So’nggi yangiliklar

13:31"Ман Сити" Англия Кубоги учун "Кристал Пэлас" билан беллашади (превью)  0 13:01"Реал" "Олтин тўп" соҳиби билан шартнома имзоламоқчи  1 12:10"Арсенал" 75 млн еврога форвард харид қилмоқчи  7 11:41"Реал" Родриго кетган тақдирда, унга эҳтимолий ўринбосар топди  2 11:17"Манчестер Юнайтед" мағлубиятлар сони бўйича клуб антирекордини янгилади  4 10:52“Ливерпуль" “Челси“ форварди билан шартнома имзоламоқчи  5 10:25“Манчестер Сити“ Тижани Рейндерсга қанча таклиф қилгани маълум  1 09:56МЮ Рэшфордга нарх белгилади  1 09:28“Ливерпуль“ 20 ёшли футболчига 60 миллион фунт беришга тайёр  3 09:00“Барселона“нинг ёздаги асосий трансфер мақсади маълум  23 08:35“Байер“ Флориан Вирцга нарх белгилади  5 08:05Суперлига. "Сурхон" — "Сўғдиёна" 2:1  2 08:03Аморим навбатдаги мағлубиятдан сўнг нималар деди?  11 07:33Суперлига. Бугун 3 та учрашув бўлиб ўтади  6 02:15АПЛ. "Челси" ўз майдонида "Манчестер Юнайтед"ни мағлуб қилди  13

Eldor SHomurodov: "Har bir uchrashuvda faqatgina uch ochko uchun o'ynaymiz" Yangiliklar

Eldor SHomurodov: "Har bir uchrashuvda faqatgina uch ochko uchun o'ynaymiz"

O'zbekiston terma jamoasi sardori Eldor SHomurodov O'zbekiston - KXDR (1:0) uchrashuvidan so'ng OAV vakillariga intervyu berdi.

- Og'ir o'yin bo'ldi, ammo uch ochkoni qo'lga kiritdik va eng muhimi shu. O'yindan oldin ham yigitlar bilan gaplashgan edik va oson o'yin bo'lmasligini bilardik. Maqsadimiz uch ochkoni qo'lga kiritish edi va biz bunga erishdik. Endi xatolar ustida ishlaymiz.

- Bugungi uchrashuvda ruhiy tomonlama bosim bo'lmadimi?

- Hamma uchinchi bosqich boshlanganini biladi. Hozir xotirjam bo'lishimiz va hissiyotlarga berilmasligimiz kerak.

- Bugun terma jamoamiz ancha pragmatik o'yin namoyish etdi. Qirg'izistonga qarshi keyingi uchrashuvda ham shunday ko'ramizmi?

- Bu uchrashuvni qanday boshlashimizga bog'liq. O'yin qanday kechishidan qatiy nazar biz faqatgina uch ochko uchun o'ynaymiz.

- KXDR bugun qanchalik qarshilik ko'rsata oldi?

- Hamma bu terma jamoa qanchalik intizom bilan o'ynashini biladi.

- O'zingiz namoyish etgan o'yindan ko'nglingiz to'ldimi?

- Gol urmagan o'yinimdan qoniqishim noto'g'ri, lekin uch ochkoni qo'lga kiritdik.




Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика