So’nggi yangiliklar

16:59"Локомотив" 4 клубдан пул талаб қилмоқда  0 16:42"Астон Вилла" - "Манчестер Сити". Таркиблар эълон қилинди  2 16:21Эшитдик-да! "Металлург"нинг Суперлигадаги ўрнини "Олимпик" эгаллайди  7 16:06"Металлург" янги мавсумни Суперлигада ўтказмайди  5 15:43"Бунёдкор" 2025 йилги мавсумни ўз стадионида бошлайдими?  0 15:30Суперлига. Жамоаларда амалга ошаётган трансферлар барчаси битта саҳифада   24 15:12"Барселона" "Бавария" юлдузини ўз сафига қўшиб олмоқчи  2 14:59Погбанинг "Сити"га ўтиши ростми?  3 14:30Клублар қишки трансфер ойнасига тайёрланишмоқда  1 13:58Раҳмат сенга, "Энергетик-БГУ"  5 13:26РФИ бош котиби: "Кўпчилик Россиянинг қайтишига рози"  4 13:15Шаҳбоз Жўрабеков: "Жароҳатлар сабаб "Бунёдкор"да тўлиқ ўзимни кўрсата олмадим, 2025 йилдан эса умидим катта"  3 12:41Сане ўз келажагини қаерда кўряпти?  3 12:37"Барселона" афсоналари "Реал"ни йирик ҳисобда мағлуб этди. Вильяда хет-трик, Оуэнда дубль  29 12:25ПСЖ Осимхен билан боғланди ва уни ижарага олиши мумкин, аммо...  1

Durangdan qoniqmadim Yangiliklar

Durangdan qoniqmadim

Kecha O'zbekiston milliy terma jamoasi JCH saralash bahsida Eronga qarshi maydonga tushib 0:0 hisobida durang qayd etdi.

Bir ochko qo'lga kiritilgani va guruhda peshqadamlikni saqlab qolganimiz bir tomondan yaxshi bo'ldi, bu borada muammo yo'q. Lekin o'yinning ahamiyati, etibor yuqoriligi va stadionni to'ldirib o'tirgan muxlislar haqqi-hurmati yutishimiz shart edi.

Kechagi o'yinni muxlis sifatida ishqibozlar qatorida kuzatdim. To'rt yil birga o'qigan kursdoshim bilan maza qilib futbol ko'raylik degan manoda stadionga bordik. Darvozadan kirishning o'zi dahshat. Tumonat odam. Qo'lida chiptasi bori ham, yo'g'i ham shu erda. Bir amallab chiptada ko'rsatilgan sektorga kirib oldim. Tepa qatorda o'tirishimiz kerak edi, yuqoriga chiqishning o'zi oson bo'lmadi, odamlar hatto zinaga o'tirib olgan. O'tishga joy yo'q.




Stadiondagi muhit zo'r bo'ldi. Baribir futbolni muxlislar orasida ko'rish boshqacha. Bu haqiqiy adrenalin. Lekin terma jamoamiz o'yinni qanday tempda boshlagan bo'lsa, shu tempda tugatdi. Baland notani deyarli ko'rmadik. Qo'shiqda eng zo'r joyi avji bo'ladi. Avjini zo'r aytgan xonanda haqiqiy sanatkor bo'ladi. Ammo kechagi o'yinning avji ko'rinmadi. Futbolda ham avj, baland-past notalar bor. Avjini baralla muxlislarga ko'rsatib bera oladigan mohir o'yinchilar bor. Ronaldu futbol avjini mahorat bilan namoyish etib kelayotgani uchun ham dunyo hurmat qiladi, hamma tan beradi. Bizda kecha avjini boplaydigan mohir ijrochi ko'rinmadi.

SHunday tasavvur paydo bo'ldiki, jamoamiz yutish uchun emas, balki yutqazib qo'ymaslik ilinjida harakat qildi. Hujumda bir gap bo'lar, lekin orqani nolga ushlash kerak. Bor shunday usul futbolda. Odatda kuchli jamoalarga qarshi qo'llaniladi. Lekin kechagi Eron juda bir vahimali jamoa emasdi. Mahorat bobida bizdan yaqqol ustunligini masalan men ko'rmadim. Ular qo'rqmagani uchun bir ochkoli bo'ldi, biz esa haddan tashqari ehtiyotkorlikka berilganimiz bois yuta olmadik. O'yinimizda kreativlik ko'rinmadi, robotlashgan futbol tomosha qildik.




Tanaffusda suv olib kelish uchun tashqariga chiqdim. Suvga navbat dahshat. Toki navbatim kelguncha ikkinchi taym boshlanib bo'lib, Eron futbolchisi hatto qizil kartochka olishga ulguribdi. To'g'risi, ular bir kishi kam o'ynayotganini boshida sezmadim. Kursdoshim aytib qoldi: ular bittaga kamaydi, endi yutamiz. Qarasam raqib o'nta bo'lib o'ynayapti. Lekin bilmagan odamga Eronning kamligi sezilmadi. SHundayam ularning jamoasi bamaylixotir harakat qildi, agar penalti belgilanganida balki yutib ham ketardi.

Kechagi bahsda darvozabonimiz zo'r harakat qildi, himoyachilarga ham gap yo'q. SHaxsiy fikrim, uchrashuvning "Eng yaxshi futbolchisi" Abduqodir Husanov bo'ldi, lekin SHomurodovga berishdi. Ha, Eldor ham astoydil harakat qildi, biroq u hujumda yolg'izlanib qoldi. Etibor bering, 40 daqiqa raqibdan bir kishi ko'p o'ynab, hujumkorlikni oshirmadik. Bu endi murabbiylarga beriladigan savol. Balki Katanecning o'zi bo'lganida ikkinchi hujumchini tushirgan bo'larmidi.




Raqib bitta kam bo'lib qolganidan keyin hadeb orqani o'ylamasdan hujumga etibor qaratgan yaxshimasmi? Jahon futbolida ko'ryapmiz, ko'p jamoalar ikkinchi, hatto uchinchi hujumchini maydonga tushirib yutishga harakat qilyapti. Men Eron bizdan kuchli edi deb o'ylamayman, ularda bor legionerlar bizda ham bor. Ularning hujumchisi "Inter"da, bizning o'yinchimiz "Roma"da. Xo'sh nima qipti? Oldin Eron terma jamoasida rostan kuchli futbolchilar bo'lardi, lekin hozirgilar juda bir vahimali emas.

SHundan kelib chiqib hech bo'lmasa oxirgi 15 daqiqa hujumga zo'r berib, nimadir qilsak bo'lardi. Masalan, zaxiramizda Jamshid Iskanderov bilan Hojimat Erkinovdek kreativ o'yinchilar bo'lishiga qaramasdan, ulardan foydalanilmaganini sira tushunmayapman. To'g'ri, maqsadimiz jahon chempionatiga chiqish, guruhda 1-2 o'rindan pastga tushmaslik, lekin hadeb ehtiyotkorlikni o'ylayvermay futbol ham o'ynash kerak-da. Kuchlilarni yutishni o'ylashimiz kerak. Stadion to'lgan bo'lsa, shuncha muxlis qo'llab turibdi, murabbiylarga ham hayronsan, sal bo'lsayam o'yinni kuchaytir, biz ham bir yutaylik. Unutmang, doim ehtiyotkor bo'lish qachondir pand berib qo'yishi mumkin. Kreativ futbol esa ham futbolchilarni kuchli qiladi, ham tomoshaboplik ortadi, ham raqibni bizdan qo'rqishga majbur qiladi.

X.Xoliqov

Reyting: +16   

Fikrlar

+9   
11 okt 12:30:54
Nodir Davronov
futbol korelikmish xuddi doim JCH ciqib yurgandek bzga 1chi orinda natija kordik zor xujumkor muxlisbob abramovni termasini natija bor tinc qoyila mirabbiyni
+8   
11 okt 17:15:04
Supper Liga
San Ca ni jurnalistlari (ko't ko'vlovchilari) qisib ishilarni qilish. San bilan kimi nima ishi bor qoniqasanmi qoniqmaysanmi, bu sani shaxsiy fikring. Saytda maqola qilish shart emas. Qachon bu muxlislaga biror murabbiy natija qilib yoqishni boshlasa tamom. Katta saxnada kotida ishtoni yo'q, qalami o'tkir jurnalistlarimiz !
+8   
11 okt 12:34:51
Tulkin Alimov
Ҳозирча биринчи ўриндамиз, шундай экан Катанецга ҳеч қандай эътироз билдиролмаймиз.
+7   
11 okt 17:12:51
TFT
Катанец булганида хеч булмаса 1:0 га ютардик.
+7   
11 okt 12:59:54
Vatandoshingiz
Сон устунлиги хоккейда булади бу фудбол
+6   
11 okt 14:30:26
Odilbek Abdushukurov
Ahmoq jurnalistlar doim buzgan termani o‘yinini. Abramov kelib, o‘yini o‘xshamasa, o‘rniga Qosimov deyishardi. Shkvirinni o‘rniga uni, falonchini o‘rniga Kapadze... Shunaqa qilib doim atala qilib kelishgan chala jurnalistlar.
+6   
11 okt 14:26:04
El-Uzbek
Stadionda muddati o‘tkan ichimliklar sotishayapdi.Qaysi halqqa nisbatan qasdi bor insonlar qilayapdi buni. Buni so‘raydigan odamlar bormi? BAA bn o‘yinga ataylab tekshirib ko‘rila
+5   
11 okt 18:27:56
******
Xayrulla iltimos natija bor paytda mana shunday zakaznoy yozmay turinglar
Muxlislar uchun dedizmi o‘yinga tushgan bolsa mayli Stadion tolgani mayli Lekin tan olaylik kecha fan clubam muxlislar xam Saudiya muxlislaridek muxlislik qilmadi saudlar 90 minut tinmay qo‘shiq aytib qollab quvvatladi Saudiya 2yu 0ga yutqazdi lekin muxlislar nolimay qollab quvvatladi Saudiya xozir 4chi o‘rinda biz esa 1damiz 1da
+5   
11 okt 14:22:38
Odilbek Abdushukurov
X.Holiqov qoniqishga majbursiz. Jamoangizni kuchi Eronni yutishga yetmaydi. Qozonda bori cho‘michga chiqadi. Ko‘pam siqilavermanglar. Qaytanga oxirigach qo‘llab quvvatlanglar. Siz jurnalistlar baribir futbolni murabbiylar kabi tushunmaysiz.
+5   
11 okt 13:30:21
Mavlon Raimov
Nima kerak o‘zi senlarga? Nima yoqadi? 1-o‘rinda bo‘sak. Normalni oynayapti yu. Chiroyli o‘yinam natija bilan chiroyli, natija bo‘masa n..uy kerak. Shuncha yildan beri ko‘rdik chiroyli o‘yinni. Hozir ham yomon o‘ynayotgan yo‘q. Jalol urolmagan vaziyatda Katanesni nima aybi borakan? Eron qizil olishiga va mana shunday g‘alabaga yaqin kelishimizga Katanesni ham saal bo‘sayam xissasi bordir? Bizda har doim murabbiy aybdor, futbolchilarimiz oppoq. Nima deyotganlaringni o‘zlaring ham tushunmayapsilar. Qisib turinglar, Katanes O‘zbekistonga kemay, o‘shayoqdan bolnisadan turib boshqarsin, ob chiqsin o‘sha JCHga bo‘ldi. Qogani bekorchi gaplar.
+5   
11 okt 12:58:52
Jamshid Mirzayev
Yordamchi murabbiylarda jur'at yetishmadi Jalolni o‘rniga Xojimatni tushirish kerak edi. Katanetsni o‘zi bo‘lganida kecha yutgan bo‘lardik.
+5   
11 okt 12:38:57
Пахтакорим
2чи таймда Алижонов тушгандан кейин хужумларимиз кўпайди, шуни хисобига эронликлар қизил олди, ана гол бўлади мана гол бўлади деб турилганда -Аббосни ўрнига Остон тушди. Травмаси халақит бердими ёки ўйини қовушмадими Ўрунов биронта хавли вазият қилмади.
+4   
11 okt 17:11:06
Uzbarsenal
Na sayte bavariya foydalanuvchining fikriga javob berish
Balkim nima busayam omad. lekin termada uyin sifati ancha pasaygan yana bilmadim oldingi siklda babi xozirgiga nisbatan qiyin edi chiqiw tan olin karea yaponyami busa grupamizda wu extiyotkorli uyin bilan chiqalardi dip uylesmi???kupchili uyindan noliyapti xolos bundan yaxwi uynatsa buladi bu balardi diyapti etiroz wu xamada.qani kureli anu kut katar digan termadan nima qilib busayam achko oliw kere osiyoni erkatoy termasidan wundan xavotr bor xolos)))
Айтяпманку ўйин менгаям унчалик ёқмаяпти лекин натижа учун бунга кўз юмишга мажбурман. Кеча шу химоявий ўйинимиз билан хам ютқазишимизга бир баҳя қолди, энди фараз қилинг хужумга берилиб кетганимизда Эронни қарши хужумларини тўхтата олармидик???
+4   
11 okt 15:59:35
Uzbarsenal
Футбол мавзусида ёзадиган журналист учун бу фикрлар жуда саёз. Олдинлари кучли креатив чиройли футбол кўрсатиб ютқазиб қўяверардик, ҳусусан Эронга хам. Ҳўш нима қилибди кеча ютқазмасликни ўйлаб тактика тузилган бўлса ахир кўрпага қараб оёқ узатиш керак. Кеча шу ҳолидаям Эрон бизни ютиб кетиши мумкин эди, пенальти бериб юборсаям бўладиган вазият эди. Ҳозир чиройли футболни эмас натижани ўйлайдиган пайт. Чиройли ўйнаб 30 йилдан бери ЖЧ га чиқа олмаяпмиз аҳир. Мураббийларни тинч қўйинглар, жуда танқид қилмоқчи бўлсанглар сал аналитикани кучйтиринглар ўртоқ «журналист»лар. Хафа бўлмангу мақолангиз 1-2 йилда бир футбол кўрадиган одамни гапларига ўҳшайди.
+4   
11 okt 12:57:38
Ифтихорим
Ман коникдим ва хурсандман кейнги турда эрон уни узбе буни ютса иккалови чикади жч га ИншаАллох зур кетвосила йигитлар бушашманглар
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика