Kimmix: "O'yinlar kamaysa, jarohatlar ham kamayadi deb o'ylamayman"
11 okt 2024 14:10
Yangiliklar
Kimmix: "O'yinlar kamaysa, jarohatlar ham kamayadi deb o'ylamayman"
So'nggi paytlarda ko'plab futbolchilar va murabbiylar UEFA va FIFAni o'yinlar taqvimi zichligi uchun tanqid qilmoqda.
Ayniqsa, "Real" va "Manchester Siti" vakillarining tanqidlari juda ko'p. Biroq "Bavariya" yarim himoyachisi Joshua Kimmix buning aksini bildirdi.
"Men aytgan so'zlarim uchun mashhur bo'lib qolmasligim mumkin, lekin menga ko'p o'yin o'tkazish yoqadi. Futbolda jarohatlar doim bo'lgan va bundayn keyin ham bo'laveradi. Jamoa tarkibi kengayib bormoqda va bu o'yinchilarni tez-tez almashtirib turish imkonini beradi. Ishonchim komilki, o'yinlar kamaysa, jarohatlar ham kamayib qolmaydi. Aksariyat jiddiy jarohatlar ko'pincha tasodifan sodir bo'ladi", – dedi Kimmix.
Eslatib o'tamiz, o'tgan dam olish kunlari "Real"ning o'ng qanot himoyachisi Dani Karvaxal jiddiy jarohat oldi, shu sababli u bu mavsumda boshqa maydonga tushmaydi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. Учта голи ҳисобланмаган "Челси" 10 киши қолган "Барселона"ни йирик ҳисобда мағлубиятга учратди
ОЧЛ-2. "Андижон" кетма-кет бешинчи учрашувда дуранг ўйнади ва гуруҳдан чиқиш имкониятини сақлаб қолди
Морган Роналдунинг шартли дисквалификацияси ҳақида: "Тўғри қарор. Криштиануни атайлаб кийимидан тортишган"
"Насаф"нинг икки етакчиси "Пахтакор"га ўтади
Fikrlar