Edegor: "Biz - "Arsenal"miz, eng yaxshisi bo'lishni istaymiz"
07 jan 2024 13:18
Yangiliklar
Edegor: "Biz - "Arsenal"miz, eng yaxshisi bo'lishni istaymiz"
Bugun "kanonirlar" Angliya Kubogi 3-bosqichida "Liverpul"ga qarshi bahs olib boradi.
"O'tgan mavsum va ushbu mavsum boshidagi muvaffaqiyatlar bizga raqiblarni sinchiklab o'rganib chiqishimizga zamin yaratdi. Raqiblar bizga kuchli sifatlarimizni namoyish qilishimizga keskin qarshilik ko'rsatishmoqda.
Menga bunday chaqiruvlar yoqadi. Qachonki raqiblar himoyaviy o'yin ko'rsatishi - yaxshi belgi bo'ladi. Biz shunchaki bo'sh hududlardan unumli foydalanib, yaxshi harakat qilishimiz kerak.
O'tgan mavsum chempionlikka yaqin kelgandik. Ammo bo'lgan ishlardan o'zimizning ham jaxlimiz chiqdi. Biz - "Arsenal"miz, sovrinlar yutishni, eng yaxshisi bo'lishni istaymiz.
Barchasini taxlil qilib chiqamiz va nimalarni yaxshilashni, sovrinlar uchun nimalar kerakligini bilib olamiz. Oldimizda "Liverpul"ga qarshi muhim uchrashuv kutib turibdi. Biz katta turnir sovrini uchun qadam tashlashni istaymiz", - dedi Edegor.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Al Ain Cup. Остон Ўрунов порлаган оқшомда Ўзбекистон Мисрни мағлуб этди, финалда яна Эрон билан ўйнаймиз
Криштиану Роналду фаолиятида илк бор Португалия термаси сафида қизил карточка олди
Ўзбекистон Хорватия баҳсининг бошланиш вақти маълум
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мағлубиятга учради
Fikrlar