Ekvadorga JCH-2022 da qatnashishga ruxsat berildi. CHili appelyaciya tayyorlamoqda
11 iyu 2022 21:48
Yangiliklar
Ekvadorga JCH-2022 da qatnashishga ruxsat berildi. CHili appelyaciya tayyorlamoqda
CHili futbol federaciyasi (ANFP) prezidenti Pablo Milad FIFA Ekvador terma jamoasiga 2022 yilgi Jahon chempionatida ishtirok etishga ruxsat berganidan keyin Sport arbitraj sudi (CAS)ga murojaat qilishga qaror qildi.
"Hozir birinchi taym tugadi va biz 0:1 hisobida mag'lub bo'ldik, ammo hali ikkinchi taym bor. KONMEBOLning barcha rahbarlari, agar bizda dalillar bo'lsa, shikoyat qilish huquqiga ega ekanligimizga rozi. O'yin 94-daqiqaga qadar qisqartirishlarsiz davom etishi kerak. Federaciya sifatida biz bu masalaning oxiriga etishimiz shart", – dedi Milad.
Ular ekvadorliklar safida o'ynash huquqiga ega bo'lmagan jamoa himoyachisi Bayron Kastilo haqida tarmoqda malumotlar paydo bo'lgach, Ekvador terma jamoasini Jahon chempionatisiz qoldirish harakatiga tushishgandi. Biroq kuni kecha FIFA Tartib-intizom qo'mitasi mazkur ishni yopishga qaror qildi.
O’xshash yangiliklar
13:29
O'zbekiston Jahon chempionatiga tayyor (Kichik mundial haqida bilishimiz kerak bo'lgan malumotlar) 3
championat.asia
Элит ОЧЛ. "Насаф" сўнгги дақиқаларда тўп ўтказиб, ўз майдонида "Ал Ваҳда"га ютқазди
Cуперлига. "Нефтчи" Фарғонада "Сурхон"ни мағлуб этиб, чемпионлик учун курашни давом эттирадиган бўлди
Элит ОЧЛ. Рўзиқул Бердиев: "Кучимиз борича рақибга қаршилик кўрсатдик"
Суперлига. Шиддатли кечган Пойтахт дербисида "Пахтакор" "Бунёдкор"ни мағлуб этди
Fikrlar