So’nggi yangiliklar

21:01ПФЛ Бергер тизимини бекор қилса, янги тақвимда тарихий омиллар ҳисобга олинадими?  0 20:51Моуринью мураббий сифатида ўсишига ёрдам берган футболчи ҳақида гапирди  1 20:25Мбаппе Доннарумманинг ПСЖдаги ҳолати ҳақида: "Бу оғир ва адолатсиз давр"  0 19:58Про лига. "Арал" "Олимпик-MobiUz" билан ўйинда ирода кўрсатди  3 19:36​"Челси" Стерлинг бўйича таклифларни кўриб чиқади  2 19:08"Ал Насср" бир киши кам бўлиб, "Ал Иттиҳод"ни мағлуб этди ва Саудия Арабистони Суперкубоги финалига чиқди  12 18:44Breaking! "Истанбул Башакшеҳир" Аббос Файзуллаев трансфери учун пул тўлади  12 18:33Легионер мураббий ва ҳужумчи, "Динамо" посбони, чиройли гол урган ҳимоячи — Суперлигада 19-турнинг энг яхшилари   5 18:19Суперлига 19-тур рамзий терма жамоаси  1 17:58Каррагернинг фикрича, АПЛ янги мавсумида "Ливерпуль" чемпион бўлади. Невилл талқинида эса "Арсенал"...  1 17:22"Футбол олами". "Нефтчи" Наманганда ғолиб, Абрамов Қосимовдан устун келди, "Андижон"да яна мағлубият  0 16:29"Барселона" янги мавсум учун учинчи либосини тақдим этди  6 15:41"Интер" Онанани ортга қайтармоқчи  1 15:12Рэшфорд: "Барселона" ушбу мавсум треблни расмийлаштириши мумкин"  12 14:43"Челси" ҳужумчиси фаолиятини "Астон Вилла"да давом эттириши мумкин  0

Eldor Suyunov: “Paxtakor” olib borayotgan siyosat meni o'ziga qaratdi” Yangiliklar

Eldor Suyunov: “Paxtakor” olib borayotgan siyosat meni o'ziga qaratdi”

Bugun O'zbekiston milliy terma jamoasi darvozaboni Eldor Suyunov Toshkentning “Paxtakor” klubi bilan shartnoma tuzdi.

Xabaringiz bor Suyunov Qarshining “Nasaf” jamoasi sharafini himoya qilgan. Endilikda tajribali posbon ikkinchi davrani “sherlar” tarkibida davom ettiradi. SHu munosabat bilan biz “Paxtakor”ning yangi darvozabonini suhbatga tortdik.

-  Bir necha soat oldin “Paxtakor” klubi bilan shartnoma imzoladingiz. Taassurotlaringiz haqida gapirsangiz.

-  Taassurotlar alo darajada. Bizda bunday taqdimot, tanishtiruv marosimlar bo'lmagandi. “Paxtakor” mana shu narsani, yani yangi futbolchilarni muxlislarga tanishtirishni yo'lga qo'ydi. Bundan juda ham xursand bo'ldim. Nasib qilsa, klub rahbariyatini va muxlislarni ishonchini oqlashga harakat qilamiz.


-  “Paxtakor” hamda milliy terma jamoamiz darvozasini Aleksandr Lobanov qo'riqlaydi. Siz ushbu raqobatda Lobanovni ortda qoldira olasizmi?

-  Buni vaqt ko'rsatadi. Raqobat bor joyda o'sish bo'ladi. Kim kuchli bo'lsa, o'sha asosiy tarkibda maydonga tushadi. Men o'zimga ishonmaganimda bu erga kelmasdim.

-  CHempionatning qoldirilgan 3-turida Toshkentning “Bunyodkor” klubi Qarshining “Nasaf” klubini qabul qildi. Ushbu uchrashuvda “Nasaf” tarkibida 3ta gol o'tkazib yubordingiz va jamoangiz bilan mag'lubiyatga uchradingiz. SHundan so'ng muxlislar o'tirgan sektorga borib ularga rahmat aytmoqchi bo'ldingiz. Ammo muxlislar sizni qo'pol qilib aytganda, haydab yubordi. Bunga qanday izoh bildirasiz?

-  Bu tabiiy hol. Jamoa mag'lubiyatga uchragandan so'ng muxlislar xafa bo'lishadi, asabi buziladi. Men muxlislarni to'g'ri tushunaman.

-  “Nasaf” tarkibida faoliyat yuritganingizda “men “Nasaf”dan ketmayman, faoliyatimni shu erda yakunlayman” deya fikr bildirgandingiz. Hozir esa “Paxtakor” bilan shartnoma imzoladingiz. Bunga qanday izoh berasiz?

-  “Paxtakor”ni olib borayotgan siyosati meni o'ziga qaratdi. Men Evropada o'ynashni istagandim. Ko'plab davlatlarda legionerlar limiti bo'lgani uchun, afsuski boshqa mamlakat chempionatiga bora olmadim. Bundan tashqari, u darajada jiddiy takliflar ham bo'lmadi. Aytishganku, “hech qachon, hech qachon dema” deb. Bu narsa yana bir karra o'z tasdig'ini topdi.

-  O'zingiz ham yaxshi bilasiz, Evropada darvozabonlarga talab yuqori. Misol uchun birinchi navbatda bo'yi baland bo'lishi kerak. Lekin bizda bo'yi baland darvozabonlar nisbatan kamroq, nazarimda. Bunga qanday fikr bildirasiz?

-  Hozirgi zamonaviy futbolda darvozabonlarning bo'yi baland bo'lgani yaxshi. CHunki bu butun dunyo futbolining talabi. Bizda bo'yi baland bo'lgan darvozabonlarning kamligini sababi, yoshligidan darvozabonlar o'zining bo'yiga nisbatan kuchi kam bo'ladi. Bo'yi pastrog'i esa uning aksi, yani, unga qaraganda kuchliroq bo'ladi. SHuning uchun ham bizning murabbiylar bo'yi nisbatan pasroq bo'lgan darvozabonlarga ko'proq ishonch bildiradi va asosiy tarkibdan joy ajratadi. Bo'yi uzun darvozabonlar esa o'zidan-o'zi yo'qolib qolishadi. Mana shu asosiy omillaridan biri.


-  O'zbekistonda alohida darvozabonlar akademiyasi yo'q. Bunday akademiyalarni Evropada uchratishimiz mumkin. Bizda ham darvozabonlar akademiyasi ochilishiga qanday qaraysiz?

-  Bu yaxshi g'oya. O'zbekistonda darvozabonlar akademiyasini ochish juda ham ajoyib fikr. Maydonda ko'proq yuguradigan futbolchilardan ko'ra, darvozabonlarning mashg'uloti va ruhiyati alohida bo'ladi. Darvozabonlarni tarbiyalab beradigan alohida akademiya bo'lishi kerak. CHunki bu isbotlangan. SHuning uchun ham bunday akademiya butun dunyoda bor. Agarda O'zbekistonda ham darvozabonlar akademiyasi ochiladigan bo'lsa, yaxshi posbonlarimiz safi yanada kengayadi.


Jahongir Sotvoldiev suhbatlashdi


Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика