So’nggi yangiliklar

22:15“Барселона” ва “Ювентус” “Борнмут” футболчисига қизиқмоқда  0 21:48"Арсенал" ҳимоячиси Салиба: "Мен АПЛни яхши кўраман, лекин асосий мақсадим — Чемпионлар лигаси"  0 21:21Флик Рэшфорд бўйича қарор қабул қилди  0 20:55“Манчестер Юнайтед” “Атлетико” ярим ҳимоячисини нишонга олди  0 20:24“Манчестер Сити” футболчиси январда клубни тарк этиши мумкин  3 19:54Футбол юлдузлари Рождество байрамини қандай нишонламоқда?  3 19:20Ҳатто Польша Биринчи лигаси вакили ҳам Балотелли билан шартнома имзолашни хоҳламади  4 18:49Ямаль: "Мен тун ярмида уйғониб, печенье ейиш учун эртароқ ухлайман"  7 18:20ПСЖ "Реал" асосий футболчисига фойдали шартнома таклиф қилишга тайёр  1 17:51"Челси"нинг икки футболчиси сафга қайтди ва "Астон Вилла"га қарши ўйинга тайёр  1 17:22"Манчестер Юнайтед" Семеньо бўйича муваффақиятсизликдан кейин "Лейпциг" юлдузига кўз тикди  3 16:54"Атлетико" Сёрлотни 35-40 млн евро эвазига сотишга тайёр  0 16:26"Андижон"га яна бир тажрибали футболчи келмоқда  23 15:59Расман: Драган Черан — "Андижон" футболчиси!  35 15:40Марокаш Африка Миллатлари Кубогида 1,2 млрд долларгача даромад олиши мумкин  0

Vlado Radmanovich: "Bir ochko ham yaxshi natija, falokat yasash kerak emas" Yangiliklar

Vlado Radmanovich: "Bir ochko ham yaxshi natija, falokat yasash kerak emas"

JCH-2026 saralashi doirasida Eronga qarshi o'yindan keyingi matbuot anjumanida Vlado Radmanovich hamda uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi Eldor SHomurodov ishtirok etdi.

"O'yinga to'xtaladigan bo'lsak, qiyin bahs bo'ldi. Eron terma jamoasi Osiyodagi eng kuchlilardan biri. Bugun 50/50 o'yin bo'ldi. Masharipovda ajoyib imkoniyat bo'lgandi, raqibda ham bitta xavfli vaziyat bo'ldi. Bunday o'yinlarda ko'p imkoniyatlar bo'lavermaydi. Barcha muxlislar va OAV vakillariga rahmat aytaman. Biz yana bir o'yindan o'tib oldik. Oldinda yana 7ta bahs kutib turibdi. BAAga qarshi kechadigan o'yinda ham muxlislardan shunday muxlislik qilishni iltimos qilardim", - deya fikr bildirdi Vlado Radmanovich

"Umuman olganda yomon o'yin o'tkazmadik. O'yinning so'nggi 10 daqiqasida biroz charchab qoldik xolos. Ikki ochko yo'qotganimiz to'g'ri. Muhimi guruhda birinchi o'rinda qoldik. Bir ochkoni qadrsizlantirmasligimiz kerak. Falokat yasashga hojat yo'q. Keyingi uchrashuvda 3 ochkoni qo'lga kiritamiz degan umiddaman. Eng muhimi mundialga yo'l olish va ushbu vazifani bajarishda har bir uchrashuvda ochkoni qo'lga kiritish", - dedi Eldor SHomurodov.

- Eron terma jamoasi bosh murabbiyi hakamlikdan rosa nolidi va aslida Eron terma jamoasi foydasiga ikkita penalti belgilanishi kerakligini aytdi. Bugungi hakamlikka baho berib o'tsangiz?

- Hakamlarning ishini muhokama qilmayman. Bosh murabbiy Srechko Katanec ham bunday qilmagan bo'lardi.

- Srechko Katanec bilan o'yin davomida aloqada bo'ldingizlarmi? Janob Katanec bugungi o'yin haqida qanday fikrlar bildirdi?

- Biz bosh murabbiy bilan har doim aloqadamiz, ammo bosh murabbiy qachon safga qaytishidan xabarim yo'q. Hozir texnologiyalar rivojlangan va o'zaro aloqa qilish muammo emas, lekin bunday aloqa turi zaxira o'rindig'ida o'tiradigan Katanec bilan tenglasha olmaydi. Murabbiy jamoa bilan birga bo'lgani yaxshiroq.

- Zaxira o'rindig'imizda maydonga tushib o'yinni kuchaytira oladigan futbolchilarimiz yo'qmi yoki biz Erondan qo'rqib o'ynadikmi?

- Men bu haqda avvallari ham aytib o'tgandim. Futbolchi terma jamoa safida o'sishga erishi qiyin masala, sababi etarlicha vaqt yo'q. Barcha futbolchilar o'z klublarida o'yinini yaxshilab olishi kerak. Terma jamoada vaqt yo'q. Bu barcha terma jamoalarning muammosi. Biz faqatgina taktika va ruhiyatni yaxshilashga intilamiz.

- Biz 41 daqiqa davomida bir kishi ko'p bo'lib o'ynadik, biroq shu vaqt davomida raqib darvozasiga birorta aniq zarba bermadik. Bunga nima sabab bo'ldi? Hujumlarimiz ham faqatgina qanotdan SHomurodovga berilgan krosslar bo'ldi xolos. Maydon markazini ham boy berdik. O'yin davomida taktikani o'zgartirishga faqatgina Katanec kerakmi? Ayni vaqtda bosh murabbiy bunday qarorlar qabul qila olmaydimi? Bunday o'zgarishlarga faqatgina Katanec qo'l ura oladimi?

- Fikringizga qo'shilaman. Biz xatolarga yo'l qo'ydik. Keyingi bahslarda ushbu xatolarni takrorlamaslikka harakat qilamiz.

- So'nggi vaqtlarda Eron terma jamoasi kuchaydimi yoki O'zbekiston terma jamoasida pasayish kuzatildimi?

Eldor SHomurodov: - Eronga qarshi o'yinlar hech qachon oson bo'lmagan. Bunday jamoaga qarshi o'ynash oson emas. Ikki jamoada ham o'zgarish bo'lgani yo'q deb o'ylayman. Bugun yomon o'ynamadik.

- Bugungi uchrashuv oldidan barcha futbolchilarning kayfiyati alo edi. O'yindan so'ng esa, siz va Jaloliddin Masharipov biroz vaqt maydonda qolib, o'ylanib o'tirdingizlar. Bugun terma jamoamiz o'zining necha foiz imkoniyatlarini namoyish etdi deb o'ylaysiz?

Eldor SHomurodov: - Ha, biz biroz afsuslandik. Bugun g'alaba qozonish uchun ajoyib imkoniyat bor edi. O'yin so'ngida biroz charchab qoldik. Bularning barchasi emociya edi. Oldinda hali 7ta uchrashuv bor. Bugungi o'yindan falokat yasash kerak emas. Bu final yoki pley-off bosqichi emas. Hali oldinda bahslar bor. Muhimi, biz birinchi o'rinda qoldik. Afsuslanib o'tirishga vaqt yo'q.

- Ustunlik bugun bizda edi. Ustiga ustak Eron ham qizil kartochka oldi. Vaziyatdan foydalanib qolish va xavfga qo'l urishga nima xalal berdi? Bizda "B" plan yo'qmidi? Jahon chempionatiga "risk" qilmasdan chiqmoqchimizmi?

- Taktika haqida bu erda gapirish noto'g'ri. Bizning asosiy futbolchilarimizdan biri Oston O'runovning jarohati bor edi. Oston avvaliga maydonga tusha olishi, ammo o'yin starti yaqinlashib qolganida u tayyor emasligi va oyog'i og'riyotganini aytdi. Bunday hujumkor o'yinchilar bizda ko'p emas. Bor imkoniyatlarimizdan maksimal foydalanishga harakat qildik. Biz maydon markazi va himoya markazida o'zgarishlar qilishimiz mumkin edi, ammo bugungi uchrashuvga tayyorlagan rejamiz yaxshi ish bermadi.

- Eldor siz jamoa sardorisiz. O'yin davomida jarohat oldingiz, lekin o'ynashda davom etdingiz. Siz guyo maydondagi murabbiysiz. Bugun Ashurmatov ham jarohat oldi, yaxshi o'ynab turgan Fayzullaev jarohati bor va o'yinga tayyor bo'lmagan O'runovga almashtirildi. Maydondagi vaziyatdan kelib chiqib murabbiylarga ushbu holatni aytsangiz bo'ladimi? Masalan, tarkibimizda Bobir Abdiholiqov kabi hujumchi yoki Ashurmatov o'rniga boshqa himoyachilar bor edi. Aynan shu sabab biz so'nggi daqiqalarda kuchsizlanib qoldik. O'zgarishlarga qo'l urganimizda, bugun yutib ketishimiz aniq edi. SHunday vaqtlarda siz murabbiylar bilan gaplashib olishingiz kerak emasmi? Bu jamoa uchun foydaliroq bo'lardi.

Eldor SHomurodov: - Agar o'yin vaqtida qaysidir futbolchi menga charchab qolgani haqida aytsa, men murabbiyga ushbu gaplarni etkazishim mumkin, ammo o'zimdan o'zim futbolchilarni almashtiring demayman. Bunday qilish noto'g'ri. Murabbiy o'z ishini qiladi. Futbolchi esa futbolni o'ynaydi. Bosh murabbiyimiz bilan bu masalada ko'p gaplashamiz, ammo janob Katanec hozir biz bilan emas. Biz har doim o'zaro fikr almashamiz, men o'zim murabbiyga bunday o'zgarish qiling deya olmayman.

Reyting: -13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика