So’nggi yangiliklar

13:48Токотаев "Локомотив"да тиббий кўрикдан ўтолмади  1 13:25"Манчестер Юнайтед" янги мураббий бўйича қарорни кечиктирди  1 12:57"Фенербахче" Гендузини сотиб олди  0 12:30Кемалар шайланмоқда. Қайиқлар-чи?  1 12:00Бугунги ўйинлар: “Боруссия Д” сафарда, футзалда қизиқарли баҳслар ва бошқалар  0 11:38"Милан" Меньянга клуб тарихидаги энг юқори маошни таклиф қилди  4 11:10Ўтган мавсум "Нефтчи" билан чемпион бўлган футболчи фаолиятини Тошкент жамоасида давом эттиради  0 10:47Пўлатхўжа Холдорхонов: “Худо хоҳласа, “Андижон”га ҳам чемпионликни ният қилиб келдим”  4 10:20"Реал" етакчиси финалда ўйнаши мумкин  3 09:52"Мураббийлар қотили" - Маттейс де Лигт  6 09:24Алонсо "Реал Мадрид"нинг Испания Суперкубоги финалига чиққанига муносабат билдирди  5 08:55Хебайнинг янги жамоаси деярли аниқ  16 08:28Роналду кечаги мағлубиятдан сўнг ўз фикрини билдириб ўтди  20 08:00Шота Арвеладзенинг жияни Суперлига жамоасида кўрикдан ўтмоқда  4 07:25АПЛ. Марказий учрашувда дуранг қайд этилди  7

Serdar Azmun: "O'zbekiston terma jamoasi so'nggi marotaba bizga jiddiy muammo tug'dirganiga 12 yil vaqt bo'ldi" Yangiliklar

Serdar Azmun: "O'zbekiston terma jamoasi so'nggi marotaba bizga jiddiy muammo tug'dirganiga 12 yil vaqt bo'ldi"

Eron terma jamoasi hujumchisi Serdar Azmun O'zbekiston bilan bahs oldidan qiziq fikrlarni ilgari surdi.

Uning fikricha, O'zbekiston oxirgi marta Eronga 2012 yilda jiddiy xavf solgan.

Malumot uchun, O'zbekiston Eronni 12 yil oldin JCH saralashi doirasida "Ozodi" stadionida Ulug'bek Bakaevning goli evaziga mag'lub etgan. SHundan so'ng milliy terma Eron bilan 9 marta ro'baro' kelgan va  2 ta durang, 7 ta mag'lubiyat qayd etgan.

"Ertangi o'yin qanchalik qiyin ekanligini bilamiz. Uch ochko juda katta ahamiyatga ega va biz O'zbekistonga qarshi qanday o'ynashni bilamiz. O'zimizning eng yaxshi o'yinimizni namoyish etishga harakat qilamiz", – deya aytib o'tdi Serdar Azmun.



O'zbekiston va Eron o'rtasidagi uchrashuvlar har doim juda tomoshabop bo'lib kelgan. Ertangi o'yin oldidan ham O'zbekiston futbolchilari Eron terma jamoasi haqida iliq fikrlar bildirishdi...

- Ikki jamoa o'rtasidagi suhbatlarni yoqtiraman. Biz har doim raqibni hurmat qilamiz. Bizning madaniyatimiz shunday, lekin O'zbekiston terma jamoasi so'nggi marotaba bizga jiddiy muammo tug'dirganiga 12 yil vaqt bo'ldi. Biz ertaga uch ochkoni qo'lga kiritishni maqsad qilganmiz.


Eslatib o'tamiz, JCH 3-saralash bosqichi 3-turidan o'rin olgan O'zbekiston – Eron to'qnashuvi ertaga "Bunyodkor" stadionida o'tkaziladi. Uchrashuv 19:00 da start oladi.

Reyting: -32   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика