A Seriyaning sentyabrdagi eng yaxshi futbolchisi aniqlandi
11 okt 2024 12:01
Yangiliklar
A Seriyaning sentyabrdagi eng yaxshi futbolchisi aniqlandi
"Napoli" vingeri Xvicha Kvaracxeliya oy yakuniga ko'ra Italiya chempionatining eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Gruziyalik futbolchi muxlislar orasida o'tkazilgan so'rovnomada "Inter" himoyachisi Federiko Dimarko, "Yuventus" himoyachisi Bremer, "Milan" vingeri Kristian Pulishich, "Bolonya" hujumchisi Santyago Kastro va "Komo" forvardi Patrik Kutroneni ortda qoldirdi.

Kvaracxeliya sentyabr oyida 4 ta o'yinda ikkita gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
"Napoli" vingeri 4-marta shunday sovrinni qo'lga kiritdi va Dibala bilan bu borada qo'shhokimlik qilmoqda.
Sovrin neapolliklarning 26 oktyabr kuni bo'lib o'tadigan A Seriya 9-turi doirasidagi "Lechche"ga qarshi uy o'yini oldidan topshiriladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Португалия ЖЧ йўлланмасини қўлга киритганидан сўнг Роналду қисқа фикр билдирди
Fikrlar