So’nggi yangiliklar

11:56Осиё кубоги-2026 саралаш баҳслари бошланмоқда  0 10:55Моуринью мураббийлик фаолиятини давом эттиришга яқин  1 10:42ОЧЛ-2. "Андижон"нинг рақибида жамоани ким бошқаради?  3 10:26"Атлетик" бош мураббийи: "Агар "Арсенал" Ла Лигада ўйнаганида, қаторасига 10 марта чемпион бўларди"  14 10:11"Пахтакор" – "Нефтчи" ва бошқа учрашувлардаги хатолар. Суперлиганинг 21-турида ҳакамлик таҳлили  3 09:58Аморимнинг хайдалиши "Манчестер Юнайтед"га қанчага тушиши ҳисоблаб чиқилди  13 09:30Равшан Мухадов: “Турнирда кучсиз жамоа йўқ”  4 09:02Максим Шацких: “Рақибни ҳурмат қиламиз, лекин қўрқмаймиз. Бу ерга дуранг учун келганимиз йўқ, ғалаба учун ўйнаймиз”  6 08:35Мессининг ажойиб ҳаратлари "Интер Майами"га ғалаба тақдим этди  3 08:09ОЧЛ 2. "Андижон" мусобақадаги ўз "юриши"ни бошлайди  26 08:02Элит ОЧЛ. "Ал Ҳилол" мусобақани ғалаба билан бошлади  2 06:15ЕЧЛ. "Реал Мадрид" ҳамда "Тоттенхэм" ўз майдонида ғалаба қозонди. "Ювентус" қўшиб берилган дақиқаларда мағлубиятдан қутулиб қолди, "Бенфика" эса "Қорабоғ"га ютқазди  23 02:05ЕЧЛ. "Реал Мадрид" илк турда "Марсел"ни мағлубиятга учратди  114 00:50Ямал жароҳати туфайли "Ньюкасл"га қарши ўйнамайди  2 00:00ЕЧЛ. "Арсенал" илк турда "Атлетик"ка қарши ишончли ҳисобда ғалаба қозонди  29

Ekspert fikri. “Paxtakor” – AGMK uchrashuvidan oldin Kapadze, Jeparov va Murzoev o'z taxminlarini bildirishdi Yangiliklar

Ekspert fikri. “Paxtakor” – AGMK uchrashuvidan oldin Kapadze, Jeparov va Murzoev o'z taxminlarini bildirishdi

Coca Cola Superliga 9-turidan o'rin olgan “Paxtakor” va AGMK jamoalari o'rtasidagi bahsga qiziqish kutganimizdan ham ancha yuqori.

Avvallari bu jamoalar o'rtasidagi uchrashuvga futbol jamoatchiligi va muxlislar bugungidek jiddiy etibor bermas edi. Biroq, ularning joriy mavsumda qayd etayotgan natijalari va ko'rsatayotgan o'yinlari bizga bu bellashuvga markaziy maqomini berishga majbur qildi. Ushbu bahsdan avval odatdagidek o'zbek futboli tarixidagi yorqin yulduzlardan, bugungi kunda turli lavozimlarda faoliyat olib borayotgan Timur Kapadze, Server Jeparov, Kamoliddin Murzoevning fikri bilan qiziqdik. 

Timur Kapadze, (O'zbekiston yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi): - “Paxtakor”ni ham, AGMKni ham qanday kuchga ega ekanligini yaxshi bilamiz. Tarkib bo'yicha, o'yinni tashkil qilish borasida bir-biridan qolishmaydi. To'g'ri, bu o'yinda “Paxtakor” favorit. Lekin, AGMK o'tgan mavsumga qaraganda joriy yilda ancha mazmunli va barqaror o'yin ko'rsatmoqda deya olaman. Olmaliqliklar tarkibida har bir chiziqda yuqori saviyadagi futbolchilar bor. O'ylaymanki, ancha qiziqarli va murosasiz o'yin bo'ladi. 



Server Jeparov, (O'zbekiston U 14 terma jamoasi bosh murabbiyi): - Qiziqarli o'yin bo'ladi. Ikki jamoa ham bugungi kunda ajoyib sport formasida. O'yinni to'g'ri yo'lga qo'yib olgan. AGMK himoyadan o'yin qiladi. Bu aniq. CHunki, ular safarda “Paxtakor”ga qarshi ochiq futbol qilmaslikni juda yaxshi tushunishadi. “Paxtakor” birinchi raqam ostida o'yinni quradi. Bahsni nazorat qiladi. AGMK esa qarshi hujumda o'z imkoniyatini kutadi va standart vaziyatlardan foydalanishga harakat qilib ko'radi. O'ylaymanki, bu o'yinni tomoshabinbop o'tishiga hech nima to'sqinlik qilmaydi. 



Kamoliddin Murzoev, (AGMK jamoasi sobiq futbolchisi, O'zbekiston Proffessional futbolchilar uyushmasi rahbari): - “Paxtakor” har tomonlama favorit. Lekin, AGMK ham bu yil yaxshi o'ynayotganini unutmaslik lozim. Muxlislarbop chiroyli o'yin bo'ladi. 

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика