"Meni darvozabon sifatida muhokama qilishlarini xohlayman" - SHensni
11 okt 2024 12:47
Yangiliklar
"Meni darvozabon sifatida muhokama qilishlarini xohlayman" - SHensni
- Muxlislar sizning tamaki chekishingiz haqida gapirishadi. Sigareta chekadigan bir necha futbolchi bor – masalan, Buffon, Yoxan Kroyff. Bu haqda nima deya olasiz?
- Mutlaqo hech narsa. SHaxsiy hayotimda o'zgarmaydigan narsalar bor, chekamanmi yoki chekmaymanmi, bu bilan hech kimning ishi bo'lmasligi kerak. Bu menga tasir qilmaydi, menimcha, maydonda ikki baravar ko'proq mehnat qilaman. Qolaversa, men buni bolalar oldida qilib, yomon o'rnak ham bo'lmayman.
Bazida kimdir daraxtlar orqasiga yashirinib, suratga oladi. Bu menga bog'liq emas. Men buni yashirishga va boshqalarga ko'rsatmaslikka harakat qilaman. Ammo kimdir shaxsiy hayotimda odatlarimni o'zgartiraman deb o'ylasa, yana bir marta o'ylab ko'rsin, chunki men o'zgarmayman.
Men butun umrim davomida shunday bo'lganman. Meni darvozabon sifatida baholashlarini xohlayman va hech kimni qiziqtirmaydigan voqealarni izlamasliklarini istayman.
Avvalroq OAVda polshalik darvozabon stressni yo'qotish uchun chekishi haqida xabarlar tarqalgandi. SHensni 2015 yil "Arsenal"dagi davrida kiyim almashtirish xonasida chekish uchun katta miqdorda jarimaga tortilgan.
34 yoshli darvozabon 2 oktyabr kuni "Barselona" bilan 2025 yilning 30 iyunigacha amal qiladigan shartnoma imzolagan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar