So’nggi yangiliklar

19:00Италия яна ЖЧ саралашида омадсизликка дуч келди — олдинда ўтиш ўйинлари. Буёғига нима бўлади?   0 18:55Асрор Алиқулов: "Ўз майдонимиздаги охирги ўйинда мухлисларга ғалаба совға қилишни мақсад қилгандик"  0 18:39Globe Soccer Awards талқини бўйича йил мураббийи мукофотига даъвогарлар номи эълон қилинди  0 17:55Суперлига. "Шўртан" ўз уйида "Бухоро" билан дуранг ўйнади  4 17:44УЕФА "Барселона"га рухсат берди  2 17:27"Гулистон" қайтмоқда. Жамоа иккинчи лигада чемпион бўлди  1 17:24Максим Шацких: “Мухлисларнинг қўллаб-қувватловини доимо ҳис қилиб турдим. Барчага раҳмат”  6 17:12Италиялик мутахассис: "Миллий терма жамоадаги имконият учун Фабио Каннаваро ва ЎФАга миннатдорчилик билдираман"  2 16:54"Барселона" 2005 йил "Бернабеу"даги тарихий ғалабага бағишланган 4-комплект формасини тақдим этди  4 16:05"Globe Soccer Awards" йилнинг энг яхши футболчиси номига даъвогарлар эълон қилинди — олти карра совриндор Роналду рўйхатдан жой олмади  20 14:50Суперлига-2026. Учрашувлар интенсивлигини ошириш масаласида навбатдаги қадамлар  2 14:43ФОТОГАЛЕРЕЯ. U-17 Жаҳон чемпионати. Италия - Ўзбекистон (3:2)  0 14:34Суперлиганинг 29-турини ўтказиб юборадиган футболчилар  0 14:04"Қўқон-1912" жамоасига совриндор бўлиш вазифаси қўйилди  8 13:44Максим Шацкихга қирғиз клуби қизиқиш билдирмоқда  17

Eldor SHomurodov uchun qaysi variant qulayroq? Ilyos Zeytullaev fikrini aytdi Yangiliklar

Eldor SHomurodov uchun qaysi variant qulayroq? Ilyos Zeytullaev fikrini aytdi

O'zbekiston Kubogi chorak finali doirasida "Paxtakor"ga qarshi o'yindan keyin "Bunyodkor" ustozi Ilyos Zeytullaevning fikrlari bilan qiziqdik.

- Fikrimcha, o'yin jangovar o'tdi. Yaxshi texnikali futbolchilarimiz ko'p bo'lganligi sababli birinchi bo'limda to'pni ushlab tura oldik. Ikkinchi taymda ham yomon o'yin ko'rsatganimiz yo'q. Qarshimizda O'zbekistonning kuchli jamoalaridan biri - "Paxtakor" edi. shu sababli jangovar o'ynadik. Yigitlar uchun xafaman. Ular bu o'yinga o'zlarini bahsh qila olishdi. Hechqisi yo'q. Kubok varaqlarini yopamiz va chempionatga etiborni qaratamiz. 

- Mavsum boshidan buyon jamoangizda gol uradigan futbolchi topilmayapti. Bunday muammoni qay tariqa bartaraf qilmoqchisiz? SHunday futbolchi jalb qilsa bo'larmidi?

- Hammasi bosqichma-bosqich bo'ladi. Biz vaziyatlar yarata olyapmiz. Futbolda bunday holatlar bo'lib turadi deb o'ylayman. To'g'ri, vaziyatlardan foydalanishda oqsayapmiz. Agar xotirjam tahlil qilsak, Franeda, Muzaffarda imkoniyatlar yuzaga keldi. Agarda golga tortadigan vaziyatlar yaratmayotganimizda boshqa gap edi. Birinchi davrada bu borada kamchiliklarimiz ko'zga tashlangandi. Biz uchun keyingi qadam realizaciya hisoblanadi. Murabbiylar shtabi bu borada ish olib borishadi. 

O'yinda asosiy etiborni ilk daqiqalarga qaratdik. Agarda ayrim vaziyatlarda sovuqqonroq bo'lganimizda edi, vaziyatni hal qilib ketardik. Ikkinchi bo'limning so'nggi daqiqasida ham gol urish imkoni paydo bo'lgandi. Yigitlardan minnatdoraman. 

- Asadbek Rahimjonovning o'yini haqida nima deya olasiz?

- U o'z yoshiga ko'ra iqtidorli futbolchi. Nafaqat Asad, Amir To'raqulov, Azizbek To'lqinbekovlarni ham aytib o'tishim mumkin. Asadbek Rahimjonov universal futbolchi, u so'nggi himoyachi, tanya zonasida ham o'ynay oladi. "Andijon" bilan o'yinda Rasho jarohat oldi va safdan chiqdi.  

- Rotaciyalar aynan kubok uchrashuvi bo'lgani uchun amalga oshirildimi yoki boshqa sababmi?

- Kubokda yurishimizni davom ettirishni juda istagandik. O'zbekiston kubogi obro'li musobaqa. "Andijon" bilan o'yindan so'ng "Paxtakor"ga qaraganda bizda bir kun kam dam olish imkoni bo'ldi. Bu borada oltin o'rtalikni topishga urinib ko'rdik. Jamoamizda raqobat kuchaydi. Asosiy yoki zaxira o'yinchisi degan gap yo'q. Oldinda Namanganda qiyin o'yin kutib turibdi. 

- Eldor SHomurodov haqida fikringiz qiziq. Uning uchun qaysi variant qulayroq? MLS yoki Italiya?

- SHaxsan men Eldor SHomurodovning muxlisiman. U Italiyaga kelganida xursand bo'lganman. "Jenoa"da o'ynashni boshladi. O'zaro tanishdik, omad tiladim. U Italiyada faoliyatini davom ettirganida yanada yaxshiroq bo'lardi. Endi bu uning tanlovi hisoblanadi. Har bir futbolchi qarorni o'zi qabul qiladi. Eldorga faqat omad tilayman. 

Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика