bo'lsa ham BAA bilan bahsga uni chaqirmoqchi bo'lgan. Ammo Suyunov ayni paytda terma jamoaga loyiq emasligini tan olgan va o'yin amaliyotiga ega bo'lgan boshqa darvozabonni chaqirish to'g'ri bo'lishini murabbiylarga tushuntirgan. SHu bois Ivankov "Mashal"ning birinchi raqamli posboni Javohir Ilyosovni yig'inga chaqirishga qaror qildi.

Malumot uchun, Suyunov shu kunga qadar O'zbekiston terma jamoasi safida 11 o'yin o'tkazgan va o'z darvozasidan 4ta gol qo'yib yuborgan.

Hamkasblarimizdan biri Suyunovga "zaxirada qolib ketayotganiz qanchalik alamli" deb bergan savoliga futbolchi quyidagicha javob bergandi: - Hech kim menga “Paxtakor”ga o'tayotganimda asosiy tarkibda o'ynaysan, demagan. O'zim bu narsani bilib, yani zaxirada o'tirib qolishim mumkin yoki asosiy tarkibda o'ynashim mumkinligini bilib kelganman. Murabbiylar menga ham imkoniyat berishsa, Xudo xohlasa hammasi yaxshi bo'ladi.

Kuchli darvozabonlarning ko'payishi albatta terma jamoamiz foydasiga ishlaydi. Suyunov aytganidek raqobat bor bo'lgan joyda o'sish va rivojlanish bo'ladi.

Narzulla Saydullaev

Reyting: +45   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика