So’nggi yangiliklar

14:23"Эвертон" "Саутгемптон" ҳужумчисини 50 млн евро эвазига сотиб олди  0 13:55"Фенербахче", "Ризеспор" академиялари қатнашган халқаро турнирда "Бунёдкор-2011" бош совринга эга чиқди, иккинчи ўрин "Пахтакор-2011"га насиб қилди  0 13:35Факт. "Сўғдиёна" ўз тарихида учинчи маротаба Ўзбекистон Кубоги ярим финалига чиқди   1 13:1516 ёшли Рио "Ливерпуль" тарихига кирди   1 12:55Факт. "Навбаҳор" 8 йилдан сўнг дарвозасидан 4 та гол ўтказди  3 11:46"Сўғдиёна" мураббийи: "Бу йилги мақсадимиз - Ўзбекистон Кубоги"  4 11:21Факт. "Сўғдиёна" Ўзбекистон Кубогида 20 йилдан сўнг "Навбаҳор"ни ютди  4 10:50"Реал" футболчиси Лига 1 чемпионатига кўчиб ўтиши мумкин  0 10:33Пролига. Бугун 13-тур якунланади  0 10:05ПСЖ Доннаруммага нарх белгилади  7 09:40МЮнинг яна бир иқтидор соҳиби ёзда жамоани тарк этмоқчи  3 09:17Анчелотти нима сабабдан Неймарни термага чақирмаганига изоҳ берди  0 08:51Суперкубок. Бугун финал  1 08:26Родриго келажаги борасида бир қарорга келди  0 08:00Ўзбекистон кубоги. Бугун яна бир ярим финалчи аниқланади  8

Katanec nega himoyachi o'rniga yarim himoyachi, yarim himoyachi o'rniga esa himoyachini chaqiradi? Yangiliklar

Katanec nega himoyachi o'rniga yarim himoyachi, yarim himoyachi o'rniga esa himoyachini chaqiradi?

Bugun Rustam Ashurmatov o'rniga Diyor Xolmatov terma jamoaga chaqiruv olgani haqida xabar chiqdi.

Srechko Katanec nega Bo'riev o'rniga himoyachi Hamralievni chaqiradi? Katanec nega Ashurmatov o'rniga yarim himoyachi Xolmatovni chaqiradi? Sababi murabbiy faqat o'z g'oyalarini singdira olgan, yani bir necha bor terma jamoa yig'inlariga chaqirilgan futbolchilar bilan ishlashni yaxshi ko'radi. Markaziy himoyachi Ashurmatov o'rniga aytaylik G'olib G'aybullaev yoki SHahzod Azmiddinov chaqirilishi mumkin edi, ammo Xolmatov Katanec g'oyalarini yaxshiroq biladi. Murabbiy uchun bu eng muhimi.

Masalan, bu mavsum faoliyatidagi eng yaxshi mavsumni o'tkazayotgan Anvar Hojimirzaevni terma jamoaga chaqiruv olishini kutmang. CHunki Katanec u bilan birga ishlamagan va mavsumda 20ta gol ursa ham chaqiruv olmasa kerak deb o'ylayman. Hojimirzaevdan ko'ra, agar terma jamoada kimdir jarohat olsa Aziz Amonovning chaqirilishi haqiqatga yaqinroq. CHunki Katanec Amonov bilan birga ishlagan va uning imkoniyatlarini yaxshi biladi. Aynan shu bois terma jamoamiz etakchilari klubsiz bo'lganida ham doimiy ravishda terma jamoaga chaqiruv olaverishgan.

Bu Katanecni tanqid qilish emas. SHunchaki o'quvchilarga tushuntirish xolos. SHaxsan men uchun terma jamoamiz Jahon chempionatiga chiqsa bo'ldi, qolgani bekor.


Narzulla Saydullaev

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика